• Reklama va marketing
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet52/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Mijozlar
    soni

    Cheklangan

    Katta

    Cheklangan

    Katta

    Reklama va marketing

    Aniq mijoz- larga yo'nal- tirilgan

    Soni
    cheklan- magan mijoz- larga yo'nal- tirilgan



    Davlat xaridlarini axborotlashganli
    -giga yo'naltirilgan



    Soni cheklanmagan mijozlarga yo'naltirilgan

    Bugungi kunda, B2B va B2C rivojlanish bosqichida turgan sektor hisoblanadi. Davlat xaridlari sektori cheklangan kirish holatiga ega, bo'lganligi uchun hozirgi kunda ommaviy ravishda ajralib turmaydi. Hozirgi kunda G2C va C2C davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanayotganligi uchun faol rivojlanib bormoqda. Har qanday holatda ham elektron tijorat quyidagi elementlarni o'z ichiga olishi zarur:

      • sayt (sayt, akkaunt, onlayn-do'kon, Landing Page);

      • trafikni jalb qilish kanallari (SEO, SMM, matnli reklama, maqsadli reklama);

      • buyurtmalarna ishlov berish tizimlari, mijozlar bilan ishlash CRM tizimlari, savdo bo'limlari, qo'llab-quvvatlash xizmatlari;

      • sotib olish, ta'minot, yetkazib berish, qaytarib olish xizmatlari;

      • internet-banking;

      • internet-treyding;

      • internet-xizmatlar;

      • elektron tijorat texnologik zanjiri xizmatlari: elektron to'lov, mahsulotlarni yetkazib berish tizimlari;

      • konsalting xizmatlari;

      • tadqiqot xizmatlari;

      • Internet orqali sug'urta qilish.

    B2C modeli elektron tijoratning eng mashhur shakli bo'lib, onlayn chakana savdoni qamrab oladi.
    Savdolarni tashkil qilishda vositachilar sonini minimallashtirilishi elektron tijorat modelining afzalligi hisoblanadi. Savdo to'g'ridan-to'g'ri amalga oshiriladi.
    Bu model quyidagiga tatbiq etilishi mumkin:

      • veb-peshtaxtalar;

      • internet-do'konlar;

      • internet-savdo tizimlari (IST).

    Veb peshtaxtalar mahsulotlarning katalogini taqdim etadigan nisbatan arzon va juda oddiy saytni yo'lga qo'yishdir. Veb-sayt funksiyalari mahsulotlarga buyurtma va hisob-fakturalarni berish jarayonlarini o'z ichiga olishi mumkin. Ammo, buyurtmalarga ishlov berish savdo menejeri tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulotlar ombori
    bilan o'zaro hamkorliklarni tashkil etish, mahsulotlarni yetkazib berish, sotib olish uchun to'lovlarni tasdiqlash, talabni o'rganish, reklama va marketing tadbirlarini olib borish va tahliliy ishlar menenjerlarning kasb majburiyati hisoblanadi. Savdo jarayonini korxonaning ichki biznes- jarayonlari bilan bog'lash menejer tomonidan qo'lda amalga oshiriladi.
    Internet-do'kon bilan savdoni tashkil qilish elektron tijorat jarayonini to'liq boshqarishni istagan va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishga intilayotgan kompaniyalar uchun to'liq mos keladi. Elektron peshtaxta bilan taqqoslaganda do'kon yaratish ko'p harakat talab qiladi, ammo qanchalik to'g'ri tashkil etilsa bu xarajatlar shunchalik tez qoplanadi.
    Xaridor so'rovlari o'z navbatida axborotlar ombori va elektron to'lov tizimi bilan aloqa o'rnatadigan ilovalar serveri tomonidan ko'rib chiqiladi. Internet-do'kon texnik jihatdan o'zida veb-peshtaxta va elektron to'lov tizimlari to'plamini ifoda etadi (front-office va back-office). Bu tizim kelib tushayotgan ishlar tarzida amalga oshiriladi (omborda zaxira qilish, mahsulotlar to'lovini amalga oshirish, yetkazib berilishini nazorat qilish va boshqalar). Veb-peshtoqlardan farqli ravishla, internet-do'konlarda menejer faqat tizimning ishlashini nazorat qiladi. internet-do'kon avtomat tartibda ham ishlashi mumkin.
    Savdo internet-tizimi (SIT) internet-bilan taqqoslaganda tijorat sikllini yanada yuqori darajada avtomatlashtirganligi bilan ajralib turadi va internet-do'kondan SITning asosiy farqi kompaniyaning korporativ axborot tizimi bilan integratsiya qilinganligidir.
    B2B modeliga ko'ra, kompaniyalar bitimlarni bir-biri bilan Internet orqali tuzadi. B2B maydonchasi internet-portal ko'rinishidagi yagona tizimni tashkil etgan holda, yetkazib beruvchi va xaridorlar uchun tegishli bo'lgan yechimlarni birlashtiradi.
    C2B modeli xaridorga mahsulot yoki xizmatni sotib olishning qanoatlantiradigan narxini belgilashga imkon beradigan saytlarda amalga oshiriladi. Talab shu tarzda shakllanadi. Biroq, bu savdo xaridor tomonidan qat'iy belgilangan narxda amalga oshiriladi degani emas. Sotuvchi joriy talablar to'g'risidagi axborotlaridan foydalangan holda yakuniy qarorni qabul qiladi. Bu turdagi elektron tijorat boshqalariga nisbatan kam rivojlangan. C2C modelini amalga oshirish iste'molchilar o'rtasida vositachilar yordami bilan amalga oshiriladigan sotish va sotib
    olish xizmatlarini e'tiborga oladi. Bu model elektron e'lonlar taxtasi deb nomlanadi. Xaridor va sotuvchilar mahsulot va xizmatlar to'g'risidagi axborotlarni e'lonlar taxtasiga joylashtiradi. Bu model, shuningdek, onlayn auktsion (P2P) sxemalariga muvofiq ham amalga oshiriladi.
    Statistik axborotlariga ko'ra, Internetda onlayn-auksion global bozori 9,5 milliard dollarni tashkil etadi. Internetda auksion faoliyati bilan shug'ullanuvchi 1000dan ortiq veb-sayt mavjud bo'lib, barcha savdolardagi 76 foizidagi ulushi bilan eBay yetakchilik qiladi, shuningdek, Yahoo! ─ 12 foiz, Amazon — 8 foiz ulushga ega hisoblanadi.
    Kim oshdi savdosini rivojlantirish tarmog'i O'zbekiston sektorida birinchi marta 2005 yilda internet-kim oshdi savdosida paydo bo'ldi. Bugungi kunda. Internetni O'zbekiston sektorida 10 dan ortiq onlayn- auktsion savdosi mavjud. O'zbekistonda yaran.uz, xarid.uz, e-ijro auksion.uz, e-auksion.uz, auktionauto.uz, uzex.uz kabi internet-auktsionlar faoliyati yo'lga qo'yilgan.
    B2G modelida davlat xaridlarini tashkil etish Internet orqali amalga oshiriladi.
    G2B modelida davlatni xududiy boshqaruv organi tomonidan xo'jalik yurutuvchi sub'ektlar va tadbirkorlarga davlat hamda xududiy bo'linmalar Internet portallari orqali axborot va xizmatlarni taqdim etilishi ko'zda tutadi.
    G2C va C2G modellari hokimiyatni fuqarolar bilan o'zaro hamkorlik munosabatlarinilarini tashkil qilinishini nazarda tutadi. Bir tomondan, bu bugungi kunda davlat va xududiy bo'linmalar internet-portallarida amalga oshirilayotgan davlat xizmatlarning butun majmuasini ifoda etadi, masalan:

      • soliq yig'ish;

      • transport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish;

      • aholiga axborotlar taqdim etish va boshqalar

    Boshqa tomondan, bu Internet orqali fuqarolarning fikr-mulohazalari, aholining hokimiyat harakatlariga munosabati to'g'risida axborot olish, fikrlarini o'rganish, ijtimoiy so'rovlar, saylovlar va referendumlarni tashkil etishdir.
    E2E modeli internet-birjalarni paydo bo'lganidan va keng tarqalishga ega bo'lgandan so'ng paydo bo'ldi. Internet-birjalarning hamkorligi va
    kooperatsiyalar bitta internet-birjada barcha mahsulot va xizmatlar to'plamini taqdim etishning imkoni yo'qligi natijasida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan iste'molchi ko'p hollarda noqulay bo'lgan bir nechta birjalar faoliyatida ishtirok etishi kerak. Bu modelga muvofiq bir birjada ro'yxatdan o'tgan iste'molchi boshqa bir - “o'z” birjasiga mahsulot yoki xizmat uchun ariza yuboradi. Agar bu birjada buyurtmani qondirilishining imkoni bo'lmasa, u holda avtomat tarzda boshqa birjaga o'tkaziladi. Agar talab qilinadigan mahsulot va yoki xizmatlar mavjud bo'lmasa, bu talab qondirilmaguncha navbatdagi birjaga o'tkazilib turiladi.
    B2E (business-to-education) tizim bu ta'lim muassasalarini qo'llab- quvvatlash uchun yaratilgan elektron tijoratdir. Bunday tizimlar maktab, universitet va boshqa o'quv muassasalariga yetkazib berish bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirishga yordam beradi. Bunday model kompyuterlar va dasturiy ta'minot (DT) sotuvchilari va yetkazib beruvchilari uchun qiziqarli hisoblanadi (litsenziyalashning maxsus modellari ishlab chiqiladi, dasturiy ta'minot ijaraga berilishi mumkin).
    Internet-banking mijozga elektron to'lov tizimlari asosida bank hisob raqamini Internet orqali boshqarish imkoniyatini beradi.
    Internet- treyding Internet orqali real vaqt tartibida qimmatli qog'ozlar yoki valyuta aktivlarini sotib olish yoki sotish bo'yicha bitimlar tuzish imkoniyatini beradi.
    Internetning rivojlanishi odatdagi brokerlar bilan bir xil xizmatlarni taklif qiladigan, ammo investor va brokerning o'zaro hamkorligi faqat Internet orqali amalga oshiriladigan “onlayn-brokerlar” ni paydo bo'lishiga olib keldi. Internetda iqtisodiy faoliyat vositalari bozori doimiy ravishda rivojlanib borganligi sababli ularni amalga oshirishning yangi variantlari va yo'nalishlari paydo bo'lib boradi. Ammo ularning barchasi yuqorida ko'rsatilgan sxemalardan biriga mos keladi.



      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151




    Download 2,86 Mb.