|
D. X. Suyunov
|
bet | 74/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur Internet-do’konlar
Savdoni avtomatlashtirish faqat uning ko'lamini o'sishi bilan foydali bo'ladi. Bir nechta xodimlar mijozlar buyurtmasiga qo'lda ishlov berishga ulgurar ekan, ayniqsa mijozlar soni kam bo'lsa, sotuvchiga internet- peshtaxta asosida internet-savdoni tashkil qilish oson bo'ladi. Ammo kuniga yuzlab operatsiyalarni amalga oshirish uchun bu yechimni qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas.
Eng majmuaviy va shu bilan birga amalga oshirilishi qiyin bo'lsa ham internet-do'kon - bu savdo korxonasining: mahsulotlarni tanlash, buyurtmalar berish, o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, buyurtmalar bajarilishini qo'llab-quvvatlash va axborot mahsulotlarini sotish yoki xizmatlar berish holatlarida elektron aloqa tarmoqlari orqali yetkazib berish kabi barcha asosiy biznes jarayonlarini qamrab oladigan internet- savdo tizimi.
Internet-do'konning internet-peshtaxta bilan taqqoslagandagi afzalliklari shundaki, xaridorga shaxsiy xizmat, chegirmalarning moslashuvchan tizimi taklif qilinishi va yetkazib berish narxi, to'lov turi va sug'urta, soliq imtiyozlari hisobga olingan holda darhol hisob-faktura rasmiylashtirish mumkin. Bundan tashqari, xaridor o'z buyurtmasining bajarilishi to'g'risidagi axborotlarni olishi mumkin. Ushbu modeldan elektron tijoratda foydalanish omborlardagi ortiqcha zaxiralarni ushlab turishni sezilarli darajada kamaytirish va shu yo'l bilan oflayn xarid qilish majmualari bilan taqqoslaganda xarajatlarni sezilarli darajada tejashga imkon beradi.
Internet-do'konda buyurtmalarga avtomat tarzda ishlov berilishi
sababli, menejer mijozlarga xizmat ko'rsatishda zarur bo'g'in emas, balki uning asosiy vazifasi tizim ishlashini umumiy boshqarishdan iborat bo'ladi.
Internet-do'konlarda savdo doirasida, profillashtirish texnologiyalari asoslangan mijozlar haqidagi statistik ma'lumotlarni muntazam yig'ish va tahlil qilish asosida shaxsiylashtirish tamoyili qo'llaniladi Bu tamoyilga ko'ra, virtual savdogar mijozlarning afzallik berishini hisobga olinishini
ta'minlaydi. Mijozga individual yo'naltirilgan xizmat va mahsulotlar to'plami, kumulyativ chegirmalar va boshqalar taklif etiladi.
Internet-do'kon barcha internet-sadoni barcha jarayonlari va turli marketing aktsiyalarini to'liq nazorat qilish va boshqarishni talab qiladigan savdo kompaniyasi uchun foydalidir. Internet-do'konni yaratish veb- peshtaxta bilan taqqoslaganda katta miqdordagi bir martalik xarajatlarni talab qiladi, katta hajmdagi mahsulot aylanmasi bilan internet- do'konlardan foydalanishga nisbatan iqtisodiy jihatdan rentabelli hisoblanadi.
Internet-do'kon quyidagi asosiy komponentlarni o'z ichiga oladi:
front-ofis - veb-serverda joylashgan va virtual iste'mol savati, to'lovlarni qabul qilish tizimi, firibgarlikka qarshi tizim bilan taminlangan internet-peshtaxta;
bek-ofis - omborxona, buxgalteriya hisobi, menejmentning axborot tizimlari, buxgalteriya hisobi va buyurtmalar bajarilishini nazorat qilish tizimi
Internet-do'kon quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan:
xaridorlarni ro'yxatdan o'tkazish;
sotilayotgan mahsulotlarning ma'lumotlar bazasiga interfeysni taqdim etish (katalog, prays-sahifa shaklida);
xaridorning elektron savati bilan ishlash;
to'lov usuli, yetkazib berish, sug'urta va hisob-raqamidan ko'chirmani tanlash bilan buyurtmani rasmiylashtirish;
omborda mahsulotlarni zaxiralash;
hisob-kitoblarni amalga oshirish (elektron to'lov usullarini tanlashganda) yoki to'lov tasdig'ini nazorat qilish (an'anaviy to'lov shakllaridan foydalanganda);
xaridorlar tomonidan mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha arizalarni shakllantirish va ularga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
xaridorga buyurtmalar bajarilishini kuzatish vositalarini taqdim
etish;
mahsulotlarni yetkazib berish;
xaridorga onlayn yordam ko'rsatish;
turli marketing ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilish;
xaridorlarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash;
kompaniyaning bek-ofisi bilan avtomat tarzda ma'lumot almashish. Internet-do'kon peshtaxtasi internet-serverlarda joylashgan va faol tarkibga ega veb-saytni ifoda etadi. Internet-do'kon kompaniyaning axborot tizimi bilan doimiy aloqada bo'lganligi sababli, u yoki korxonaning mahalliy tarmog'idagi korporativ serverda yoki doimiy ishlaydigan aloqa kanali bo'lgan masofadagi serverda joylashgan bo'ladi. Kompaniya biznes jarayonlarini to'liq avtomatlashtirish zarurati, bek ofis jarayonlarini boshqarish tizimiga yuqori talablarni qo'yiladi. Bu tizim savdo, omborxona operatsiyalari bilan bog'liq barcha harakatlarni avtomat bajarilishini ta'minlashi, favqulodda vaziyatlarni nazorat qilishning ichki
mexanizmlariga va shu kabilarga ega bo'lishi zarur
Umuman olganda, internet-do'kon front-ofisining ishlashi uchun zarur bo'lgan eng kam tarkibidagi dasturiy apparat qismlariga quyidagilar kiradi.
veb-server (Internetdan kelib tushgan so'rovlarni taqsimlaydi, ma'lumotlarga kirishni cheklashni amalga oshiradi);
ilovalar server (savdo tizimining ishlashini, xususan, internet- do'konning biznes-logikasini boshqaradi);
MBBT-server (mahsulotlar, mijozlar, hisob-kitoblar va shu kabilar to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlash va ishlov berishni ta'minlaydi).
Bu majmuaga to'lov tizimlari, ayrim hollarda yetkazib berish tizimlari ham ulanadi. Kompaniyaning biznes-jarayonlari bilan integratsiyasi uchun internet-do'kon va kompaniyaning ichki avtomatlashtirish tizimi (hujjatlarni boshqarish tizimi, ERP-tizimi va boshqalar) o'rtasida ma'lumotlarni elektron uzatishni shlyuzi tashkil etiladi.
Biznesning foydalanilayotgan modeliga bog'liq holda, internet- do'kon qurish variantlari tubdan farq qiladi. Ikki turdagi variant ajratib ko'rsatiladi:
onlayn-do'kon (an'anaviy savdo tarmog'i mavjud emas);
oflayn biznesni onlayn bilan birlashtirish (internet-do'kon joriy real faoliyatdagi do'kon asosida yaratilganda);
Shubhasiz ikkinchi turdagi do'konlar afzallikka ega. Bunday holda qo'shmaliylik biznesning ikkala turiga ham yangi imkoniyatlar qo'shadi:
Internet-do'kon mavjud chakana savdo do'konlari tarmog'idan yetkazib berish imkoniyatlaridan foydalanadi, tanlangan do'konda mahsulotlarni qabul qilib olish variantini taklif qilishi mumkin, internet- do'konda onlayn-do'kondan farqli o'laroq, mahsulotlarni qaytarilishi muammolari mavjud bo'lmaydii;
oflayn xaridorlar oldindan saytdagi mahsulotlar assortimenti va xususiyatlari bilan tanishib, so'ngra eng yaqin real mavjud do'konga tashrif buyurishlari mumkin.
Tovar zaxiralarining mavjudligiga ko'ra, internet-do'konlarni quyidagilarga ajratish mumkin:
yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar asosida ishlaydiganlar (bironta ham mahsulot zaxirasini mavjud emasligi);
xususiy omborxona xo'jaligiga ega bo'lganlar (mahsulot zaxiralarining mavjudligi). Yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar bo'yicha ishlash modeli virtual savdo korxonasining mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar va chakana iste'molchilar o'rtasida elektron vositachiligiga asoslangan. Oflayn raqobatchilarga qaraganda ancha jozibali narxlar savdo binolari va omborlariga egalik qilish (ijaraga olish), texnik xizmat ko'rsatish va jihozlash xarajatlari yo'qligi va xodimlarga to'landigan xarajatlarning kamligi bilan izohlanadi.
Bu biznes-modelni oson amalga oshirish mumkin bo'lsa-da, strategik raqobatbardosh ustunlikni ta'minlamaydi. Boshqacha qilib aytganda, avval nomlari ma'lum bo'lgan (yoki kam ma'lum bo'lgan) va standart assortimentga ega bo'lgan ko'plab onlayn-do'konlar elektron tijorat bozoriga kirganda, individual sotuvchi qancha sondagi xaridor mahsulot sotib olish uchun aynin uning serverini tanlaganligini bila olmaydi. Internet-do'konlarning boshqa bir turi - bu xususiy omborlari va mahsulot zaxiralariga ega bo'lganlar. Bu oflayn savdo-servis yoki ishlab chiqarish firmasining tashkiloti (internet-bo'linma) bo'lishi mumkin. Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi o'zaro ta'sir sxemasi bu holda deyarli birinchi modeldagi kabi amalga oshiriladi. Asosiy farqi shundaki, bu holda do'kon yetkazib beruvchining ombori bilan emas, balki o'z omboridagi mahsulotlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi va shuning uchun tashqi omillarga kamroq bog'liq bo'ladi.
Bu model raqobatchilar tomonidan avvalgisiga o'xshab to'g'ridan- to'g'ri osonlikcha ko'chirib olinishining imkoni yo'q, chunki omborlar tizimi va mahsulot zaxiralarini yaratish kapital xarajatlar talab qiladi.
Elektron tijoratning rivojlanishi xaridorlar soni va umuman savdo aylanmasining summar o'sishiga olib kelishi shart emas. Ko'pincha savdo bozorlarining “kannibalizatsiya” deb ataladigan holati yuz beradi, ya'ni, internet-do'kon firmaning oflayn bo'limlari bilan raqobatlasha boshlaydi va mijozlarni og'dirib olish yo'li bilan mahsulotlar aylanmasini ko'paytiradi.
|
| |