|
Elektron tijoratda biznes-operatsiyalarni ta’minlovchi asosiy elementlar
|
bet | 11/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburElektron tijoratda biznes-operatsiyalarni ta’minlovchi asosiy elementlar. Elektron tijorat biznes-operatsiyalarni ta'minlovchi oltita asosiy elementdan tashkil topadi:
Ma’lumotlarning elektron almashinuvi (Electronic Data Interchange EDI) – “xaridor va sotuvchilar o'rtasidagi standartlashtirilgan biznes-hujjatlar (buyurtma va hisob-kitoblar) kommunikatsiyaning raqamli vositalaridan foydalanish“ ma'lumotlar almashinuvi. Elektron ma'lumotlar almashinuvning asosi standartlashtirish bo'yicha Xalqaro tashkilot (ICO) tomonidan ishlab chiqilgan axborotlarni formatlash va uzatish standartlar hisoblanadi.
Xususan, ma'lumotlar almashish EDIFAST (ISO 9735) - "Boshqaruv, savdo va transportda elektron ma'lumotlar almashish" standarti bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, GOST 6.20.1-90 (Rossiya), ANSI X.12 (AQSh) kabi regional standartlar ham mavjud, Elektron ma'lumotlar almashish savdo hamkorlar o'rtasidagi hujjat aylanishi oqimini birlashtirish, bo'lishi mumkin bo'lgan xatolar sonini kamaytirish va ma'lumot oqimini avtomatlashtirish imkonini beradi. EDI standartlari o'zida sotuvchi biznesining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir hujjat uchun zarur elementlarni (masalan, schyot- fakturani) tanlashi mumkin bo'lgan mumkin bo'lgan qiymatlar ro'yxatini ifoda etadi.
Kapitalning elektron harakatlanishi (Electronic Funds Transfer
- EFT) - elektron almashish yoki pul mablag'larini bir hisobdan boshqasiga pul o'tkazmalari o'tkazish. Elektron tijoratda EFT elektron pul transformatsiyalarini olib borishi bilan bog'liq. EFT mexanizmi pul transaktsiyalari va ular bilan bog'liq axborotlariga ishlov beradigan serverlar o'rtasida ma'lumot almashishni o'z ichiga oladi.
Bunday ma'lumotlar almashishga misol sifatida Xalqaro banklararo hisob-kitoblar SWIFT tizimini (“Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications”) keltirish mumkin. Elektron tijoratda bunday tizimlar nafaqat banklararo, balki, boshqa har qanday boshqa ko'rinishdagi to'lovlarni amalga oshirish uchun ham qo'llaniladi. Kapitalning elektron oqimi tranzaksiyalar (debet, kredit) tarkibi, ularni qo'llash sohasi (masalan, biznes operatsiyalari) yoki operatorlar ko'rinishi (banklar, provayderlar) bo'yicha tasniflanadi. Shu bilan birga, “virtual tashkilotlar” (masalan, virtual pul almashish uchun servislar) ham tranzaksiya operatorlari sifatida ishtirok etishlari mumkin.
|
| |