Bozordagi raqobatni tavsiflash uchun marketing modeli




Download 2,86 Mb.
bet43/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   151
Bog'liq
bobur

Bozordagi raqobatni tavsiflash uchun marketing modeli. Bozordagi raqobatni tavsiflash uchun mahalliy va xorijiy adabiyotlarda qo'llaniladigan eng mashhur marketing modeli - bu Porterning raqobatning beshta kuchi modeli hisoblanadi.
M. Porterning tadqiqotlariga ko'ra, aniq bir bozorda raqobat holatni beshta raqobatlashuvchi kuch bilan tavsiflash mumkin:

  1. Raqobatdosh sotuvchilar o'rtasidagi raqobat - har bir firma yaxshi mavqeiga ega bo'lish va raqobatdosh ustunlikka ega bo'lishi uchun o'z raqobat strategiyasiga amal qiladi.

  2. Narx nuqtai nazaridan raqobatlashish xususiyatiga ega bo'lgan o'rnini bosuvchi hisoblanadigan mahsulotlar raqobati-o'rnini bosuvchi- mahsulotlar tomonidan tadqiqlar natijasida paydo bo'ladigan raqobatlashuvchi kuchlar;

  3. Yangi raqobatchilar paydo bo'lish xavfi - yangi raqobatchilar paydo bo'lish xavfi natijasida paydo bo'lgan raqobatdosh kuchlar.

  4. Taminotchining iqtisodiy imkoniyati va savdo qobiliyati - yetkazib beruvchilarning imkoniyatlari va savdo qobiliyati natijasida kelib chiqadigan raqobatdosh kuchlar.

  5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyati va savdo qobiliyati - xaridorlarning imkoniyatlari va savdo qobiliyati natijasida kelib chiqadigan raqobatdosh kuchlar.

Elektron tijorat bozordagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobat kurashi nuqtai nazaridan quyidagi xarakterli jixatlarga ega:
-elektron tijorat bozoridagi firmalar mijozlarning reaktsiyalarini o'rganishni yetarlicha kuchli vositalarga ega, bu ularga yanada asoslangan va aniqroq raqobat strategiyani qurib olish va uni amalga oshirish yo'llarini ishlab chiqish imkonini beradi.
-strategiyani yangilash muddati sezilarli ravishda qisqartiradi, bu raqobatdosh-firmaning katta harakatchanligi va raqiblari harakatlariga tezkor javob berish imkoniyatlari bilan bog'liq.
-garchi an'anaviy vaziyatda bo'lgani kabi, firmalararo raqobat muvaffaqiyatli yoki yutqizishli bo'lishi mumkin bo'lsa-da, bozordan "o'z" segmentiga ega bo'lishdagi real imkoniyat bozoridagi yetakchi-firmalarni "sof" manosidagi toifasiga o'tib olishiga imkon bermaydi.
O'rinini ishlab chiqaruvchiga bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko'rsatiladigan raqobat bosimi kuchining aniqlashda eng ko'p savdoning o'sish sur'ati hisoblanadi. Elektron tijorat bozori sharoitida bu turdagi raqobat ahamiyatga ega bo'ladi. Bozorda yangi raqobatchilarning paydo bo'lishi ehtimoli xavfi qanchalik jiddiy ekanligi ikkita omillar guruhiga bog'liq:

  • kirish uchun to'siqlar;

  • tarmoqqa yangi kirib keluvchilarga kompaniyalarning munosabati.

Raqobatchi firmalarning yuqori malakali kadrlarga yo'naltirilganligi ilmiy tadqiqotlar, rivojlanish, reklama, texnologik jixatdan taminganlikka
e'tibor qaratishdagi, ularning o'zi va uning biznesi to'g'risidagi fikrlari firma ahamiyatberishi zarur bo'lgan indikator hisoblanadi.
Shuni qo'shimcha qilish kerakki, bozorga yangi firmalarning kirib kelishi xavfi umuman bozorning iqtisodiy sharoitlarini o'zgarishiga bog'liq o'zgarish tendentsiyasiga ega bo'ladi. Elektron tijorat bozorining asosi sifatida internet-muhitning bozorga yangi raqobatchilarning kirib kelishida turli to'siqlarni amaliy jixatdan mavjud bo'lmasligi orqali muhim raqobat imkoniyatlarini belgilab beruvchi o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bu, birinchi navbatda, bozorga muvaffaqiyatli kirib kelishini ta'minlash uchun investitsiyalar hajmiga ahamiyatli talablar bo'lmasligi, ikkinchidan, bozor muhitining texnologik xususiyati bilan ko'zda tutilgan taqsimlash kanallariga kirishning ochiqligi bilan bog'liq.
Garchi bu bozor uchun xaridorlarning extiyojlari va aniq bir mahsulot markalariga afzallik berishi hamda sodiqligi mavjud bo'lsa-da, internet-marketing texnologiyalaridan foydalanish yangi firmalarga bozorga kirishdagi bu to'siqni ham engishiga imkon beradi.
M. Porter o'z tadqiqot yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish, nou- xau va shu kabilar bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar bozorga yangi firmalarni kirib kelishidagi to'siqlaridan biri sifatida ta'kidlaydi. Elektron tijorat bozorida faoliyat olib borishga xarakat kelinayotgan firmalar uchun bunday xarajatlarni qo'shimcha xarajatlar toyfasi kiritish mumkin emas va ularning o'zi Internet muhitida biznes yuritish imkoniyatlarini aniqlaydilar. Etkazib beruvchilar tomonidan raqobat ta'sirini o'tkazish, asosan, bu xarajatlarning tarkibi xaridor uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi bog'liq bo'ladi (agar yetkazib beruvchilarning ma'lum bir guruhi umumiy xarajatlarning katta ulushini egallab olsa, u holda yetkazib beruvchilar
tomonidan ta'sir darajasi oshadi).
Elektron tijorat bozorida bu turdagi raqobatga ahamiyat berish bilan birga, quyidagilarga e'tibor qaratish lozim. Amalda yetkazib beruvchini o'zgartirishga hech qanday cheklovlarning (moliyaviy, hududiy va boshqalar) mavjud emasligi yetkazib beruvchilarning yangi biznes yuritish muhitidagi ta'siri kamayadi. Bu omili faqat Bitimlarning bir qismini elektron tijorat bozoridan tashqarida (an'anaviy sharoitlarda) amalga oshiradigan kompaniyalarga o'z ta'sirni kuchaytiradi. Axborot xizmatlari
va mahsulotlarini yetkazib beradigan kompaniyalar bunday kompaniya toyfasiga kirmaydi.
Xaridorlar tomonidan mahsulot (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchilarga va ularning savdoni amalga oshirish xususitlariga ta'sir kuchi quyidagilarda ahamiyatli bo'ladi:

  • iste'molchilar soni kam va ular mahsulotlarni katta miqdorda sotib oladi;

  • iste'mol hajmi tarmoqdagi barcha savdolarning ahamiyatli qismini tashkil etadi;

  • bozorga mahsulot yetkazib beradigan tarmoq nisbatan ko'p sonli nisbatan yirik bo'lmagan sotuvchilardan tashkil topgan;

  • turli sotuvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar nisbatan yaxshi standartlashgan va xaridorlar sotib olishning muqobil variantini bemalol toplashlari mumkin, ularning yangi sotuvchiga o'tib ketishi mumkin bo'lgan miqdor o'ta minimal darajada

  • xaridor tomonidan sotib olingan mahsulot mahsulotlari komplektining muhim tarkibiy qismi emas;

  • iste'molchilar uchun bir nechta sotuvchidan butlovchi qismlarni sotib olish amaliyoti bir sotuvchiga biriktirilgan savdoga nisbatan iqtisodiy jihatdan manfaatli hisoblanadi.

Elektron tijorat sharoitida mijozning boshqa bir bozor subektlariga o'tish imkoniyati muhim omil hisoblanadi. Shu munosabat bilan kompaniyaning marketing strategiyasini ishlab chiqish birinchi navbatda mavjud mijozlarni saqlab qolish va yangi mijozlarni jalb qilishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bozorda raqobat muhiti doimiy ravishda rivojlanib boradi, shuning uchun kompaniyagag bozor sharoitida raqobatdosh o'zgarishlarini muntazam ravishda kuzatib borish zaruriyati mavjud bo'ladi. Kompaniya faqat bu shu sharoitdlarda raqobatchilar va o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholashi, o'zining raqobatdosh ustunligini yaratish yoki qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan optimal marketing strategiyasini ishlab chiqishi mumkin bo'ladi.

    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozordagi raqobatni tavsiflash uchun marketing modeli

Download 2,86 Mb.