|
BOB. ELEKTRON TIJORAT FANI PREDMETI VA VAZIFALARI
|
bet | 8/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Elektron tijorat va an’anaviy savdo
Tijorat (arab. – savdo-sotiq) – savdo va savdo vositachilik faoliyati, mahsulotlar va xizmatlarni sotishda ishtirok etish yoki sotishga ko‘maklashish. Keng ma'noda tadbirkorlik faoliyatini aniqlab beradi.
Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. “e-commerce”) – bu internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish. Elektron tijoratga internet-auksion va eBay internet-do'koni misol bo'ladi.
Elektron tijorat tushunchasi. Elektron tijorat faoliyati O'zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to'g'risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 613-II son Qonuni bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 3-moddasida elektron tijoratga “Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi” deb tushuncha berilgan.
Elektron tijorat Internet tarmog'idagi tijorat sohasiga oid faollikni,
undagi oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo'llaniladi. U kompyuter tarmog'idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmatini ko'rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o'tkazish imkoniyatini ta'minlaydi.
Elektron tijoratning an'anaviy savdo turidan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
xaridor o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;
savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud;
ko'p sonli xaridorlarning bir vaqtning o'zida bir nechta firmalarga murojaat qila olishi. Bu ko'p sonli xaridorlarning aloqa vositalari yordamida sotuvchilar bilan muloqotda bo'lish imkoniyati;
kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va shu mahsulotlari bor firmalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish, mahsulotlarni bir joyga yig'ish va ularni sotib olishda aniq manzillarga murojaat qilish. Ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytiradi;
xaridorning yashash joyi, sog'lig'i va moddiy ta'minlanish darajasidan qat'iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
hozirgi kunda chiqqan jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati;
tavka n tijorat sotuvchining mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonidagi imkoniyatini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi sotuvchi mahsulotlarini sotish jarayonini tezlashtirishi, yangi va sifatli mahsulotlarni muntazam almashtirishi, mahsulotlarning aylanma xarakatini tezlashtirishi kerak bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibnin yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida”gi 185-son qarori bilan tasdiqlangan eletktron tijoratni amalga oshirish qoyidalariga muvofiq elektron tijorat axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi deb belgilangan.
Elektron tijorat – bu tarmoq iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismi va eng muhim namoyon bo'lishidir. Internet va global iqtisodiyot asrida elektron tijorat vositalariga asoslanmagan tarmoq tuzilmalarini tasavvur qilishni o'zi murakkab. Shu tufayli hozirgi virtual iqtisodiy muhitda tijoratdagi o'zaro munosabatlarning mohiyatini tubdan o'zgartiradigan inqilobiy o'zgarishlarga imkoniyat beruvchi holat yuzaga keladi.
Bunday munosabat nafaqat tarmoq iqtisodiyotining institusional muhitini, balki virtual tarmoqlarda mahsulotlarni harakatlantirish usullarini ham qayta shakllantirib, biznes yuritish mohiyatini tubdan o'zgartirdi. Elektron tijorat tufayli bozorning an'anaviy ishtirokchilari tomonidan qo'yilgan sun'iy kirish to'siqlari bartaraf etilmoqda. Va hatto eng kichik boshlovchi tadbirkorlar ham iste'mol bozorida avvaldan yetakchilik qilib kelayotgan yirik savdo vakillari bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyatiga ega bo'lib bormoqda.
Tijorat foyda olish maqsadida sotish-sotib olish jarayonlarini amalga oshirish bo'yicha biznes yoki tadbirkorlik savdosining ko'rinishi. Bu tushuncha savdo tushunchasi bilan bog'liq. Savdo atamasi mahsulotlar va xizmatlarni sotib olish/sotish hamda mijozlarga xizmatlar ko'rsatish bilan
bog'liq bo'lgan tadbirkorlik faoliyati degan ma'noni anglatadi.
“Biznes” tushunchasi “tijorat” tushunchasiga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi. “Tijorat” tushunchasi faqat foyda olish maqsadida sotib olish-sotish shartnomalarini amalga oshirish bo'yicha savdo operatsiyalari doirasida qo'llaniladi.
Biznes, tijoratdan tashqari, ijara, garov, sug'urta, bank operatsiyalari, birja operatsiyalari, investitsiyalar, korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish kabi iqtisodiy jarayonlarni o'z ichiga oladi. 1.1-rasmda biznes va tijorat o'rtasidagi munosabatlar aks ettirilgan.
1.1-rasm. Biznes va tijorat o'rtasidagi munosabat
Elektron tijoratni (e-Commerce) raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot texnologiyalari, maxsus huquqiy qoidalar, standartlar, protokollar, tasniflagichlardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqaruvchilardan iste'molchilarga mahsulot va xizmatlarni harakatlantirish bo'yicha avtomatlashtirilgan tijorat faoliyati sifatida ta'riflash mumkin.
Hozirgi kunda iqtisodiy boshqaruvning asosiy masalasi yangi iqtisodiy siklning iqtisodiy o'sish mexanizmini izlash va faollashtirishdan iborat.
Jahon iqtisodiyotida misli ko'rilmagan vaziyat yuzaga keldi: iqtisodiy makon global miqyosga ega bo'ldi, bu esa ekstensiv iqtisodiy o'sish uchun imkoniyatlarning kamayishiga olib keldi. Shu sababli, yalpi
talabning pasayishi va iqtisodiy dinamikaning sekinlashuvi sharoitida yangi siklda ishlab chiqarish sohasi emas, balki taxsimlash sohasi innovatsiyalarning harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi. Qamrab olinmagan bozorlar mavjud bo'lgan joyda ishlab chiqarish yetakchi ahamiyatga ega bo'ladi. Iqtisodiyotda global ortiqcha ishlab chiqarishda innovatsion faollik talab to'plangan joyda – ya'ni taxsimlash sohasiga e'tibor qaratadi.
Personal kompyuterlar davrining boshlanishini ko'pincha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga ta'siri darajasi nuqtai nazaridan yangi sanoat inqilobi bilan taqqoslashadi. Ko'plab manbbalarda uchinchi sanoat inqilobi tahminan 1960 yillarda, kompyuterlardan birinchi marta tijorat maqsadlarida foydalanilishi bilan boshlanib, 1990-yillarda Internet, shuningdek elektron tijorat ixtiro qilinishi bilan tugaganligi ta'kidlanadi.
Dastlab birinchi bosqichda kompyuterlar “keng qo'llanishdagi texnologiyalardan” biri sifatida qabul qilingan bo'lsa, XX-asrning oxiriga kelib ularni “yangi iqtisodiyot” tushunchasi bilan bog'lay boshlandi. 1980- yillarda paydo bo'lgan bu tushuncha, dastlab xizmat ko'rsatish sohasiga yo'naltirilgan postindustrial jamiyat iqtisodiyotini ifodalagan. Biroq, 1990- yillarda bu atama orqali kompyuter texnologiyalaridan foydalanilishi bilan bog'liq iqtisodiy hayot sohasini belgilay boshlandi.
Institusional nuqtai nazardan, “yangi iqtisodiyot” deganda bugungi kunda yuqori texnologiyalarning iqtisodiy makonga ko'rsatadigan shunday ta'siri tushuniladiki, bu ta'sir alohida makroiqtisodiy parametrlarning o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Bunda, biotexnologiya, mikroelektronika, Internet texnologiya va rasmiy jihatdan iqtisodiy faoliyatning turli tarmoqlariga tegishli bo'lgan boshqa bir qator yo'nalishlarni barchasi yangi iqtisodiyotga taalluqli bo'ladi.
Yangi iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda ilmiy yo'nalishlar rasmiy belgilari bo'yicha emas, balki, metodologiyalar umumlashmasi asosida birlashtiriladi.
Iqtisodiy sikl doirasida yangi iqtisodiyot personal kompyuterlarni mahsulotlarning asosiy guruhi sifatida ustuvor ishlab chiqarishdan kompyuter texnologiyalarining ustuvorlikda ishlab chiqarilishigacha rivojlandi. Yangi iqtisodiyotning ajralib turuvchi xususiyati uning
yutuqlaridan foydalanish natijasida ishlab chiqaruvchilar tomonidan olinadigan yuqori foydadan tashkil topgan.
Kompyuter (axborot) texnologiyalarining o'ziga xos xususiyati shundaki, mahsulotning oxirgi narxi texnologiyani o'zlashtirish darajasi va undan foydalanish darajasida shakllanadi. Bu darajalar o'rtasida yakuniy mahsulot deyarli hech qanday qiymatga ega emas. Texnologiyani o'zlashtirish darajasi mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni o'zlashtirish xarajatlarini nazarda tutadi.
|
| |