|
Raqamli iqtisodiyotda elektron tijorat
|
bet | 10/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur
Internet texnologiyalardan ommaviy ravishda foydalanishga asoslangan tarmoq iqtisodiyotidagi institusional munosabatlar transformatsiyasi elektron tijorat iqtisodiy fenomenining paydo bo'lishiga olib keldi. Elektron tijorat o'zining transaktsion tabiati tufayli qisqa muddatda iqtisodiy munosabatlarni yangi tizim darajasiga chuqur transformatsiyasi bilan bog'liq yangi institusional siklning harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi.
Elektron tijorat tabiati. Bugungi kunda elektron tijorat tarmoq iqtisodiyotini iqtisodiy mazmun bilan to'ldirib bazaviy asosi hisoblanadi. Umuman olganda, elektron tijoratni (“e-commerce “) tarmoq va kompyuter orqali tarmoqda biznes kommunikatsiya va tranzaksiyalarni amalga oshirish yoki raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda mahsulot va xizmatlarni sotib olish sotish va pul mablag'larini o'tkazish deb tavsiflash mumkin.
Dastlab, elektron tijorat savdo faoliyatini tashkil etishning ko'plab vositalaridan biri bo'lgan an'anaviy tijorat faoliyati shaklini ifodaladi. Mustaqillikka da'vo qilmasdan, faqat faoliyatni virtual muhitga o'tkazgan holda an'anaviy tijorat usullarini qayta ishlab chiqardi. Ba'zi mualliflarning hali ham Internetni faqat “kommunikatsiya qurish muhiti” sifatida ko'rib chiqishlari tasodif emas.
Biroq, yangi ming yillik boshlarida, Internetni kommunikativ muhitdan global dinamik rivojlanayotgan bozorga aylangani kabi, elektron tijorat ham tijorat faoliyatining mustaqil ko'rinishiga aylandi. Bu mahsus,
faqat elektron tijoratga xos, norasmiy institutlar va institusional munosabatlarning shakllanishiga olib keldi.
Endi elektron tijorat Internet tarmog'i imkoniyatlaridan foydalangan holda virtual bitimlarni amalga oshirishni osonlashtiruvchi asosiy funksiyalar bajarilishini ta'minlab beradi. Umuman olganda, bu imkoniyatlar yetkazib berish zanjiri transfarmatsiyaga, xaridorlarni axborotlashtirish, shuningdek, buyurtmalar va to'lovlarni qabul qilishni tashkil qilishga olib keladi.
|
| |