Tarmoq iqtisodiyotida elektron tijorat




Download 2,86 Mb.
bet23/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151
Bog'liq
bobur

Tarmoq iqtisodiyotida elektron tijorat


2000-2001 yillardagi dotkomlar inqirozi iqtisodiy taraqqiyotning yangi yo'nalishi - tarmoq iqtisodiyotini shakllanishi jarayonini tezlashtirdi. Tizimlar nazariyasi tilida, aytganda, iqtisodiyot o'z-o'zini tizimli tashkil qilishning yuqori darajasiga ko'tarildi. K. Kelli ta'kidlaganidek: “kompyuter chiplari va kommunikatsiya tarmoqlari iqtisodiyotning boshqa barcha tarmoqlarini transformatsiyaga olib kelgan sektorni yaratdi”.
Bu sektorga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Tarmoq (elektron, raqamli) iqtisodiyoti - bu Internet tarmog'idagi iqtisodiy faoliyatning kommunikatsiya muhiti, shuningdek, uni amalga oshirish shakllari, usullari, vositalari va natijalari.
Tarmoq iqtisodiyoti o'zida faqat biznes yuritishning yangi shakllari, usullari va texnologiyalarini ifoda qilib qolmoqda. Tarmoq iqtisodiyoti shuningdek tamoyil jihatdan, yangi institutsional muhit hamdir. Jismoniy shaxslar, kichik va yirik kompaniyalarning kommunikatsiya imkoniyatlari, maqsadli auditoriyani qamrab olgan holda sezilarli darajada birlashmoqda. Masofa ahamiyattga ega emas va bozorlarning geografik chegaralari yuqolib boradi. Bozor muvaffaqiyatining asosiy parametri tarmoq
infratuzilmasiga kirish va undan foydalanish darajasi bo'lib boradi. Natijada, tarmoq iqtisodiyotining rivojlanishi ikki asosiy parametr bilan tavsiflanadi:

  1. AT sektorining ulushi, ya'ni ishlab chiqaruvchi va infratuzilma kompaniyalari bilan;

  2. O'zlarining raqobatbardoshlik strategiyalarini Internet texnolo- giyalaridan foydalanish orqali tranzaksion xarajatlarni kamaytirishga qaratgan kompaniyalar ulushi.

Mutlaqo ajralib turadigan sifatli institutsional yutuqlari mavjud - iqtisodiy tashabbusning transmilliy korporatsiyalardan ularning texnologik mahsulotlarini istemolchilariga o'tishidir.Bu yerda gap “ikkinchi darajali innovatsiyalar”da emas balki yangi institutsional siklni shakllantirishda bormoqda.
Institutsional tahlil yangi iqtisodiyot va tarmoq iqtisodiyotini aniq ajratib olish imkonini beradi. Yangi iqtisodiyotda (kompyuter inqilobi) texnologik innovatsiyalar firma ichki xarajatlarini tushirish va ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish bilan bog'liq edi. Tarmoq iqtisodiyotida kommunikatsiya texnologiyalari ustuvor rivojlantirishi hisobiga transaksion xarajatlarni tushirish tomon keskin burilish yuz berdi. R.Metkalf qonuniga ko'ra, tarmoqning foydalanuvchilar va umuman iqtisodiyot foydaliligi uchun uning ishtirokchilari soni kvadratiga to'g'ri proportsional o'sib boradi, yani ekponentsial Tarmoq iqtisodiyotida tashkilot ko'lami savdo yoki ishlab chiqarish hajmi bilan emas, balki transaksiyalari amalga oshirishda mustaqillik darajasi bilan belgilanadi. Endi, agar “O'zi tomonidan transaksiyalarini amalga oshirish arzon bo'lsa, tashkilot o'sib boradi, agar buning aksi kuzatilsa, qisqarib boradi. Sanoat davri ichki tranzaksiyalarga ta'sir qildi, ammo tarmoqlar markazlashtirilgan boshqaruv qadrini tushirdi va qimmat turuvchi
ma'muriy tasnifdagi harakatlar xajini kamaytirdi”.
Hozirgacha transaksiyalar iqtisodiy fanlar tomonidan ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida qabul qilinmagan. Biroq, jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar mahsulotlar taqsimlanishini yetakchi mavqega olib chiqdi. Birinchi navbatda, bu ishlab chiqarishni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga ommaviy ravishda
o'tkazilishi tufayli ishchi kuchi qiymatini pasayishi va moliya-bank sektorining nomutanosib ravishda o'sishi bilan bog'liq.
Dunyo iqtisodiyotida ishlab chiqarish daromadlari ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarga nisbatan bir necha baravar yuqori bo'lgan holat yuzaga keldi. Kommunikatsiya sohasidagi kompyuter va Internetdagi inqiloblar bilan bog'liq bo'lgan aynan shu holat institutsional rivojlanishda sifat jihatidan o'zgarishlarga olib keldi.
Tarmoq iqtisodiyotining paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy faoliyatda tranzaksion xarajatlarni sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Va nafaqat moliyaviy va mehnat xarajatlarida. Ammo, bundan ham muhimi, vaqt xarajatlarining kamayishiga olib keldi. Agar ilgari ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga bo'lgan mahsulot harakati bir necha oyni band qilgan bo'lsa, endi elektron tijorat yordamida mahsulot deyarli bir laxzada xaridorning mulkiga aylanishi mumkin.
Natijada faqat bozor transformatsiya emas, norasmiy institutlarning ko'p asrlik poydevorlari, birinchi navbatda, biznes yuritish an'analari, qoidalari va stereotiplari ham transformatsiyaga uchradi. R. Kouz firma tushunchasini shakllantirishda, uning institutsional ma'nosi “firma ichki xarajatlari bozor tranzaksiyalari xarajatlaridan kam” sharti bilan bozor tranzaksiyalarini amalga oshirishdan iboratligini ta'kidladi. Tarmoqli iqtisodiyotda, aksincha, bozor tranzaksiya xarajatlari firma ichki xarajatlaridan kam.
Shunday qilib, tarmoq iqtisodiyoti yirik korporatsiyalarni yaratish uchun uning iqtisodiy asosini o'zini buzib yuboradi. Ularning bir o'rniga vaqtning o'zida tashqi mijoz xizmat ko'rsatadigan yangi, yanada mayda tor ixtisoslashgan kompaniyalar keladi. Barcha iqtisodiy funktsiyalarni bitta korporatsiya doyrasida bajarish ma'noga ega emas. Kompaniya barcha qolganlarini amalga oshirishni mustaqil bozor vositachilariga ishonib topshirgan holda, eng rentabelli funktsiyalarni e'tiborini bajarishga yo'naltirishi mumkin.
Institutsional sikl tushunchasiga nisbatan, bugungi kunda tarmoq iqtisodiyoti institutsional o'sish bosqichini yakunlamoqda, deb aytish mumkin. Tarkibiy o'zgarishlar ro'y berdi, rasmiy va norasmiy institutlar shakllandi, aloxida olingan iqtisodiy munosabatlar sohasida jadal o'sish sur'atlari mavjud.
Tarmoq iqtisodiyoti institutsional munosabatlarning tarkibi va tarkibiga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu nafaqat ma'lumot almashish va undan foydalanish xarajatlari sezilarli darajada kamayganligi bilan izohlanadi. Ishlab chiqarish sohasining institutsional ustuvorligini asta-sekin taqsimot sohasining ustuvorligigia transformatsiyasi amalga oshib bormoqda.
Dunyo davlatlarining formal institutlari tarmoq iqtisodiyotining paydo bo'lishiga tayyor emasligi yaqqol ko'rinib qoldi. Masalan, O'zbekiston rasmiy statistikasida hozirgi kunga qadar hatto u erda bo'layotgan jarayonlarni baholash usullari ishlab chiqilmagan. Tarmoqli iqtisodiyotning paydo bo'lishi, bu jarayon natijalari iqtisodiy reallikka sezilarli ta'sir ko'rsatadigan, ammo boshqa o'lchamlarda avvalgidek ko'zga ko'rinmaydigan yangi o'lchovni kashf etilganligi eslatadi.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq iqtisodiyotida elektron tijorat

Download 2,86 Mb.