|
D. X. Suyunov
|
bet | 71/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburVenchur akseleratorlar - quyidagi sohalarda ishni boshlayotgan korxonalarga yordam ko'rsatadigan servis kompaniya:
biznes-rejani tayyorlash, marketing va loyiha o'rnini aniqlash, bozorga olib chiqish bo'yicha konsalting xizmatlari;
potentsial investorlarni bu korxonalar bilan tanishtirish jarayonida yordam berish;
boshlang'ich kompaniya uchun zarur bo'lgan va o'z ulushlari bilan to'laydigan boshqa xizmat turlari
5.2-rasm. Venchur inkubatorlarning asosiy funksional tizimlari
Venchur portal - tajribali Internet-tadbirkorlar, maslahatchilar va investorlarni birlashtiradigan internet-sayt. Bu sayt tadbirkorlarga o'z biznes rejalarini investorlarga taqdim etish, ularga yakuniy ishlov berish yordam olish va investorlarga esa investitsiya kiritish uchun qulay imkoniyatlarni topish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, venchur portali investitsiya jarayonining subekti hisoblanmaydi.
Tarmoqli inkubatorlar, odatda, o'zida venchur fondlar va boshqaruv kompaniya kombinatsiyasini ifoda etadi. Ko'pincha strategik investor sifatida qatnashib mustaqil tarzda ikkinchi-uchinchi darajadagi salmoqli investitsiyalarni mustaqil tarzda amalga oshirish xususiyatiga ega.
Vertikal yoki tarmoq inkubatorlari - bir xil vertikal bozordan biriga tegishli mobil tijorat bozoriga o'xshash kompaniyalarni “tenglashtirish”ga ixtisoslashgan inkubatorlar.
Yopiq inkubatorlar tashkilotchi kompaniyaning ichki g'oyalariga yo'naltirilgan bo'ladi. Ko'pincha, bu guruhga yirik transmilliy korporatsiyalar ishtirokida yaratilgan inkubatorlar kiradi. Bunday inkubatorlar ichki g'oyalari asosida bu korporatsiyalar tarkibida paydo bo'lgan kompaniyalarni rivojlantirish bilan shug'ullanadi.
Inkubator da'vo qilayotgan kompaniya aktsiyalari paketining taxminiy hajmi asosan, uni qaysi toifaga tegishli bo'lishiga bog'liq. Venchur inkubatorlar odatda 25 dan 60 foizgacha bo'lgan oraliqda ishlaydi. Tarmoqli inkubatorlar singari venchur akseleratorlar odatda 5 dan 25 foizgacha bo'lgan oraliqqa ega bo'ladi.
Akselerator va tarmoq inkubatorlari o'rtasidagi asosiy farq aksariyat hollarda akseleratorlarda aktsiyalarning qolgan ulushi kompaniya yoki loyiha menejerlariga tegishli bo'ladi. Tarmoqli inkubatorlarda aktsiyalarning muhim qismi odatda bir nechta sarmoyadorlar o'rtasida taqsimlanadi va erkin bozorda sotiladi, kompaniya menejerlari esa kam aktsiyalarga egalik qiladi.
Venchur portallarning biznes modeli ko'pincha servisga kirish uchun to'lovlarning abonentlik shakllarini o'z ichiga oladi.
Umumiy yondashuv shundan iboratki, inkubatsiya boshlanishiga qadar loyiha qanchalik rivojlantirilgan bo'lsa, unga ko'proq sarmoya kiritish mumkin bo'ladi va unda inkubator va jalb qilingan investorlar unchalik katta bo'lmagan ulush oladi.
Internet-inkubatorning muvaffaqiyatiga hissa qo'shadigan omillar:
startaplarni tanlash uchun avtomatlashtirilgan tizimning mavjudligini (shu jumladan investitsiya loyihalarining rentabellik, foydalanish, o'zini qoplash va iqtisodiy barqarorligini tahlil qilishning samarali tizimi) o'z ichiga oladi;
biznesni boshqarish va buxgalteriya hisobini tashkil qilish sohasida onlayn maslahat xizmatlarining mavjudligi;
potentsial investorlar bilan yaqin aloqada bo'lish va investitsiya uchun xususiy moliyaviy resurslarining mavjudligi;
texnologik infratuzilma va malakali kadrlarning mavjudligi;
tadbirkorlarni o'qitish va ta'lim kurslaridan foydalanish
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, umuman venchur investor va internet-inkubator amal qilishi kerak bo'lgan asosiy tamoyil, xususan,
venchur investor o'z resurslari kabi juda ko'p pul emas, balki o'z ko'nikma, tajriba, aloqalarini taklif etadigan sheriklik tamoyilidir. Boshlovchi internet-korxonalar internet-inkubatorga mablag' manbai sifatida emas, balki potentsial sherik sifatida qarashlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.
|
| |