Elektron tijorat orqali yechiladigan masalalar




Download 2,86 Mb.
bet13/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151
Bog'liq
bobur

Elektron tijorat orqali yechiladigan masalalar. Elektron tijorat vositalari orqali yechiladigan masalalarga quyidagilar kiradi:

  1. Tarmoq orqali potentsial mijozlar, yetkazib beruvchilar, mijozlar bilan boshlang'ich aloqalarni o'rnatish;

  2. Oldi-sotdi shartnomasini yakunlash uchun zarur bo'lgan hujjatlarni elektron shaklda almashish;

  3. Mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish-sotish shartlarini amalga oshirish;

  4. Saotishdan oldingi xaridni qo'llab-quvvatlash. Xaridni sotishdan oldin qo'llab-quvvatlash (pre sales support) - bu sotib olishdan oldin amalga oshiriladigan mahsulot yoki xizmat uchun reklama, konsalting xizmatlari, xaridorning individual talablarini inobatga olgan holda mahsulot tanlashda ko'maklashish,;

  5. Sales sotishdan keyingi xaridlarni qo'llab-quvvatlash. Sotishdan keyingi qo'llab-quvvatlash (post sales support, after sales service) - bu sotib olingan mahsulot yoki xizmat bo'yicha batafsil yo'riqnoma, foydalanish yoki texnik xizmat ko'rsatishga oid ko'rsatmalar, xaridorning

savoliga zudlik bilan javob berish, xaridorga mahsulotlarning borishi va qabul qilib olish vaqti to'g'risida xabar berish, ta'mirlash, kafolat xizmati, yangilash imkoniyati to'g'risida xabardor qilish va shu kabilar.;

  1. Bank plastik kartalari, elektron pul o'tkazmalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalanish bilan sotib olingan mahsulot yoki xizmatlarga elektron to'lov;

  2. Mahsulotlarni yetkazib berish, shu jumladan yetkazib berishni boshqarish va mahsulotrlarni yetkazib berish yo'lini kuzatib borish, shuningdek, tarmoq orqali to'g'ridan-to'g'ri axborot mahsulotlarini yetkazib berish va boshqa bir qator operatsiyalar.

Zamonaviy axborot texnologiyalari ko'plab elektron tijorat operatsiyalarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda savdo tashkilotlarining ko'plab boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtirish uchun axborot tizimlaridan keng foydalanilmoqda. Maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanib avtomatlashtirilgan texnologiyalar aqlli agentlar, savdo vakillari, brokerlar rolini o'ynaydi. Tarmoq agenti (bot) – biron-bir muammoni inson aralashuvisiz hal qiladigan dasturiy robotidir. Tijorat faoliyatida - ShopBot'bi avtomatirilgan dasturiy texnologiyalar qo'llaniladi. Bu texnologiyalar yordamida narxlarni avtomatlashgan ravishda qidirish va taqqoslash, sotuvchining web-saytiga tashrif buyurgan xaridorlarning tafsilotlarini bilish, real vaqt rejimida ularning faoliyati to'g'risida umumiy ma'lumot olish, narxlar va takliflarni shakllantirish va bitimlar tuzish bo'yicha operatsiyalar amalga oshiriladi. ShopBot'bi AQShda mahsulot- larni Internet orqali on-line tartibda sotib oladigan xaridorlar, shuningdek, Internetda savdo qiladigan sotuvchilar orasida ham juda mashhur.
Axborot beruvchi robotlaridan elektron tijoratni huquqiy qo'llab-
quvvatlashda ham foydalanish mumkin. Ular huquq sub'ektlarining bir martalik yoki uzoq muddatli topshiriqlari bo'yicha kerakli ma'lumotlarni qidirishi, tekshirishi, ruxsat olishi, tasdiqlashlari, ro'yxatdan o'tishni amal- ga oshirishi, hujjatlar, shartnomalar, tranzaksiyalarni tayyorlashi mumkin.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat orqali yechiladigan masalalar

Download 2,86 Mb.