Raqamli iqtisodiyotda biznes yuritishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 2,86 Mb.
bet48/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151
Bog'liq
bobur

3.3. Raqamli iqtisodiyotda biznes yuritishning o’ziga xos xususiyatlari Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, elektron tijorat bozorining rivojlanishi tashkiliy, texnik va texnologik, huquqiy, marketing aloqalarini tashkil etish masalalari va boshqa shu kabi ko'plab masalalar echilishini o'z ichiga oladi. Bu, avvalambor, firma faoliyati axborot-analitik tarkibiy qismining ahamiyatini kuchayishi bilan bog'liq (axborotlarni qidirish, saqlash va taqdim etish, tanlash, analitik va sintetik ishlov berish hamda
tarqatish jarayonlarini tashkil etish).
Tashkiliy masalalar tarkibiga korxona infratuzilmasini loyihalashtirish va qurish zaruriyati kiradi, bu kompaniyaning aloqa va axborot tuzilmalariga tuzatish kiritish, axborotlarni tizimlashtirish va boshqarish, vositachilar xizmatlaridan foydalanish muammolarini hal qilinishini nazarda tutadi. Shuningdek, egiluvchan tashkiliy-shtat tuzilishi va ichki qayta tashkil etish uchun sharoit yaratishni talab qiladi.
Infratuzilmani loyihalash vaqtida barcha mavjud va rejalashtirilgan axborot xizmatlari tizimlarini axborotlarga ishlov berish yagona platformasiga o'tkazilishi etiborga olinishi kerak. Axborot hajmi sezilarli darajada o'sib borgani sayin ko'plab firmalar axborotlar almashinuvi va axborot uzatish vositalarining standartlashtirilgan shakllariga o'tadi. Bunday variantlardan biri turli firmalarning axborot tizimlari o'rtasida ishbilarmonlik hujjatlarini (sotib olish buyurtmalari, kotirovkalar,
nakladnoy, hisob-fakturalar va boshqalar) elektron almashinuvi uchun mavjud standartlarni qo'llash hisoblanadi.
Kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini qayta tashkil etish zarurati elektron tijoratni tashkil qilish texnologiyalarining doimiy rivojlanishi hamda o'zgarishi tufayli texnik yangiliklar va bozor maydonidagi o'zgarishlar bilan bog'liq.
Huquqiy masalalarga soliqqa tortish muammolari, kompaniyaning ichki axborotlari, eksport qilinadigan axborotlar, iste'molchilar (mijozlar va hamkor firmalar) to'g'risidagi axborotlar ximoyasi va axborotlarga kirishni nazorat qilish kabilar kiradi.
Elektron to'lov tizimlariga qo'yiladigan talablarga axborotning yaxlitligi va haqiqiyligini ta'minlash zaruriyati kiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, elektron tijorat va elektron to'lovlarni tashkil etishning huquqiy asoslari qo'shimcha tadqiqotlar olib borishni va qonuniy asoslashni talab qiladi. Ma'lumki, Internet tarmog'ining markazlashtirilmaganligi soliqqa tortishni sezilarli darajada murakkablashtiradi. “Elektron imzo”, “Elektron sertifikatlar” va shu kabi boshqa masalalar ham dolzarb holatda bo'ladi.
Texnologik masalalarni yyechish biznes jarayonlarini avtomatlashti- rishni, bir nechta hamkor firmalarning o'zaro hamkorliklariga asoslangan tajriba (eksperimental) loyihalarini amalga oshirishni, xususan, katta hajmdagi axborotlar bilan ishlashni tashkil etishni, biznesni kengaytirish strategiyasini rejalashtirishni va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni o'z ichiga oladi.
Shu bilan birga, quyidagi muammolarni majburiy hal qilinishini talab qiladi:

  • ochiq axborot tizimlaridan foydalanish va rivojlantirish;

  • relyatsion axborotlar bazalaridan foydalanish va ob'ektga yo'naltirilgan yondashuv;

  • veb-sayt ishlashini qo'llab-quvvatlovchi jarayonlarni, shu jumladan veb-sahifalarni yaratish protseduralarini maksimal darajada avtomatlashtirish va boshqalar.

Tijorat operatsiyalari ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarni individuallashtirish elektron tijoratning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu Internet orqali mahsulot va xizmatlarning reklamasini tashkil qilishda yangi yondashuvlarni amalga oshirishning asosi hisoblanadi, shuningdek,
bozorni batafsil o'rganish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, marketing masalalari, birinchi navbatda, iste'molchi bilan ikki tomonlama aloqani tashkil etishga taalluqli bo'lib, shu asosda iste'molchilarning xohish- istaklarini batafsil o'rganish, bozorni mikro segmentlashtirish va tarmoq jamoalarini aniqlash mumkin bo'ladi.
Dinamik o'zgaruvchan biznes dunyosida mijozlar xohish istaklari va ehtiyojlari to'g'risidagi axborotlarni mavjudligi kompaniyaga o'z raqiblariga nisbatan strategik ustunlikni beradi. Bu turdagi axborotlarga kirish imkoniga ega bo'lgan holda, firma faoliyatining strategik rejalarini ishlab chiqishda olingan axborotlardan faol ravishda foydalanish uchun ularni turli xil yo'nalishlar bo'yicha tizimlashtirish va tahlil qilish kerak. Bugungi kunga kelib, allaqachon korxona resurslarini rejalashtirish dasturlari mavjud, ular shartnomalar bo'yicha axborotlarga operativ ishlov berish dasturlari deb ham ataladi. Bu dasturiy ilovalar xaridorlar uchun buyurtmalar, hisob-fakturalar, jo'natilgan va qaytarilgan mahsulotlar hamda tijorat operatsiyalarining boshqa parametrlarini kuzatib borish va nazorat qilish imkonini beradi. Axborotlar bazasida joylashtirilgan barcha axborotlardan butunlay kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tezkor hisobotlarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. An'anaviy marketologiya vositalari qatoriga elektron pochta orqali so'rovlar, veb-sahifadan foydalanishni kuzatib borish fayllari (tashriflarni tahlil qilish, mahsulot bo'yicha so'rovlarning statistik hisobotlari, “tashrif buyuruvchilar” izoh va mulohazalari sahifalarini ko'rib chiqish, tez-tez so'raladigan savollar fayli), veb-so'rovnomalar shakllari, tarmoq bo'yicha axborotlarni tarqatish va yig'ish tarmog'ini shakllantirish, reyting tizimlarini joriy etish, interfaol konferentsiyalar va shu kabilar bilan to'ldiradi. Haqiqiy va rejalashtirilgan iste'molchilar to'g'risida axborot to'plash rejasini shakllantirish bilan birga marketologlar axborotlarning maxfiyligini ham ta'minlashi kerak.
Internetning interfaol imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda, reklama
to'g'risidagi axborot paketlarini ishlab chiqishda tarmoqdagi reklama axborotlarini qabul qilishning “majburiy” va “faol” shakllarining o'ziga xos xususiyatlari va farqlarini aniqlab olish talab qilinadi. Loyihani iste'molchi uchun yanada jozibali qilish uchun Internetda mahsulotlar to'g'risida ko'proq axborot taqdim etish, katalogni ko'rish va buyurtma
berish imkoniyatlarini bir dasturiy ilovada birlashtirish, tegishli mahsulot va xizmatlarni taklif qilish maqsadida kataloglarda iste'molchilarning murojaatlarini kuzatib borish, mahsulot omborda mavjud bo'lmagan mahsulot o'rniga boshqa mahsulot taklif qilish, iste'molchiga buyurtmalarni bajarish jarayonida “hamrohlik qilish” imkoniyatini berish, sotish va to'lash tizimini imkon qadar soddalashtirish maqsadga muvofiq.
Elektron tijorat bozorida faoliyat yuritish va eng so'nggi texnologiyalar asosida kompaniya faoliyatining barcha yo'nalishlarini takomillashtirishga doimiy ravishda tayyor turushini intilishni talab qiladi, chunki uzluksiz taraqqiyot va moslashish xususiyati elektron biznes yuritish samaradorligi, shu bilan bir vaqtda, murakkabligi sabablaridan biri hisoblanadi.
Elektron tijoratning jahon tajribasi shuni tasdiqlaydiki, kompaniya ichidagi ish jarayonlarini qanday tashkil etilganligi bu bozorga kirib kelayotgan kompaniya duch keladigan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu kompaniya xodimlari faoliyatida axborot-tahliliy jarayonlar ahamiyatining ortib borishi bilan bog'liq. Shu nuqtai nazardan elektron tijorat bozorida faoliyat yuritadigan kompaniyaning boshqaruv tizimi tomonidan kompaniya ichki tashkil etilishiga qo'yiladigan talablar, biznes-jarayonlarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, xodimlar soniga qo'yiladigan talablar ko'rib chiqiladi.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyotda biznes yuritishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 2,86 Mb.