D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet20/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   151
Bog'liq
bobur

Kompyuter inqilobi. Mikrokompyuterlar davrining boshlanishini ko'pincha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga ta'siri darajasi nuqtai nazaridan yangi sanoat inqilobi bilan taqqoslashadi. Masalan R.J.Gordon: “Uchinchi sanoat inqilobi taxminan 1960 yillarda, kompyuterlardan birinchi marta tijorat maqsadlarida foydalanilishi bilan boshlanib, 1990- yillarda Internet, shuningdek elektron tijorat ixtiro qilinishi bilan tugadi” deb ta'kidlaydi.
Agarda birinchi bosqichda dastlab kompyuterlar “keng qo'llanishdagi texnologiyalardan” biri sifatida qabul qilinmagan bo'lsa, XX-asrning oxiriga kelib ularni “yangi iqtisodiyot” tushunchasi bilan bog'lay boshlandi. 1980-yillarda paydo bo'lgan bu tushuncha, dastlab xizmat ko'rsatish sohasiga yo'naltirilgan postindustrial jamiyat iqtisodiyotini ifodalagan. Biroq, 1990-yillarda bu atama bilan iqtisodiy hayotning kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bilan bog'liq sohasini belgilay boshlandi.
Institutsional nuqtai nazardan, “yangi iqtisodiyot” bugungi kunda “yuqori texnologiyalarning iqtisodiy makonga ko'rsatadigan shunday ta'siri tushuniladiki, bu ta'sir alohida natijaga makroiqtisodiy parametrlarining o'zgarishiga olib keladi” degan ma'noni anglatadi. Bunda, biotexnologiya, mikroelektronika, Internet texnologiya va rasmiy jihatdan iqtisodiy faoliyatning turli tarmoqlariga tegishli bo'lgan boshqa bir qator yo'nalishlar yangi iqtisodiyotga taalluqli bo'ladi.
Yangi iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda ilmiy yo'nalishlar rasmiy mezonlar bo'yicha emas, balki umumlashgan metodologiyalar asosida birlashtiriladi. Iqtisodiy sikl doirasida yangi iqtisodiyot personal kompyuterlarni mahsulotlarning asosiy guruhi sifatida ustuvor ishlab chiqarishdan kompyuter texnologiyalarining ustuvorlikda ishlab chiqarilishigacha rivojlandi. Yangi iqtisodiyotning ajralib turuvchi xususiyati ishlab chiqaruvchilarning uning yutuqlaridan foydalanish natijasida olinadigan katta foydadan tashkil topgan edi.
Ikkita turli mikroprotsessor uchun ham ishlab chiqarish xomashyoni narxi deyarli bir xil. Bundan tashqari, hayot sikli davomida (1-2 yil) eng qimmat mikroprotsessorning narxi asta-sekin eng arzon narxga tushib boradi. Faqat narx chizig'i o'zgarishsiz qoladi, uning yuqori qiymati yuqori narx toifasidagi mijozlarning sotib olish qobiliyatini, quyi qiymati - bozordagi aktsiyalar narxini aks ettiradi.
Bu vaziyat mahsulotning har bir yangi modifikatsiyasi mijozlar uchun muhim afzalliklarga ega bo'lgandagina saqlanib qolishi mumkin. Bu uzoq davom etishi mumkin emas - bozor tez orada (peregreytsya) qizg'in tusga kiradi. Ya'ni muammo shundaki, mahsulot sifatida kompyuter texnologiyalarining mahsulot sifatidagi hayot sikli ularni qo'llash siklidan bir necha marta qisqa. Shunday, Masalan, agar kompyuterlarining assortimenti taxminan 1,5-2 yilda bir marta to'liq yangilanadigan bo'lsa, undan foydalanish muddati o'rtacha 5-6 yilni tashkil etadi. Shu sababli, bozorni egallab olish davrida yangi texnologiyalar savdosining o'sishi xatto monopoliya sharoitida ham yuqori savdo ko'rsatkichlarini uzoq vaqt saqlanib qolishiga kafolat bermaydi.
Bundan kelib chiqadiki, yangi iqtisodiyotda sotuvchining mijozlar
muammolarini yecha oladigan raqobatbardosh mahsulot taklif qilish qobilyati narxlarni shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Bu holat mahsulotning nominal parametrlari yoki uni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlardan ham ancha ahamiyatlidir.
Kompyuter (axborot) texnologiyalarining o'ziga xos xususiyati shundaki, oxirgi mahsulotning texnologiyani o'zlashtirish darajasi va undan foydalanish darajasida shakllanadi. Bu darajalar o'rtasida yakuniy mahsulot deyarli hech qanday qiymatga ega emas. Texnologiyani o'zlashtirish darajasi mahsulotni rivojlantirish xarajat va ishlab chiqarishni o'zlashtirish xarajatlarini nazarda tutadi. Mahsulotdan foydalanish darajasi mahsulotni qo'llashdan kelajakda olinadigan daromadning shunday qismiki, uni xaridor sotib olayotganda baham ko'rishga tayyor. Agar oxirgi iste'molchi yangi modifikatsiyadagi mahsulotni sotib olishga o'ta zaruriyatni ko'rmasa, u holda talab yo'qoladi.
Agar mahsulot virtual yoki unga yaqin bo'lsa, uning bozor qiymati
ishlab chiqarish xarajatlari (minimal bo'lgan) va ishlab chiqaruvchi qimmatli qog'ozlarining birja qiymati bilan emas, balki, xaridor uni
ishlatishda olgan foydani taqqoslash bilan belgilanadi. Kompyuter texnologiyalarini daromadliligini ortib borishi to'g'risidagi barcha g'oyalar afsona ekanligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi.
Mijoz keyinchalik raqobatbardoshligini oshirishi hisobiga xarajatlari qoplanadigan vaziyatidagina innovatsion mahsulot uchun baland narx to'laydi. Ammo, agar, mijoz ko'p sonli raqobatchilarida allaqachon mavjud bo'lgan sharoitda mahsulotni sotib olsa, u holda bu mahsulotning iste'mol qiymati faqat uning mavjudligi bilan aniqlanadi. Agar, bu yoki muqobil mahsulotning litsenziyasiz nusxasini ishlatish imkoniyati bo'lsa, uning iste'mol qiymati odatda nolga intiladi.
Xaridor megagerts va gigabaytli kompyuter uchun emas, balki, u orqali o'zining joriy masalalarini yecha olganligi uchun haq to'laydi. Kompyuterning bozor qiymatining ichidagi elementlari bilan emas (metall va plastmassa arzon turadi) emas, balki kompyuter yordamida olinadigan yechimlar qiymati bilan belgilanadi. Bu mahsulotda, masalan, tilla zargarlik buyumlarida bo'lgani kabi minimal boshlang'ich narx yo'q.
Bu yerda yakuniy mahsulotning narxi alternativ bo'lmagan foydalanish bilan belgilanadi. Boshqa muqobil yo'q bo'lsa - mahsulotga katta talab mavjud. Keyinchalik boshqa jozibador muqobili paydo bo'lishi bilan uning narxi tushib boradi va uni ishlab chiqarishga kiritilgan barcha investitsiyalar qoplanmay qoladi.
Yuqorida aytilganlarning tasdig'i sifatida, amerikalik marketolog M. Lelening fikrini, keltirish mumkin bozorda (ya'ni tizimli) qandaydir muhim parametr bo'yicha monopol mavqega ega bo'lgan kompaniya- largina o'rta darajadan yuqoriroq foyda ko'rishi mumkin. Bozordagi monopol mavqeini yo'qotishi bilan, super yuqori foyda ham o'z-o'zidan yo'qoladi.
Shuning uchun, agar 90-yillarda, yangi iqtisodiyot birinchi navbatda kompyuter texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan bo'lsa, asr yakunida “yangi iqtisodiyot”ning rivojlanish sikli dotkomlar inqirozi bilan tugadi.8 Qisman, inqiroz iqtisodiy sub'ektlar tomonidan bunday turdagi biznes xususiyatlarini tushunmasliklari bilan bog'liq bo'ldi. Agarda dastlabki bosqichda yangi iqtisodiyot sub'ektlari rentabellik ko'rsatkichlarini namoyish etishgan bo'lsa, keyinchalik vaziyat keskin o'zgardi. Yangi iqtisodiyotning asosiy farqlari orasidan keyinchalik 2000-2001 yillardagi
inqirozga olib kelgan kamida ikkita xususiyatini ajratib ko'rsatish mumkin.


  1. Download 2,86 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   151




Download 2,86 Mb.