|
D. X. Suyunov
|
bet | 50/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburG2C (Government-to-Citizens). So'nggi
yillarda ommabop Elektron tijorat shakli bo'lgan “Hukumatdan fuqarolarga” modeli hukumat
axborotlariga onlayn-servislar orqali kirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Masalan, soliqlar va jarimalarni to'lash, tijorat faoliyatining loyiha va shakllarini ro'yxatdan o'tkazish, ruxsat olish va boshqalar. Fuqarolarning axborotli qo'llab-quvvatlash aynan shu ham ushbu toifaga tegishli, ekanligidan G2C sohasini to'liq tijorat sohasiga tegishli bo'lmaydi.
C2B (Consumer-to-Business). “iste'- molchidan kompaniyaga” modeli elektron tijoratning qiziqarli turi bo'lib, unda mahsulot va xizmatlar narxini mijozning o'zi belgilaydi. Ya'ni, xaridorlar taklif etilayotgan mahsulotni sotib olish narxini ovoz berish yo'li bilan aniqlaydi. Biroq, yakuniy “sotish yoki sotmaslik” qarori mahsulot
egasi tomonidan qabul qilinadi. C2B tizimida sayt yoki boshqa har qanday elektron maydon potentsial xaridor tomonidan shakllatirilgan narxlari uchun sotuvchilarni qidiradigan vositachi-broker vazifasini bajaradi.
G2G (Government-to-Governmen). “Huku- matdan hukumatga” modelidagi elektron tijorat sohasi davlat idoralarining bir-biri bilan amalga oshiriladigan ishbilarmonlik aloqalarini nazarda tutadi: mahsulotlar yetkazib berish, xizmatlar
ko'rsatish va shu kabilar. Bunday o'zaro hamkorlik onlayn-texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.
B2P (Business-to-Partners) yoki
B2L (Business-to-aLLiance). Bu xizmat va mahsulotlarni yetkazib beruvchilar, bitta tarmoqning filiallari, hamkor tashkilotlar yoki uchinchi tomon kompaniyalar o'rtasidagi tijorat munosabatlarini aniqlab beradi.
B2E (Business-to-Employee). Xodim bilan o'zaro munosabatlar sohasi ham tijoratlashtirilishi mumkin. Elektron tijoratning “biznesdan xodimga” modeli biznes jarayonlari va korporativ masalalarni boshqarish uchun turli avtomatlashtirish tizimlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Bunday tizimlar global tizimga himoyalangan kanallar orqali chiqish imkoniyatiga ega bo'lgan intranet ichki korporativ tarmoqqa birlashtiriladi.
|
| |