• Mualliflik huquqi.
  • Kapitalning elektron harakatlanishi
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet58/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Axborot xavfsizligi. Tarmoqdagi onlayn-savdo va biznes foydalanuvchilar, xaridorlar va tijorat faoliyati ishtirokchilariniing axborotlari maxfiyligining yuqori darajadagi kafolatini talab qiladi. Firibgarlikka qarshi kurashning sertifikatlash, avtorlashtirish va boshqa variantlari faol ravishda joriy etilmoqda.

  • Mualliflik huquqi. Mulk huquqini himoya qilish Internet tarmog'ida avvaldan mavjud bo'lgan muammo. Elektron tijoratda dasturiy ta'minot, mahorat darslari, kitob va boshqa intellektual mahsulotlarning ruxsatsiz o'g'irlab olingan nusxalari - bularning barchasi butun dunyoga xos bo'lgan muammo bo'lib qolmoqda.

    Elektron tijoratning biznes-operatsiyalarni ta’minlovchi asosiy


    tashkiliy elementlari:

    1. Axborotlarni elektron almashinuvi (Electronic Data Interchange EDI) - “xaridor va sotuvchilar o'rtasidagi standartlashtirilgan biznes-hujjatlarni (buyurtma va schyot-faktura) kommunikatsiyada raqamli vositalardan foydalanish bilan” axborotlar almashinuvi. Elektron axborotlar almashinuvning asosi - standartlashtirish bo'yicha Xalqaro tashkilot (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan axborotlarni formatlash va uzatish standartlari hisoblanadi.

    Xususan, axborotlar almashish EDIFACT (ISO 9735) “Boshqaruv, savdo va transportda elektron axborotlar almashish” standarti bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, ГОСТ 6.20.1-90 (Rossiya), ANSI X.12 (AQSh) kabi regional standartlar ham mavjud, Elektron axborotlar almashish savdo hamkorlar o'rtasidagi hujjat aylanishi oqimini birlashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatolar sonini qisqartirish va axborot oqimini avtomatlashtirish imkonini beradi. EDI standartlari o'zida savdo biznesining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir hujjat uchun zarur elementlarni (masalan, schyot-fakturani) tanlashi mumkin bo'lgan standart qiymatlar ro'yxatini ifoda etadi.

    1. Kapitalning elektron harakatlanishi pul mablag'larini elektron almashish yoki bir hisobdan boshqasiga pul o'tkazmalarini (EFT- Electronic Funds Transfer) o'tkazish. Elektron tijoratda EFT elektron pul transformatsiyalarini olib borishi bilan bog'liq. EFT mexanizmi pul transaksiyalari va ular bilan bog'liq axborotlarga ishlov beradigan serverlar o'rtasida axborot almashishni o'z ichiga oladi.

    Bunday axborotlar almashishga Xalqaro banklararo hisob-kitoblar SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications) tizimini misol sifatida keltirish mumkin. Elektron tijoratda bunday tizimlar nafaqat banklararo, balki, boshqa moliyaviy yo'nalishga taalluqli bo'lgan har qanday boshqa ko'rinishdagi to'lovlarni amalga oshirish uchun ham qo'llaniladi. Kapitalning elektron oqimini tranzaksiyalar (debet, kredit) tarkibi, ularni qo'llash sohasi (masalan, biznes operatsiyalari) yoki operatorlar ko'rinishi (banklar, provayderlar) bilan tasniflash mumkin. Shu bilan birga, “virtual tashkilotlar” (masalan, virtual pul almashish servislari) ham tranzaksiya operatorlari sifatida ishtirok etishlari mumkin.


    1. Download 2,86 Mb.
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151




    Download 2,86 Mb.