• BOB. ELEKTRON TIJORATNING ASOSIY MODELLARI VA TAMOYILLARI
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet45/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Nazorat uchun savollar:


    1. Electron tijoratni rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi qanday asosiy sabablar mavjud?

    2. Keling kichik biznes uchun elektron tijoratni rivojlanishida qanday asosiy muammolarni keltirish mumkin?

    3. Muayyan sohaning elektron tijoratni yuritishga tayyorligini aniqlashga imkon beruvchi qanday omillar asosiy guruhlari ni keltirish mumkin?

    4. Elektron tijoratni boshqarish tizimidagi boshqaruv kompleks tizimlari ahamiyati qanday?

    5. Internet iqtisodiyotining rivojlanishiga ta'sir qiluvchi qanday omillar mavjud?

    6. Elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitining o'ziga xos qanday xususiyatlari bor?

    7. Aniq bir bozorda raqobat holatini qanday raqobatdosh kuchlar bilan tavsiflash mumkin?

    8. Xaridorlar mahsulot/xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga ta'sir kuchi va ularning savdo-sotiqni amalga oshirishda qanday xususiyatlarga ega?

    9. O'zbekistonda elektron tijorat bozorining o'sishi qanday omillar asosida ta'minlanishi mumkin?
    1. BOB. ELEKTRON TIJORATNING ASOSIY MODELLARI VA TAMOYILLARI




      1. Internet muhitida biznesni oqilona tashkil etishning asosiy tushunchalar, tashkiliy jihatlari, tamoyillari


    Elektron tijorat – foyda olish maqsadlariga ega bo'lgan va kompyuter tarmoqlaridan foydalanish orqali tijorat siklini kompleks avtomatlashtirishga asoslangan tijorat faoliyatidir.
    Tijorat jayonlarda yuzaga keldigan xarajatlarni kamaytirishning ob'ektiv zaruriyati elektron tijoratning iqtisodiy sharti hisoblanadi. Elektron tijoratning texnik asoslarining uzluksiz rivojlantirilishi Internet xizmat- larining jadal rivojlanishiga sabab bo'ldi. Elektron tijorat sohasida qabul qilngan me'yoriy-huquqiy hujjatlar O'zbekistonda elektron tijoratfaoliyatini yo'lga qo'yishning huquqiy asoslari deb hisoblanadi. O'zbekistonda Elektron shartlarni huquqiy tartibga solishni ta'minlab beradi.
    Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonning yangi boshqaruv mexanizmlariga o'tishi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini yagona axborot makoniga birlashtirish muammolari dolzarb masalalar qatorida turadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli ijtimoiy institut va ishlab chiqarish faoliyatiga kirib borishiga, qaratilgan Internetdan faol foydalanishga asoslangan tijorat aloqalari doirasi sezilarli darajada kengayib bormoqda. Hozirda elektron tijorat kundalik hayotning bir qismiga aylanib bormoqda va yaqin kelajakda ishbilarmonlik munosabatlarini tashkil etishning bunday shakli oddiy holga aylanadi.
    Shu bilan bog'liq holda, zamonaviy iqtisodiyot fanlariga raqamli iqtisodiyotga hos bo'lgan tushunchalarning bosqichma-bosqich kirib kelishi kuzatilmoqda va bu “Elektron tijorat”, “Elektron biznes” atamalarining turli talqinlarini paydo bo'lishiga olib keldi. Ko'p hollarda, elektron biznes tushunchasi Internetdagi biznes faollikning umumiy tushunchasi sifatida talqin etiladi.
    D.Koze elektron tijorat tushunchasini bevosita foyda olish uchun tijorat operatsiyalari (xizmatlar va mahsulotlarni sotib olish/sotish) bilan bog'liq bo'lgan ishbilarmonlik operatsiyalarini amalga oshirish va foyda olishni qo'llab-quvvatlash jarayoni (biznes hamkorlar o'rtasidagi o'zaro hamkorliklarni engillashtirish, mahsulot va xizmatlarga talabni yaratish,
    sotishdan keyingi qo'llab-quvvatlash, mijozlarga xizmat ko'rsatish va boshqalar) sifatida talqin qiladi. Muallif o'zinning “Elektron tijorat” nomli kitobida elektron tijorat ananaviy tijorat tizimiga asoslanganligi to'g'risida xulosa qiladi.
    Elektron tijorat tushunchasi korxonalar o'rtasida yoki korxona va iste'molchilar o'rtasida tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanish jarayoni sifatida talqin etiladi. Elektron biznes bu, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladigan har qanday shartnoma bo'lib, yakuniga yetgandan so'ng egalik qilish, moddiy mahsulot va xizmatdan foydalanish huquqi boshqa shaxsga o'tadi deb tavsiflanadi. Funksionallik nuqtai nazardan, elektron tijorat biznesning iqtisodiy ustunlik ham keltiradigan yangi texnologiyasi degan xulosaga qo'shilishimiz mumkin.

    Biroq, elektron tijoratning berilgan ta'riflari, bizning fikrimizcha, yyetarli darajada aniq emas, chunki bu tushunchalarda faqat an'anaviy tijorat mexanizmlarini amalga oshirish vositasi sifatida aks ettiriladi. Elektron tijorat tushunchasiga to'xtaladigan bo'lsak, nafaqat an'anaviy biznesda internet- texnologiyalarni qo'llash, balki tijorat faoliyatining mutlaqo yangi yo'nalishi to'g'risida, bu erda internet-tijorat tizimi faoliyat amalga oshiriladigan vosita va muhit sifatida qaraladigan umuman yangi tijorat faoliyati to'g'risida fikr yuritish kerak bo'ladi. Elektron tijorat bozorni tashkil etishning o'ziga xos innovatsion shakli sifatida ahamiyatga ega hisoblanadi.
    Elektron tijoratni bunday talqin qilishda bozor kontragentlarning (sotuvchi va xaridor) mahsulotlar narxi va hajmini aniqlashga yo'naltirilgan o'zaro hamkorlik tizimi sifatida elektron tijorat bozori kontragentlarining o'zaro hamkorligi xususiyatlarini har tomonlama
    batafsil ko'rib chiqishni va biznesni yangi texnologik asosda tashkil etishni modellashtirishni talab qilishini etiborga olish zarur.
    e-Commerce - yoki elektron tijorat - mahsulotyoki xizmatlarni biron- bir tarzda Internet orqali tarqatish, reklama qilish, targ'ib qilish, sotish bilan bog'liq bo'lgan biznes faoliyatidir. Oddiy qilib aytganda, global tarmoqdagi tijorat yo'nalishga yaqinroq bo'lgan har qanday faoliyat onlayn-tijorat tushunchasi tarkibiga kiradi. Bu soha dastlab AQShda paydo bo'ldi, keyinchalik Evropada rivojlandi va o'tgan asrning 90-yillari oxirida Xitoy va Rossiyada, 2000 yillar bodhlaridan boshlab O'zbkistonda faol rivojlana boshladi.Elektron tijorat onlayn-savdo, onlayn-bank, chipta va mehmonxo- nalarni bron qilish, to'lov tizimidagi operatsiyalar, onlayn marketing va reklama sohasidagi global tushuncha hamda toifalarni birlashtiradi.
    Texnik jihatdan Internetdagi elektron tijorat uchta komponentga asoslanadi - server, axborotlar bazasi va xaridorga mahsulot yoki xizmatlar yyetkazib berish tizimi. Birinchi komponent juda muhim hisoblanadi va yuqori sifatli hamda tezkor serverdan tashkil topgan. Har qanday yirik ob'ekt xususiy axborotlar bazasiga muhtoj bo'ladi, elektron mahsulotlar yoki xizmatlarni yetkazib berish esa murakkab logistikani talab qilmaydi.
    Elektron tijorat bozorida o'zaro hamkorliklarni tashkil qilish turli iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirish jarayonini optimallashtirishga imkon beradigan axborotni taqdim etish, uzatish, axborot oqimlarini tashkil etish modellaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.
    Bundan tashqari, elektron biznesning samarali ishlashi va rivojlanishi shartlaridan biri bu barcha ishtirokchilarning axborot ta'sir hamkorligi muhitiga talablarni belgilash va amalga oshirishdir. O'z navbatida, elektron tijorat bozorini tarkibiy-funksional, texnologik va mantiqiy- lingvistik darajalarda tashkil qilinishini tadqiq etish, shu jumladan, elektron tijoratning ijtimoiy-axborot, institusional tashkil etilishi mohiyatini ochib berilishi eng dolzarb masala hisoblanadi.
    Biznesni yangi texnologik asosda tashkil etish axborotlardan jamiyat ishlab chiqarish omili sifatida foydalanish jarayonlarini ta'minlab beradi. Biznesning bunday tashkil etilishi, birinchi navbatda, raqobatlashishida ishtrok etadigan axborot resursi yangi raqobat shakllarini, o'ziga xos raqobat muhitini keltirib chiqaradi.
    Elektron tijorat bozorining kontragentlari o'rtasidagi axborotli o'zaro hamkorlik modeliga asoslanib, quyidagilar muhim hisoblanadi:

    • resursning firmaning faoliyat yo'nalishiga muvofiqligi;

    • taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlar to'g'risida kerakli va yyetarli axborotlarning mavjudligi;

    • mijoz bilan aloqa qilish qulayligi, shu jumladan, teskari aloqa va keyingi munosabatlari o'rnatish imkoniyati;

    • maqsadli auditoriya, iste'molchilarning istaklari va shu kabilarni o'rganish imkoniyati;

    • mo'ljallangan mijozga mumkin bo'lgan ta'sirini hisobga olgan holda (masalan, saytining faol zonalarda rang va shrift tanlovidan foydalangan holda axborotlarni alohida "urg'u" berib joylashtirish) Internetda biznes olib borishning asosiy vositasi sifatida saytni kontentli yechimida ergonomik talablarga rioya qilish va boshqalar.

    Xaridor uchun mahsulot va uning tanlovi to'g'risida axborot olishda vaqtni sezilarli darajada tejalishi elektron tijoratning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi.
    Elektron tijorat bilan shug'ullanadigan kompaniyalar "real" biznes bilan shug'ullanadigan korxonalarga nisbatan quyidagi bir qator afzalliklarga ega bo'lishini ajratib ko'rsatish mumkin :

    • savdo bozorini xorijiy bozorga chiqish istiqboli bilan kengayishi;

    • kunu-tun davomida kirish mumkinligi;

    • marketing axborotlarini to'plashni CRM tizimlardan foydalangan holda avtomatlashtirish (CRM, Customer Relationship Management - mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish). Saytga kiradigan har qanday tashrif buyuruvchi o'zi to'g'risida biron-bir axborotni (qaysi saytdan kelganligi va qaysi saytdan chiqib ketganligi va h.k.), ya'ni, aniq bir elektron “iz”ni qoldiradi. Bu axborotlar to'plashda asos bo'lishi mumkin;

    • savdo maydonchalari va ofislarini tashkil etishning hojati yo'qligi sababli infratuzilmani tashkil etish va qo'llab-quvvatlash xarajatlarini kamayishi;

    • reklama xarajatlarini kamayishi. internet-reklama ommaviy axborot vositalariga qaraganda kam xarajat bo'lishi bilan birga, ko'p hollarda Internet ko'proq imkoniyatlarni taqdim etadi.

    Elektron tijorat xizmatlaridan foydalanuvchi, o'z navbatida, quyidagi afzalliklarga ega bo'ladi:

    • tanlovning yanada qulay imkoniyatlari: mijoz faqat kerakli sondagi saytlarga kirishi yyetarli bo'ladi;

    • yanada to'liq axborot olish imkoniyati. Agarda mahsulotni sotib olish to'g'risida so'z yuritilsa, u holda odatda, bu mahsulot to'g'risida Internetda to'liq axborotlar mavjud bo'ladi. Elektron do'kon saytining yuqori sifatli dizaynidan xaridor, masalan, mahsulotni taqqoslash xizmatidan foydalanishi, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan aksessuarlar, ularni to'liq ro'yxatnini olish va shu kabi qulayliklardan foydalanishi mumkin.

    Elektron tijorat biznesni tashkil etishning eng istiqbolli shakllaridan biri bo'lib, hozirda u tashqi va xalqaro savdoda muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda va an'anaviy savdoga nisbatan bir qator afzalliklari tufayli kelajakda bu soha uzluksiz rivojlanib boradi.



      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   151




    Download 2,86 Mb.