• Integratsiya imkoniyatlari
  • Xavfsizlikni ta’minlash
  • B2B sektorida elektron savdoni amalga oshirish




    Download 2,86 Mb.
    bet60/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    B2B sektorida elektron savdoni amalga oshirish


    Har qanday B2B maydonnini yaratishda muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo'lgan bir qator muhim jihatlarni hisobga olish zarur:

      1. Yangi ishtirokchilarni qo'shilishi.

      2. Ko'lamlanuvchan va ishonchli platforma. Tizimda yangi ishtirokchilar paydo bo'lishi va yangi dasturlarning qo'shilishi saytning ishlashiga umuman ta'sir ko'rsatmasligi kerak.

      3. Portalni axborotlar bilan to'ldirib borilish sifatini boshqarish.

      4. Integratsiya imkoniyatlari. B2B maydoni elektron tijoratning tranzaksiya tizimlaridan tortib yetkazib berish zanjirini va kompaniyalar o'rtasidagi biznes hamkorlikni qo'llab-quvvatlashga qadar bo'lgan barcha turlarini qo'llab-quvvatlashi kerak. B2B platformasidagi biznes- jarayonlarning ERP tizimi biznes-jarayonlari bilan uning ishtirokchilari o'zaro hamkorligi tizimlarini ta'minlashi integratsiyaning muhim jihati hisoblanadi Bunday integratsiya ishtirokchi-kompaniyaga ichki resurslarni rejalashtirish va boshqarishni optimallashtirishga yordam beradi, B2B saytining tashkilotchilari esa real vaqt tartibida tashqi dasturlardan axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

      5. Xavfsizlikni ta’minlash. B2B saytining ishlab chiquvchilari to'lovlar va iqtisodiy-moliyaviy ahamiyatga ega axborotlarni uzatilishida xavfsizlikni ta'minlashi kerak.

      6. Analitik xizmatlar. B2B platformasi ishtirokchilarga nafaqat zarur ishbilarmonlik axborotlarini taqdim etishi, balki uni tahlilini ham qilishi kerak.

      7. Qo’shimcha xizmatlar. Qo'shimcha foyda olish va yangi mijozlarni jalb qilish uchun B2B platformasi bir qator qo'shimcha xizmatlarni taklif qilishi mumkin: kim oshdi savdosi, turli moliyaviy xizmatlar (masalan, bir oy uchun to'lovlarni kiritish yoki birlashtirish), logistika xizmatlari va boshqalar.

    B2B modeli quyidagi sxemalarda amalga oshiriladi:

        • elektron savdo maydonlari (savdo kontsentratorlari, e- marketplace);

        • elektron savdo omborlari (savdo va ta'minot tizimlari, e- procurement).

    Savdo kontsentratori modelini amalga oshirish saytda xaridorlar va sotuvchilarning "hamdo'stligi" ni tashkil qilishni nazarda tutadi. Sotuvchilarga o'z mahsulotlarini reklama qilish uchun maxsus joylar ajratiladi, xaridorlarga esa yangiliklar, mahsulot xususiyatlari tavsiflari va boshqa shu kabi axborotlarni olish uchun ular bilan o'zaro hamkorlik qilish imkoniyati beriladi. Savdo markazlari gorizontal bo'lishi mumkin, ya'ni, ko'plab sanoat tarmog'i sotuvchi va xaridorlarini qo'llab- quvvatlash, shuningdek, diognal, ya'ni, aniq bir toifadagi xaridor va sotuvchilarni yoki ko'plab tarmoqlardagi mahsulotlarning ayrim toifalarini qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi mumkin. Bunday platforma vositachi vazifasini bajaradi.
    Elektron savdo omborlari – moddiy-texnik ta'minot xaridlarini
    amalga oshirish uchun universal joy hisoblanadi. Ko'plab yetkazib beruvchilarning kataloglari bitta joyda va bitta formatda taqdim etiladi. Mahsulot guruh va toifalari to'g'risidagi axborotlar real vaqtda namoyish etiladi va yuz minglab nomdagi mahsulotlarni o'z ichiga olishi mumkin.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   151




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B2B sektorida elektron savdoni amalga oshirish

    Download 2,86 Mb.