• Axborot vositachisi
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet16/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Axborot vositachilari:


    Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:

    • elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;

    • elektron tijorat ishtirokchilarining to'lov tizimlaridan foydalanilishini va to'lovlar o'tkazilishini ta'minlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi banklar;

    • elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;

    • elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxslar.

    Axborot vositachilari jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.
    Axborot vositachilari sotuvchi va xaridor o'rtasida tuziladigan shartnomalarning taraflari hisoblanmaydilar. Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:

    • o'z vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish;

    • elektron tijorat ishtirokchilariga ko'rsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.

    Axborot vositachisi:


    • elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;

    • o'zining to'liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, ko'rsatiladigan xizmatlar, ularni ko'rsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;

    • elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini o'zgartirmasligi, elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

    • elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir ma'lumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan ta'minlashi;

    • elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxsga yubormasligi shart (qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

    • Axborot vositachisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo'lishi va o'z zimmasiga o'zga majburiyatlar olishi mumkin.

    • elektron tijoratni amalga oshirishda foydalaniladigan ma'lumotlarning elektron arxivini tashkil etishi, ular belgilangan tartibda saqlanishini ta'minlashi;

    • axborot tizimlaridagi mavjud axborotning yaxlitligi va maxfiyligini ta'minlashi shart.

    Axborot vositachisi berilayotgan, olinayotgan, saqlanayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni nazorat qilishga yoki ularning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki ishonchliligini tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o'zgacha hol nazarda tutilmagan bo'lsa.
    Elektron tijorat sub'ektlarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlar va elektron xabarlar mazmuni bilan bog'liq bo'lgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar bo'lmaydi.



      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151




    Download 2,86 Mb.