Elektron tijoratni rivojlantirishda xorij tajribasi




Download 2,86 Mb.
bet14/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
Bog'liq
bobur

Elektron tijoratni rivojlantirishda xorij tajribasi


Yangi iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy, balki, ishlab chiqarish munosabatlarini ham tubdan tranformatsiya qilinishiga olib keldi. 1990- yillarda sanoat ishlab chiqarishini rivojlangan mamlakatlardan Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda, Xitoyga ommaviy ravishda o'tkazishning cho'qqisi bo'ldi. Ishchi kuchiga bo'lgan xarajat- larni tejamliyligi ishlab chiquvchilarga tarmoq o'rtaga ko'rsatkichlaridan bir necha marta oshib ketadigan foydani olishiga imkon berdi.
Bundan eng ko'proq foyda ko'rgan davlat XXR hisoblanadi. Xitoy hukumatining g'arb investorlariga taklif etgan formula jahon iqtiso- diyotining tuzilishini o'zgartirishda hal qiluvchi rol o'ynadi: “zamonaviy texnologiyalarga almashish orqali Xitoy (mehnat) bozoriga kirish”.
Bu Xitoy iqtisodiyotining yuksalishiga va Xitoy iqtisodiy mo'jizasining boshlanishiga katta turtki berdi. Faqat 1981–2000 yillarning o'zidagina Xitoyda qo'shimcha 288 million kishi ishlab chiqarishga kirib keldi. Mamlakatda har yili 8 millionga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Yaponiyalik mutaxassislarning hisob-kitobga ko'ra 2001 yilda XXRda ish haqi Yaponiyaga qaraganda 30 baravar kam bo'lgan. Natijada, Yaponiya bilan taqqoslaganda Xitoyda xizmatlar narxi 8,44 baravar, sanoat mahsulotlari narxi esa 2,49 baravar past bo'lgan. Ta'kidlash lozimki, g'arbiy sarmoyadorlar uchun ishlab chiqarish xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayishi chakana narxlarning tushirish darajasi bilan birga kuzatilmadi. Aksincha, bu jarayon iqtisodiyotda moliya sektori va xizmat ko'rsatish sohasi ahamiyatining kuchayishi, shuningdek, yirik korporatsiyalarning daromad me'yorlarini nomutanosib ravishda o'sib borishi hisobiga ularning globallashuvi bilan birga kuzatildi.
Natijada Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar baho shakillanishi tuzilishining o'zgarishi natijasida yangi postindustrial iqtisodiyotning ustuvorlikda yanada rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Bundan savdo zanjirining barcha ishtirokchilarini kredit bilan ta'minlagan bank sektori, shuningdek, bo'sh turgan resurslarning fond bozorlariga ommaviy oqimi hisobiga moliya sektori katta muvaffaqiyatga erishdi.
Eng yirik transmilliy korporatsiyalar (80% yoki 500 tada deyarli 400 tasi) Xitoy ishlab chiqarish quvvatini yaratishga investitsiya kiritdi. Bunda aytish mumkinki, eng minimal darajaga tushirilgan, ishlab chiqarish xarajatlari, iqtisodiyotga hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lmay qoldi va
«boshqa barcha omillar bilan teng ravishda» e'tiborga olina boshladi.
Masalan, amerikalik iqtisodchi olim T.Styuart intellektual resurslar foydasiga real aktivlardan voz kechishga chaqirib, Microsoft va IBM kompaniyalarining taqqoslama tavsifini beradi. Bu ma'lumotlarga ko'ra, 1996 yilda IBMning bozor kapitallashuvi 70,7 milliard dollardan iborat bo'gan bo'lsa Microsofttning bozor kapitallashuvi 85,5 milliard dollarni tashkil etgan, bu esa Microsoftning amortizatsiyasi olib tashlangan moddiy aktivlari qiymati atigi 930 million dollarni, IBM kompaniyasida aynan shu ko'rsatkich 16,6 milliard dollarni tashkil etgan.
Buning natijasi moddiy aktiv va ishlab chiqarish texnologiyalarini Xitoyga oqib ketishiga sabab bo'lgan g'arbdagi rivojlangan mamlakatlarining iqtisodiy siyosatidagi strategik xatosi bo'ldi.
Xitoyning JSTga kirishining asosiy natijasi xitoy eksportining 2001 yildagi 249 milliard dollardan 2007 yilda jadal ravishda 1200 milliard dollarga o'sib ketishiga olib keldi. Natijada mahsulot va xizmatlar savdosining ijobiy saldosi (eksportning importga nisbatan oshib ketishi) 2001-yilda 23 mlrd dollar, 2002-yilda 31 mlrd, 2003- yilda 23 mlrd, 2004-
yilda 67 mlrd, 2005- yilda 120 mlrd, 2006- yilda 180 mlrd, 2007- yilda 264 mlrd dollarni tashkil etdi.
G'arbiy “postindustrial” iqtisodiyotda ishlab chiqarishning sezilarli tushib ketishi kuzatilgan bo'lsa, Xitoyda teskari jarayon - ishlab chiqarish kuchlarining hajmi va ulardan foydalanishdan keladigan daromadlarning keskin o'sishi sodir bo'ldi.
Xitoyning iqtisodiy mo''jizasi g'arbning super foyda olishga asoslangan innovatsiyalarni ko'paytirish tizimini buzib yubordi. Endi G'arbda texnologik yangilikning paydo bo'lishidan Xitoyda uning yasamasini paydo bo'lishigacha bir necha oygina ketadigan bo'ldi. Bundan tashqari, ko'pincha patent egalarining innovatsion mahsulotlari bozorga kirib kelishidan avvalroq Xitoy klonlari paydo bo'la boshladi, o'rtadagi sifat farqi asta-sekin kamayib bordi, narx o'rtasidagi farq esa Xitoy mahsulotlarini yanada jozibador va xaridorgir qiladi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijoratni rivojlantirishda xorij tajribasi

Download 2,86 Mb.