• Buklet-sayt yoki kompaniyaning taqdimot sayti.
  • Peshtaxta-sayt (Internet peshtaxtasi, veb-peshtaxta).
  • Internetdagi korporativ va virtual korxonalar




    Download 2,86 Mb.
    bet67/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Internetdagi korporativ va virtual korxonalar


    Quyida kompaniya veb-sayt imkoniyatlari keltirilgan.
    Tashrif-sayti. Kompaniya nomi, aloqa axborotlari, logotip, umumiy axborotlar va faoliyat sohasi to'g'risidagi axborotlar, rahbariyat to'g'risidagi axborotlar mavjud bo'ladi. Tashri-saytining maqsadi kompaniya faoliyatini har tomonlama yoritishdan iborat.
    Buklet-sayt yoki kompaniyaning taqdimot sayti. Internetda ishtirok etishning bu ko'rinishi tashrif-sayti kabi keng tarqalgan. Odatda,
    bu kompaniya bukletini (profayl, yillik hisobot va boshqalar) Internetga joylashtirish. Saytda kompaniya, yangiliklar, voqealar, mahsulotlar tavsiflari to'g'risidagi axborotlar mavjud bo'ladi. Unda kompaniya xodimlari bilan bog'lanish shakllari va elektron pochta orqali kompaniya yangiliklarini olish uchun obuna bo'lish shakllari kiritilgan bo'lishi mumkin. Taqdimo-sayti va tashrif-sayti korporativ vakolatxonaning eng oddiy variantdagi ko'rinishi hisoblanadi.Maqsadlari - kompaniya va uning eng qiziqarli takliflari to'g'risida batafsilroq axborot berish, shuningdek, auditoriyaning savollariga javob berish va an'anaviy aloqa kanallaridan tushayotgan keraksiz yuklanishni olib tashlashdir.
    Promo-sayt. Bu ma'lum bir mahsulot, xizmat, brend yoki hodisani
    reklama qilishga qaratilgan internet-resursdir. Promo-saytlar ko'pincha reklama aktsiyasiga parallel tarzda ishga tushiriladi, unga qat'iy bog'langan va reklama kompaniyasining axborot ta'minoti manbai hisoblanadi. Promo-saytlar matnli to'ldirishdan tashqari, mahsulot va uning afzalliklarini aniq ko'rsatadigan ko'plab interaktiv taqdimotlar va demo-roliklarni o'z ichiga oladi.
    Peshtaxta-sayt (Internet peshtaxtasi, veb-peshtaxta). Bundan oldingi tizimlarning imkoniyatlari, mahsulotlarning (xizmat) batafsil kataloglari, prays-sahifalar mavjud bo'ladi. Bunday saytlarda kompaniya yangiliklari, ishlab chiqaruvchilar to'g'risida qo'shimcha axborotlar, maslahatlar, analitik sharhlar va shu kabilar chop etiladi. Bunday sayt manfaatga ega mahsulot va xizmatlar to'g'risidagi boshqa axborot manbalariga nisbatan to'liqroq bo'lgani uchun mavjud mijozlar buyurtmalarining soni va hajmini oshirishi mumkin. Sayt mahsulot masalalari yoki axborotlar bazasi bilan forumni o'z ichiga olishi mumkin. Internet peshtaxtasi - reklama, mahsulot uchun arizalarni to'plash va marketing so'rovlarini o'tkazish, iste'molchilarning fikr-mulohazalarini qo'llab-quvvatlashning samarali vositasi hisoblanadi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   151




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetdagi korporativ va virtual korxonalar

    Download 2,86 Mb.