|
D. X. Suyunov
|
bet | 12/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburElektron savdo (e-trade) – mahsulot xarid qilish (sotish),
shuningdek ularga to'lovlar ham amalga oshiriladigan Internet tarmog'ida savdo operatsiyalari va bitimlar olib borish. Elektron tijoratdagi operatsiyalar mahsulotni tanlash, buyurtmani tasdiqlash, to'lovni qabul qilish va yetkazib berishni ta'minlashni o'z ichiga oladi.
Odatda, bu funksiyalarni amalga oshirish to'g'ridan-to'g'ri sotuvchilar tomonidan amalga oshirilmaydi, balki vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi provayderlar (sorserlar) tomonidan ta'minlanadi. Bundan tashqari, to'lov va yetkazib berish Internetdan foydalanish bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin (masalan, pochta yoki transport kompaniyasi orqali). Elektron savdoning rivojlanish tendentsiyasi mahsulotlarni sotish siklining barcha bosqichlarida Internetdan foydalanishga bosqichma-bosqich o'tilayotganligini ko'rsatadi.
Elektron pullar (e-cash) - emitentning vakolatli tashkilot oldidagi
elektron ko'rinishidagi pul majburiyatlari. Elektron pul bir vaqtni o'zida ham to'lov vositasi, ham, emitentning majburiyati hisoblanadi. Uning afzalligi naqd pulsiz hisob-kitoblarning tezligi kamchiligini esa qo'llash sohasining cheklanganligi. Elektron pullarni oddiy pulga faqat uning egasi va emitent o'rtasidagi o'zaro doirasida munosabatlar o'tkazish mumkin.
To'lov tizimlarida elektron pullardan foydalanish foydalanuvchi- larning to'lov axborotlarni saqlashga imkon beradigan onlayn tranzaksiya xizmatini taqdim etadigan elektron hamyon mavjud bo'lishini ko'zda tutadi. Plastik kartalarning barcha xususiyatlariga ega, ammo ularni to'ldirish imkoniyatini bermaydigan oldindan to'langan plastik kartalar elektron pulning turli ko'rinishlaridan biridir.
Elektron marketing (e-marketing) - bozorni tahlil qilish va Internetda mahsulotlarni harakatlantirish bilan bog'liq marketing tadbirlari majmuasi. Elektron marketing, odatda, tarmoqda marketing axborotlarini joylashtirilish (saytlar, bloglar, reklama va boshqalar), shuningdek, joylashtirish tarkibni boshqarish bilan (web-dizayn, web dasturlash va web-ma'muriyat) tavsiflanadi.
Ammo, agarda elektron marketingga Internetda mahsulot va xizmatlarni harakatlantirish bilan bog'liq faoliyat deb qaralsa, u holda undan an'anaviy marketingning barcha elementlarini topish mumkin. Tarmoq savdosining noma'lum hududda nomalum iste'molchilar doirasi bilan o'zaro hamkorligiga yo'naltirilganligi elektron marketingni Internetda mahsulotlarni harakatlantirishning tengi yo'q vosita darajasiga olib chiqadi.
Elektron banking (e-banking) - Internet orqali mijozning hisob- varaqlari va operatsiyalariga kirish amalga oshiriladigan masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish texnologiyasi. O'zbekistonda bunday texnologiya "mijoz-banki" deb nomlanadi va O'zbekistondagi barcha banklar tomonidan keng qo'llaniladi.
|
| |