• O’zbekistonda elektron tijorat omillari
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet31/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    4 bosqich: pasayish. Bozorda keyingi iqtisodiy siklida iqtisodiy munosabatlarning an'anaviy institutsional doiraga to'g'ri kelmaydigan yangi ko'rinishlari shakllanadi. An'anaviy iqtisodiyot sub'ektlarining samaradorligi pasayadi va mahsulotlarni harakatlantirish usullari eskiradi. Eskirib qolgan iqtisodiy munosabatlar o'rniga yangi munomabatlar shakllanadi.
    Elektron tijorat ta'siri ostida yuzaga keladigan iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, tahlil qilish va tasniflash juda muhim hisoblanadi. Bu istiqbolda alohida iqtisodiy sub'ektlar darajasida, ham davlat boshqaruv darajasida ham muhim bo'lgan iqtisodiy o'sishning strategiyalarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tarmoq iqtisodiyoti davrida bunday turdagi axborotlar nafaqat institutsional rivojlanish yo'nalishini, balki uning raqobat bardoshligini ham belgilab beradi.
      1. O’zbekistonda elektron tijorat omillari


    O'zbekistonda elektron tijoratning jadal rivojlanishi tabiatan ob'ektiv tasnifga ega bo'lib, kompyuter va internet-texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'ldi. Dastlab, tijorat faoliyati uchun yangi texnik imkoniyatlar paydo bo'ldi, so'ngra tadbirkorlar sinab ko'rish va xatolik usullari bilan bu imkoniyatlardan foyda ko'rish imkoniyatlarini o'rganishdi.
    Texnologik jihatdan, O'zbekistonda elektron tijorat Internetga bog'lanishning barcha spektrida ishtirok eta oladi: kommutatsiya qilinadigan keng yo'lakli va simli telefondan mobil telefonga qadar. Hozirgi kunda – takomillashib borayotgan yuqori tezlikdagi keng polosali va mobil qurilmalar orqali simsiz ulanish O'zbekistonda jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga, mobil Internet foydalanuvchilar soni barqaror o'sib bormoqda va 2018 yil oxiriga kelib qariyb 22 mln. foydalanuvchi mobil telefondan foydalangan. O'zbekistonda mobil trafikning yillik hajmi 70 mln. Gbdan oshib ketdi.
    Mobil-internet segmentining o'sishi natijasida Internetga ajratib berilgan tarmoq orqali ulanish o'rniga simsiz bog'lanish usuli keng rivojlanib ketdi (2-jadval). Internet barcha ko'rinishlarida dastlabki davrdagidek faqat ko'ngil ochish vositasi bo'lib qolmasdan, endilikda asta- sekin virtual muhitga aylanib bormoqda.

      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




    Download 2,86 Mb.