Elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitining o’ziga xos




Download 2,86 Mb.
bet42/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151
Bog'liq
bobur

Elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitining o’ziga xos


xususiyatlari
O'ziga xos xususiyatlariga asosan qo'yidagi xulosa qilish mumkin, makroiqtisodiyot nuqtai nazaridan elektron-tijorat bozori tuzilishi agentlari yondashuv asosida ko'rib chiqilishi kerak, ya'ni tadqiqot bozor makonning tartibga solinadigan parametrlari bilan avtonom agentlarning takrorlangan mahalliy o'zaro hamkorligida yuzaga keladigan munosabatlar iqtisodiy tartibi va muntazamligini qamrab olishi kerak. Bozor kontragentlari o'rtasida uzoq muddatli aloqalarni o'rnatish imkoniyati bunday tuzilmaning alomati hisoblanadi va bunday aloqalarga yuqori hokimiyat tomonidan olib boriladigan tartibga solishlar ta'sir ko'rsatmaydi.
Binobarin, elektron tijorat bozorining rivojlanishi va faoliyatini xususiyatlarini tadqiq etishda bevosita axborot muhitini o'rganish asosida olib borish kerak.
Shunday qilib, internet-muhitni elektron tijorat bozori makonining asosi sifatida ta'kidlagan holda, uning tashkiliy tuzilishini, bozor agentlarini o'zaro hamkorligi xususiyatlari, raqobat muhitining xususiyatlari va infratuzilmani tahlil qilish zarur.
Hozirgi vaqtda, yagona tarmoq hamjamiyatida yopiq bozor ishtirokchilari faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan “tarmoq iqtisodiyoti” atamasi keng tarqalgan.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan jamiyatni global axborotlashtirishga, asoslangan bozor iqtisodiyotida tarmoq xususiyatlari paydo bo'lishini, ustuvor holda gorizontal aloqalarga asoslangan o'ziga xos, biron-bir iqtisodiy tarmoqqa tegishli bo'lmagan tarmoq iqtisodiyoti ustuvor holda paydo bo'ladi deb takidlash mumkin.
Bizning fikrimizcha, elektron tijorat bozorini quyidagi nuqtai nazarlardan ko'rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin:

  • faoliyati to'liq virtual maydonga o'tkazilgan firma nuqtai nazardan;

-, alohida rezanktsiyalari tarmoqda amalga oshiriladigan firmalar nuqtai nazaridan;

  • virtual muhitda ishlaydigan mijozlar hamkor-firmalar bilan o'zaro hamkorlikda bo'lgan firma nuqtai nazaridan.

Shunday qilib, elektron tijorat bozori makonining faoliyat yuritishi va rivojlanishini tashkil etish asoslari, firmalararo o'zaro zamkorlik- tizimida, shuningdek, ish faoliyati axborot muhiti sharoitiga o'tkazilgan kompaniyaning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi xususiyatlarini ko'rib chiqish yani elektron tijorat bozorini tadqiq qilish makro mesa va mikro- darajalarda olib borilishi kerak.
Elektron tijoratning xususiyatlari va kompaniyaning elektron tijorat bozoridagi faoliyatini, uni boshqa bozor subektlar bilan bog'laydigan munosabat va axborot oqimlari to'plamida chiqarib bo'lmaydi.
Kompaniyaning marketing muhiti - bu o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan internet-muhitidir. Internet-muhitni tahlil qilinishi unda harakat qiluvchi subektlar va tashqi o'zaro-hamkorliklar to'plami sifatida ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. Elektron tijorat bozorida faoliyat olib boradigan firmaning mikromuhiti bevosita firma va uning atrof-muhitiga (mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, yetkazib beruvchilar va boshqa aloqa auditoriyalari) tegishli bo'lgan va tasir ko'rsatadigan xarakterlardan iborat. Shunday qilib, raqobat muhiti firma mikro muhitining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Umum qabul qilingan ta'rifga ko'ra, raqobatchilar marketing tizimining sub'ektlari hisoblanadi va o'z harakatlari bilan firma tomonidan bozor, yetkazib beruvchi va vositachilarni tanloviga, mahsulotlar shakllanishiga, marketing faoliyatining butun bir majmuasi ta'sir ko'rsata.
Bundan firmaning raqobat muhitini har tomonlama o'rganish zarurligi kelib chiqadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan raqobat-eng qulay sharoitda mahsulot savdosini yo'lga qo'yishi uchun ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning o'zaro hamkorlik va kurashni iqtisodiy jarayonidir. Binobarin, raqobatni aynan bir xil maqsadga erishishdan manfaatdor bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatlishishi (iste'molchilarning cheklangan miqdordagi samarali talabi uchun kurash va boshqalar) sifatida ko'rish mumkin.
Elektron tijorat bozorini tadqiq etish, birinchi navbatda, bozorda
firmalarning bevosita o'zaro hamkorligini, ya'ni, bozor raqobatini ko'rib chiqish zarur bo'ladi.
Raqobatning ikkita asosiy - narx bilan bog'liq va narxdan tashqarida bo'lgan usullarini ajratib ko'rsatish qabul qilingan. Tijorat faoliyatini amalga oshirish nazariy tadqiqotlari va amaliyoti shuni ko'rsatadiki, tijoratchiga u mijozga taklif etilayotgan mahsulotni (xizmat) "ajratish" va shu orqali mijozlarni jalb qilishga narxni tushirishga imkon beradigan hozirgi sharoitda avvalgidek samara bermaydi. Hozirgi kunda raqobatning "yashirin" narxlar usuli keng tarqalishiga ega bo'lib bormoqda.
Narxsiz raqobat mahsulot qiymatining istemol sifati tushunchasiga asoslanadi. narxga bog'liq bo'lmagan usullarga kompaniya boshqarish marketing usullariga quyidagilar kiradi, masalan:

  • yuqori iste'mol qiymatiga ega bo'lgan yangi mahsulotni yaratish va ishlab chiqarish;

  • bozorni majmuali tadqiq etish va marketingni rejalashtirish;

  • savdo-apparati ishini tashkil etish;

  • savdoni rag'batlantirish;

  • tashkiliy tuzilmani takomillashtirish;

  • xarajatlar aylanmasini kamaytirish;

  • kredit siyosati, moliyalashtirishni takomillashtirish.

Shu munosabat bilan elektron tijorat bozoriga xos bo'lgan xususiyatlarni ajratib olish maqsadida raqobatning turli yo'nalishlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Elektron tijorat bozori o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramay, raqobat muhitini tavsiflovchi umumiy xususiyatlarga ega. Bu bozorni to'liqroq tavsiflash maqsadida uning mohiyatini aniqlash va intensivligini baholash uchun raqobatning mavjud va mumkin bo'lgan modellarini tahlil qilish zarur bo'ladi.

Download 2,86 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitining o’ziga xos

Download 2,86 Mb.