|
Muayyan bir sohani elektron tijorat yuritishga tayyorligini aniqlashga imkon beruvchi omillarning asosiy guruhlari
|
bet | 39/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburMuayyan bir sohani elektron tijorat yuritishga tayyorligini aniqlashga imkon beruvchi omillarning asosiy guruhlari. Elektron tijorat mexanizmlarini rivojlantirish va barqaror ishlashi uchun zarur bo'lgan shart- sharoitlar to'g'risida dastlabki xulosalarni chiqargan holda, bu shartlarni izoxlab beruvchi nazariy modelni yoritishga harakat qilamiz. So'ngra bu nazariyani elektron tijorat sohasi rivojlangan mamlakatlardagi kabi muvaffaqiyatli rivojlana olmayotgan bozorlarda qo'llash mumkin. Bu holatda O'zbekistondagi asosiy innovatsion tarmoqlar bozorini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, bunday holatda firmalar- aro elektron tijoratni (B2B) ko'rib chiqish mantiqan to'g'ri bo'ladi, chunki, B2B misolida aniq bir iqtisodiy sharoitda elektron tijorat faoliyat yuritishi- ning barcha ahamiyatli qonuniyatlarini to'liqroq tadqiq etish mumkin.
Shunday qilib, ma'lum bir tarmoqni elektron tijorat faoliyatini amalga oshirishga tayyorligini aniqlashga imkon beradigan omillarning asosiy guruhlarini ajratib ko'rsatamiz (2.1- rasm).
2.1-rasm. Firmalararo elektron tijorat shakllarini tashkil etish va
rivojlantirishning asosiy omillari
Tuzilmaviy-iqtisodiy omillar. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, elektron tijorat aniq xususiyatlarga (ishtirokchilarning ko'pligi, fragmentlashganlik, bozor ishtirokchilarining hamkorlik qilishga tayyorlanishda raqobatning yuqori darajasi, mahsulotlarni standartlashtirishning yuqori darajasi) ega bo'lgan tarmoq va bozorlarda rivojlanib, maksimal darajada samara beradi.
Axborot-infratuzilma omillari. Bu mezonlar to'plamiga iqtisodiyotni firmalararo elektron tijoratni yuritishga texnik jixatdan tayyorligi darajasini tavsiflovchi parametrlar kiradi.
Boshqaruv omillari. Bu mezonlar guruhi amaldagi korxonalarni boshqarishni modellarining adekvatligini – “boshqaruvning yangi uslublarini o'zlashtirish va korxonalarni uzoq muddatli rivojlanishiga intilish nuqtai nazaridan samaradorligi”ni tavsiflaydi. Bu elektron tijoratga nisbatan xususan, korxonadagi biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish munosabatlarida ifodalanadi.
Bu omillarning har bir guruhi elektron tijoratni rivojlantirishda aloxida ahamiyatiga ega hisoblanadi .
|
| |