|
Elektron tijoratning asosiy tarkibiy qismlari
|
bet | 46/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur
Elektron tijorat savdo hajmini o'sishidagi ba'zi bir jismoniy cheklovlarni olib tashlaydi, chunki Internetga bog'langan kompyuter tizimlari haftaning etti kunida kecha-kunduz uzluksiz buyurtma va mijozlarni qo'llab-quvvatlashni taqdim eta oladi, hududiy jihatdan qamrab olish imkoniyati esa faqat mijozning tarmoqqa ulanish imkoniyati bilan cheklangan.
Elektron tijoratning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
ishtirokchilar (ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, chakana savdo vositachilari, iste'molchilar, ma'muriy va davlat tuzilmalari);
marketing jarayonlari (tadqiqotlar, hisob-kitoblar, reklama, buyurtma xizmati, savdoni tahlil qilish, mijozlarni qo'llab-quvvatlash );
tarmoqlar va tarmoq texnologiyalari (tijorat tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, Internet, aloqa seansi protokollari, dasturiy ta'minot va boshqalar);
“Elektron tijorat infratuzilmasi” tushunchasi elektron bozor ishtirokchilarining o'zaro me'yorda hamkorlik qilishi uchun sharoitlarni
ta'minlab beradigan butun texnologik va tashkiliy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Elektron tijorat infratuzilmasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
ishlab chiqarish infratuzilmasi - mahsulot va uning atrof-muhiti, korxonaning axborot malumotlar bazasi, iste'molchilar foydalanishi uchun axborot mahsuloti;
joylashtirish infratuzilmasi - tarmoq yechimlari, sotuvchilar va xaridorlar uchun texnik vositalar, axborotlar almashinuvi protokollari (shu jumladan, WAP uyali aloqa protokoli), tijorat axborotlarini uzatish uchun dasturiy ta'minot;
savdo infratuzilmasi (mahsulotlarni harakatlanishi va bevosita oxirgi iste'molchiga sotilishini ta'minlaydi) - elektron pochta, veb-server, elektron kataloglar va sotuvchi firmalarning axborot bazalari;
xizmat ko'rsatish infratuzilmasi - to'lov tizimlari, tijorat axborotlarini himoya qilish texnologiyalari, axborotnoma va maslahat beruvchi veb-resurslar va boshqalar.
Elektron tijoratdan foydalanishning asosiy afzalliklari 3.1-jadvalda keltirilgan.
|
| |