D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet69/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151
Bog'liq
bobur

Virtual korxonalar. Virtual korxona - asosan elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda, qo'shma ishlab chiqarish jarayonida o'zarohamkorlikda bo'lgan geografik jihatdan ajratilgan iqtisodiy sub'ektlarni birlashtiradigan korxona hisoblanadi.
Tijorat korxonalarining yangi tarmoq shakllarini yaratishda ularning ishlab chiquvchilari elektron tijoratning quyidagi asosiy afzalliklariga e'tibor qaratadi:

  • geografik omilning ta'sirini bartaraf etilishi - deyarli istalgan joydan Internetga ulanishning kichik xarajatlari geografik uzoq masofadagi kontragentlar bilan iqtisodiy jihatdan hamkorlik qilishda imkon beradi;

  • virtual korxonaning axborot maydonini yaratish - deyarli har qanday hajmdagi jamoalar uchun axborot resurslaridan birgalikda foydalanishni ta'minlash resurslardan foydalanish samaradorligini sezilarli

darajada oshirish imkonini berdi, barcha xodimlarning tashkilotning ichki axborot muhitini shakllantirishda ishtirok etishiga imkon yaratdi;

  • firma ichidagi muvofiqlashtirish - qabul qilinayotgan qarorlarning aniqligini oshirish, ularni amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar faoliyatini samarali muvofiqlashtiradish. Turli ijrochilar guruhlari uchun ishlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish sifatini oshirish va takomillashtirish ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini o'zgartirdi: ishni bajarishda mavsumiy ishchilarni yollash yoki uchinchi tomon kompaniyalarga topshirish xodimlarni ushlab turishdan ko'ra ko'proq foydali bo'ldi.

  • Axborot iqtisodiyotida virtual korxonalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lgan ko'plab biznes-jarayonlar mavjud. Bu jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari:

    • - fragmentlashganlik - jarayonni amalga oshirishda ijrochilarning mas'uliyati va vakolatlarini tez-tez o'zgartirish;

    • - yangilik va norasmiylik;

    • har bir ijrochida butun jarayon to'g'risidagi to'liq axborotni mavjud bo'lmasligi;

  • - jarayonni nazorat qilish nuqtalarining yetishmasligi yoki ortiqchaliligi;

  • axborot ta'minotining samarasizligi.

Virtual korxonalar korxonalarning yangi tashkiliy shakllaridan biridir. Korxonani tashkil etish va boshqarishning bu shakllarining rivojlanishiga bozorlarning globallashuvi, raqobatning o'sishi, iste'molchilar bilan barqaror munosabatlar imkoniyatlarini oshirish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni shaxsiylashtirish kabi zamonaviy bozorlarning rivojlanish tendentsiyalari katta ta'sir ko'rsatdi.
Ba'zi mualliflar virtual korxonalarni “tarmoq korxonalari” deb atashadi. Marketing nuqtai nazaridan, virtual korxona maqsadi - turli hamkorlarning resurslarini yagona tizimga birlashtirgan holda iste'molchilarning mahsulotlarga (xizmatlar) bo'lgan talab va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish orqali foyda olishdir. Virtual korxonalar, odatda, “o'rtacha” xaridor yoki bozor segmenti talab va ehtiyojlarni qondirish uchun emas, balki alohida iste'molchilarning individual talablarini qondirish uchun yaratiladi.
An'anaviy korxonalar amaliy nuqtai nazardan, bozorga yangi mahsulotni ishlab chiqish va amalga oshirish katta resurslarni jalb qilishni talab etadi. Aksincha virtual korxona bu faoliyatni birgalikda tashkil etish va amalga oshirish uchun tegishli resurslar, bilim va qobiliyatlarga ega bo'lgan yangi hamkorlarni izlaydi. Shu bilan birga, bozorda raqobatbardosh ustunlikka erishish uchun yetarli resurslarga ega bo'lgan korxonalar (tashkilotlar, individual jamoalar, odamlar) tanlanadi.
Odatda, hamkorlik muayyan muddatga yoki ma'lum bir natijaga erishishdan oldin (masalan, buyurtmani bajarilishi) amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, hamkorlik vaqtinchalik va mahsulotning hayotiy siklli jarayonining muayyan bosqichlarida yoki bozor holati o'zgarganda tarmoqqa yangi hamkorlarni jalb qilish yoki avvalgilarini chiqarib tashlash mumkin.
Tabiiyki, hamkor korxonalar butun tarmoqning samarali ishlashi uchun rejalashtirilgan xo'jalik jarayoniga asoslangan bo'lishi kerak. Ko'p sonli, shuningdek, geografik jihatdan tarqoq bo'lgan korxonalarni birlashtirishda faqat yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash asosida yagona tarmoq axborot tizimidan foydalanish orqali biznes jarayonning izchilligiga erishish mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, global iqtisodiy makonda taklif etilayotgan eng yaxshi resurslardan (axborot, moliyaviy, moddiy, intellektual) tanlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini virtual korxonalarning asosiy afzalligi sifatida ta'kidlash mumkin.
Quyidagilar virtual korxonalarning xarakterli xususiyatlari hisoblanadi:

  • ochiq taqsimlangan tuzilish;

  • moslashuvchanlik;

  • mobillik;

  • gorizontal aloqalar ustuvorligi;

  • korxona ishtirokchilarining nisbatan avtonomligi va tor ixtisoslashuvi;

  • yuqori maqomdagi axborot va kadrlar integratsiyasi.

Bunday tashkilotning eng muhim afzalliklaridan biri - yangi biznesni boshlash uchun boshlang'ich kapital miqdorini keskin qisqartirilishi, chunki zarur resurslarning aksariyat qismi shartnoma
asosida jalb qilinadi va sarflanganligiga qarab to'lanadi. Yana bir afzalligi navbatdagi loyihaga tayyorgarlik ko'rish uchun zarur bo'lgan vaqtni sezilarli darajada qisqatirilishi.
Shubhasiz, virtual korxona faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun mos boshqaruv yondashuvlari ham talab qilinadi. Virtual biznesni tashkil etishga ixtisoslashgan tashkilotlar ko'proq o'zlarining kontragentlar-ijrochilar resurslarini jalb qilish, muvofiqlashtirish va boshqarishga e'tibor qaratishlari zarur bo'ladi.
Bunga asosan, umumiy ma'noda virtual korxona boshqaruvining asosiy funksiyalarini hamkorlar tarmog'i sifatida shakllantirish mumkin:

  • loyiha talablarini (masalalarni) aniqlash;

  • mumkin bo'lgan hamkorlarni (ijrochilarni) topish va baholash;

  • vazifalarga optimal mos keladigan ijrochilarni tanlash;

  • ijrochilarni jalb qilish va ishlarni taqsimlash;

  • hamkorlarning faoliyatini doimiy nazorat qilish va boshqarish shu jumladan, hamkorlar o'rtasida zarur bo'lgan resurslar va vazifalarni qayta taqsimlash.

Yuqorida sanab o'tilgan afzalliklar bilan bir qatorda, virtual korxonalar ham bir qator kamchiliklarga ega:

  • korxona ishtirokchilarining tor ixtisoslashuvi bilan bog'liq bo'lgan hamkorlarga ortiqcha iqtisodiy bog'liqlik;

  • klassik uzoq muddatli shartnoma shakllari va oddiy mehnat munosabatlaridan voz kechilishi natijasida ijtimoiy himoya va hamkorlarni moddiy qo'llab-quvvatlashning amaliy yetishmasligi (jismoniy shaxslar bilan o'zaro munosabatlar holatida) ;

  • korxona ishtirokchilarining turli ko'rinishdaligi tufayli xaddan ortiq murrakablashib ketish xavfi, unda hamkorlik munosabatlari, o'z- o'ziini tashkil qilish dinamikasining tushunarsizligi, ishtirokchilar uchun rejalashtirishni noaniqligi va boshqalar.

Boshqacha qilib aytganda, virtual tashkiliy shakllarning printsiplari ishtirokchilar avtonomiyasi va ishlab chiqarish jarayonining shaffofligi pasayishini oldindan belgilab beradi. Ko'rinib turibdiki, tajribadan o'tan tashkiliy va boshqaruv tamoyillaridan voz kechilishi uni o'rnini bosuvchi shaxslarni talab qiladi. Hozirgi kunda bu faoliyat turining o'ziga xos xususiyatlarini tartibga solish uchun qonuniy asoslar mavjud emasligi
sababli, virtual korxonalar ba'zi hollarda odob-axloq qoidalari, o'zaro ishonchni yaratish va shu kabilar bilan cheklanadi.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151




Download 2,86 Mb.