• Axborotni joylashtirish.
  • Mahsulotlarni sotib olish / sotish
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet65/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Xaridlarni boshqarish tizimida ruyxatdan o’tish. Xaridorlar va sotuvchilar tizimda ro'yxatdan o'tadi, ya'ni ular o'z rekvizitlarini ko'rsatadi, shundan so'ng noyob identifikator va parol oladi. Odatda, ro'yxatdan o'tish bosqichida savdo tizimining ishtirokchisi va uning provayderi o'rtasida tizimda o'rnatilgan savdo qoidalariga rioya qilish va kelishilgan shartlarda pullik xizmatlar ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuziladi.
    Axborotni joylashtirish. Tizim katalogidan foydalangan holda foydalanuvchilar tegishli bo'limlarda mahsulotlarga bo'lgan talablar yoki ularni yetkazib berish bo'yicha takliflar to'g'risida axborot berishdi.
    Axborot qidirish. Katalog daraxti xarakatlanishi orqali qo'lda yoki mahsulotlarning talab qilinayotgan xususiyatlarini (nomi, narx chegarasi va boshqalarni) ko'rsatish va ularning ro'yxatini olish orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Axborot olishning eng samarali usuli bu elektron pochta orqali yetkazib beriladigan axborotlarga obuna bo'lishdir. Shu bilan birga, foydalanuvchi mahsulotning talab qilinadigan xususiyatlarini ko'rsatadi va katalogdagi har bir ahamiyatli o'zgarishlarda (ko'rsatilgan xususiyatlarga mos keladigan mahsulotning paydo bo'lishi yoki yo'qligi) kerakli axborotlar yetkazib beriladi.
    Mahsulotlarni sotib olish/sotish. Uchta bir-biridan tubdan farq qiluvchi variantlar bo'lishi mumkin: katalogdan ma'qul kelgan taklifni aniqlash, sotuvchilar tomonidan e'lon qilingan savdolarda ishtrok etish yoki sotib olish uchun o'z tenderlarini e'lon qilish.
    Oxirgi variantda xaridor elektron tijorat tizimi orqali potentsial sotuvchilarning (yetkazib beruvchilarning) cheklanmagan (ochiq savdo) yoki cheklangan (yopiq savdo) doirasini aniq bir shartlarda (savdo o'tkazish davri, minimal va istalayotgan narx, boshqa shartlar) mahsulot partiyasini sotib olish niyati to'g'risida xabardor qiladi. Shundan so'ng (belgilangan muddat o'tishi bilan yoki kerakli ko'rsatkichlarga erishish) xaridor nuqtai nazaridan eng yaxshi bo'lgan taklifni qabul qiladi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   151




    Download 2,86 Mb.