• Tarmoq (elektron, raqamli) iqtisodiyoti
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet9/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Tarmoq iqtisodiyoti. 2000-2001 yillarda tarmoq iqtisodiyotini shakllanishi jarayonini tezlashdi. Tizimlar nazariyasi tilida, aytganda, iqtisodiyot o'z-o'zini tizimli tashkil qilishning yuqori darajasiga ko'tardi.
    K. Kelli ta'kidlaganidek: “kompyuter chiplari va kommunikatsiya tarmoqlari iqtisodiyotning boshqa barcha tarmoqlarini transformatsiyaga olib keladigan sektorni yaratdi” .
    Tarmoq (elektron, raqamli) iqtisodiyoti – bu Internet tarmog'idagi iqtisodiy faoliyatning kommunikatsiya muhiti, shuningdek, uni amalga oshirish shakllari, usullari, vositalari va natijalari to'plamidir.
    Tarmoq iqtisodiyoti o'zida faqat biznes yuritishning yangi shakllari, usullari va texnologiyalarini ifoda qilib qolmoqda. Tarmoq iqtisodiyoti shuningdek tamoyil jihatdan, yangi institusional muhit hamdir. Masofa ahamiyatga ega emas va bozorlarning geografik chegaralari yuqolib boradi. Bozor muvaffaqiyatining asosiy prapmetri tarmoq infratuzilmasiga kirish va undan foydalanish darajasi bo'lib boradi. Natijada, tarmoq iqtisodiyotining rivojlanishi ikki asosiy parametr bilan tavsiflanadi:

    1. Axborot texnologiyalari sektorining ulushi, ya'ni, ishlab chiqaruvchi va infratuzilma kompaniyalari;

    2. O'zlarining raqobatdoshlik strategiyalarini Internet texnologiyalaridan foydalanish orqali tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishga qaratgan kompaniyalar ulushi.

    Tarmoq iqtisodiyotining paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy inqilob tranzaksiya xarajatlarni sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Nafaqat moliyaviy va mehnat xarajatlarida, bundan ham muhimi, vaqt xarajatlarining kamayishiga ham olib keldi. Agar ilgari ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga bo'lgan mahsulot harakatlanishi bir
    necha oyni band qilgan bo'lsa, endi elektron tijorat yordamida mahsulot deyarli bir lahzada xaridor mulkiga aylanishiga imkon yaratildi.
    Shunday qilib, tarmoq iqtisodiyoti yirik korporatsiyalar yaratishning iqtisodiy asosini o'zgartirib yuboradi. Ularning o'rniga bir vaqtning o'zida ko'plab tashqi mijozlarga xizmat ko'rsatadigan yangi, yanada kichik tor ixtisoslashgan kompaniyalar kirib keladi. Barcha iqtisodiy funksiyalarni bitta korporatsiya doirasida bajarish ma'noga ega bo'lmay qoladi. Kompaniya barcha qolgan jarayonlarni amalga oshirishni mustaqil bozor vositachilariga ishonib topshirgan holda, e'tiborini eng rentabelli funksiyalarni bajarishga yo'naltirishi mumkin.



      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   151




    Download 2,86 Mb.