• Elektron pullar (e-cash)
  • Elektron marketing (e-marketing)
  • Elektron banking (e-banking)
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet59/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Elektron savdo (e-trade) – mahsulot xarid qilish (sotish), hamda to'lovlar ham amalga oshiriladigan Internet tarmog'ida savdo operatsiyalari va bitimlar olib borish. Elektron tijoratdagi operatsiyalar mahsulotni tanlash, buyurtmani tasdiqlash, to'lovni qabul qilish va yetkazib berishni ta'minlashni o'z ichiga oladi.

    Odatda, bu funksiyalarni amalga oshirish to'g'ridan-to'g'ri sotuvchilar tomonidan amalga oshirilmaydi, balki vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi provayderlar (sorserlar) tomonidan ta'minlanadi. Bundan tashqari, to'lovni amalga oshirish va yetkazib berish jarayoni Internetdan foydalanish bilan bog'liq bo'lmasligi mumkin (masalan, pochta yoki transport kompaniyasi orqali yetkazib berish). Elektron savdoning hozirgi rivojlanish munosabatlari mahsulotlarni sotish siklining barcha bosqichlarida Internetdan faol foydalanishga bosqichma-bosqich o'tish jarayonlari ketaayotganligini ko'rsatadi.

    1. Elektron pullar (e-cash) emitentning vakolatli tashkilot oldidagi elektron ko'rinishidagi pul majburiyatlari. Elektron pul bir vaqtni o'zida ham to'lov vositasi, ham, emitentning majburiyati hisoblanadi. Uning afzalligi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi tezligi, kamchiligi esa qo'llash sohasining cheklanganligi. Elektron pullarni oddiy pulga faqat uning egasi va emitent o'rtasidagi o'zaro munosabatlar doirasida o'tkazish mumkin.

    To'lov tizimlarida elektron pullardan foydalanish foydalanuvchilarning to'lov axborotlarini saqlashga imkon beradigan onlayn-tranzaksiya xizmatini taqdim etadigan elektron hamyon mavjud bo'lishini ko'zda tutadi. Plastik kartalarning barcha xususiyatlariga ega, ammo ularni to'ldirish imkoniyatini bermaydigan oldindan to'langan plastik kartalar elektron pulning turli ko'rinishlardan biridir.

    1. Elektron marketing (e-marketing) bozorni tahlil qilish va Internetda mahsulotlarni harakatlantirish bilan bog'liq marketing tadbirlari majmuasi hisoblanadi. Odatda elektron marketing tarmoqda marketing axborotlarini joylashtirilishi (saytlar, bloglar, reklama va boshqalar) va joylashtirilgan tarkibni boshqarishni (veb-dizayn, veb dasturlash va veb- ma'muriyat) ta'minlaydi.

    Ammo, agarda elektron marketingni Internetda mahsulot va xizmatlarni harakatlantirish bilan bog'liq faoliyat deb qaralsa, an'anaviy
    marketingning barcha elementlariga egaligini ko'rish mumkin. Tarmoq savdosining noma'lum hududda nomalum iste'molchilar doirasi bilan o'zaro hamkorligiga yo'naltirilganligi elektron marketingni Internetda mahsulotlarni harakatlantirishning tengi yo'q vosita darajasiga olib chiqadi.
    Elektron banking (e-banking) Internet orqali mijozning hisob- varaqlari va operatsiyalariga kirish amalga oshiriladigan masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish texnologiyasi. O'zbekistonda bunday texnologiya “mijoz-bank” tizimi deb nomlanadi va hozirgi kunda O'zbekistondagi barcha banklar faoliyatiga keng joriy etilgan.



      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151




    Download 2,86 Mb.