|
B2B sektori savdo va xizmatlari o’z ichiga quyidagi o’ziga xos
|
bet | 61/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburB2B sektori savdo va xizmatlari o’z ichiga quyidagi o’ziga xos
xususiyatlarni oladi:
sotib oluvchi kompaniyalar doimiy tarzda bozor va undagi so'nggi tendentsiyalar monitoringini olib borgani sababli sotib olayotgan mahsulotlari to'g'risida bozordagi mukammal axborotlarga ega bo'ladi. Bundan tashqari, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan materiallardan yakuniy mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan kompaniya ham ishlab chiqarishga yetkazib berilayotgan materiallar sifati bilan bog'liq barcha axborotlarga ega bo'ladi;
B2B sohasida narxlar maxsus ko'rinishda shakllanadi - bu erda strategik va o'zaro manfaatli hamkorlik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun, turli mijozlar uchun mahsulot yoki materialning narxi turlicha shakllanishi mumkin;
xaridor tomonidan buyurtma qilinadigan partiyalar mahsulotning hajmi va miqdori bilan farq qiladi. Bu har doim ulgurji yetkazib berishdir;
mahsulotlarga talab elastik emas va har doim tashqi iqtisodiy omillar ta'sirida bo'ladi. Talabga xaridorlarning xohishiga qaraganda mamlakatdagi yoki mintaqalardagi umumiy iqtisodiy vaziyat ko'proq ta'sir ko'rsatishi mumkin;
B2B sektorida bu ko'pincha o'zaro manfaatli bitimlar tuzishga olib keladigan kompaniya vakillari o'rtasidagi muzokaralar - savdo mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri harakatlantirishning eng samarali usuli hisoblanadi;
savdo sohasidagi hamkorlar o'rtasidagi munosabatlar doimo ishonch va barqaror yetkazib berishga asoslanadi. Iste'mol mahsulotlaridan farqli o'laroq, B2B bozorida bu kompaniyaning karital qiymati yoki brendi emas, balki, uning obro'si va tavsiya etadigan ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Qurilish tarmog'i, oxirgi foydalanuvchilar uchun mahsulot ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalar, avtomobilsozlik sohalarini B2B biznesga ajoyib namuna sifatida keltirish mumkin.
Bir vaqtning o'zida B2B va B2C bozorlarida faoliyat olib borayotgan mebel fabrikasi eng oddiy misol bo'lishi mumkin. Keyinchalik stol, stul, divan va boshqa mebellar ishlab chiqariladigan materiallarni sotib oladigan B2B, va undagi yog'ochni qayta ishlash zavodlari B2B sotuvchilari hisoblanadi. Ammo mebel allaqachon ishlab chiqarilgan bo'lsa va u jismoniy shaxslarga sotish uchun mebel salonlariga yetkazib berilsa, bu B2C bozori hisoblanadi.
|
| |