|
Internetda biznes yuritishning asosiy modellari
|
bet | 49/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburInternetda biznes yuritishning asosiy modellari
Internet-muhitda firmaning har qanday korporativ vakolatxonasining mavjudligi va uni rivojlantirib borish aniq biznes-modelga asoslanadi. Biron-bir modelni tanlash veb-saytga qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan aniqlab beriladi. Quyida asosiy biznes modellarini ko'rib chiqamiz.
Reklama biznes-modeli. Sayt reklama aksiyalarini tashkil etish va o'tkazish uchun yaratilgan. Asosiy maqsadi - sayt yordamida doimiy, aniq segmentlangan yoki aksincha, o'ta keng doiradagi auditoriyani shakllantirishdir. Bu auditoriya bilan olib boriladigan muloqot axborotlari reklama beruvchi yoki homiylarga mahsulot sifatida sotilishi mumkin.
Qo'yilgan masalani yechish uchun quyidagi masalalarni ko'rib chiqish zarur bo'ladi:
dastlabki tashrif buyuruvchilarni saytga jalb qilish;
takroriy tashriflarni rag'batlantirish, foydalanuvchilarning saytdan foydalanish rejasini tuzish;
foydalanuvchilarning saytda turli jaaryonlarda faol ishtrok etish (munozaralarda, so'rovnomalarda, tanlovlarda va boshqalar) tashkil etish;
saytdagi resurslarni rivojlantirib borish va foydalanuvchilarni jalb qilish yangi omillarini qo'llash;
saytda tashkil topgan jamiyatiga sodiqlik va jamoatchilik tuyg'usini shakllantirish.
Mavjud biznesni qo’llab-quvvatlash modeli. Kompaniyaning an'anaviy sharoitlarda shug'ullanayotgan xar qanday biznes faoliyatdagi ayrim biznes-jarayonlarni virtual maydonga o'tkazish (takrorlash) mumkin. Bunday holda, sayt marketing vositalaridan biriga aylanadi va shu orqali bozor bilan o'zaro hamkorlikning instrumental bazasini sezilarli darajada kengaytirish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratiladi.
Bu turdagi sayt bajarishi mumkin bo'lgan masalalar:
reklama, kompaniyaning savdo belgisi va yoki uning mahsulotlarini harakatlantirish;
jamoatchilik bilan aloqalar tizimini kengaytirish;
iste'molchilar, hamkorlar, aksiyadorlar, reklama agentlariga mahsulot va kompaniya to'g'risida eng to'liq va dolzarb axborotlarni taqdim etish;
iste'molchilarni sotishdan oldingi va keyingi axborotlar bilan ta'minlash;
to'g'ridan-to'g'ri savdoni ta'minlash;
firmalar o'rtasida savdoni ta'minlash;
mahsulotlarni tarqatish kanalini tashkil etish (agarda ularni Internet orqali tarqatish imkoni bo'lsa).
Yangi biznesni yaratish modeli. Internet bu muhitining o'ziga xos xusiyatlari asoslangan yangi biznes modellarini yaratish imkoniyatini beradi. Amalga oshirilgan bunday modellarga oddiy namuna sifatida elektron birja, onlayn kim oshdi savdosi, internet-do'kon va shu kabilarni keltirish mumkin. Bunday sharoitda, odatda, mahsulotning asosiy turi bu yaratish va amalga oshirish uchun foydalanuvchi (yoki potentsial xaridor) tomonidan o'ziga xos xususiyatlar taqdim etilgan axborot resurslariga ishlov berish texnologiyalari
qo'llaniladigan axborot mahsulotidir. Bunday holda, barcha ish jarayonlarini,
, shu jumladan, oxirgi iste'molchiga mahsulotlarni (xizmatlarni) yetkazib berishni ham virtual makonga o'tkazish mumkin. Bunday sharoitda, odatda, mahsulotning asosiy turi axborot mahsuloti hisoblanadi, uni yaratish va foydalanish uchun foydalanuvchi (yoki potentsial xaridor) tomonidan belgilanadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan axborot resurslarini qayta ishlash texnologiyalari qo'llaniladi.
Yuqorida keltirilgan biznes modellarining tasnifi yyetarlicha umumiydir, chunki amaliyotda bu modellarning aralashmasi yoki ishlov berish yoki biznes sohasining ixtisoslashuvi va xususiyatlariga asoslanib ularning aniq detallari qo'llaniladi.
Internetdagi asosiy elektron tijorat modellari 5.1-rasmda keltirilgan.
3.1-rasm. Elektron tijorat modellari
Elektron tijorat sohasi kompaniya ishlaydigan maqsadli auditoriyaga qarab turlarga ajratiladi:
B2B (Business-to-Business). Elektron tijoratning “Biznesdan biznesga” modeli yuridik shaxslar bozorning iqtisodiy sub'ektlari o'rtasidagi tijorat munosabatlarini nazarda tutadi. Ya'ni, kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar bir-biri bilan o'zaro hamkorlikda bo'lib, bitimlar, mahsulot yetkazib berish, savo, sotib olish yoki sotib olish bo'yicha hamkorlik shartnomalarini tuzadi. B2Bda
aloqalarni yo'naltirish, hamkorlarni qidirish va muzokaralar uchun, ixtisoslashgan internet-maydonlar va interaktiv axborotlar bazalaridan foydalaniladi.
B2C (Business-to-Consumer). “Biznesdan iste'molchiga” sohasi yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi mahsulot va xizmatlar savdosini o'z ichiga oladi. Bu chakana savdoning bir turi, faqat do'kon, xizmat, bank va boshqa faoliyatlar onlayn- maydonda olib boriladi Mijozlar uchun afzalligi mahsulot tanlovining yanada keng doirasi, buyurtma berish qulayligi va mahsulotlarni uyga
yoki ofislariga yetkazib berilishi. Elektron tijorat tadbirkorga savdo va
ombor maydonlariga ega bo'lish xarajatlarini qisqartishga imkon beradi.
B2G (Business-to-Government). “Biznesdan xukumatga” modeli: bir tomondan yuridik shaxslar- kompaniyalar, korporatsiyalar, brendlar, boshqa tomondan-shahar hokimiyati, davlat idoralaridan tashkil topgan bozor ishtirokchilarini o'z ichiga oladi. Bunga O'zbeksiton davlat xaridlari portalini
(e-hapud.uz) namuna sifatida keltirish mumkin. B2G bitimlari konkurs, tenderlar yoki kotirovkalar asosida amalga oshiriladi. Elektron tijoratning bu sohasi katta hajmdagi bitimlar bilan shug'ullanganlii bois bozor ishtirokchilariga qat'iy talablar qo'yadi. Savdolarda ishtirok etadigan kompaniya yuqori maqomga va benuqson obro'ga ega bo'lishi kerak.
C2C (Consumer-to-Consumer). “Iste'molchi- dan iste'molchiga” maydonidagi elektron tijorat jismoniy shaxslar o'rtasida shartnomalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Avito, Yula, Ebay, Hammer va shu kabi internet-maydonlarning muvaffaqiyati foydalanuvchilarga taalluqli bo'lgan elonlar tizimi orqali tijorat munosabatlarini olib borilishiga asoslananadi.
|
| |