D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet73/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151
Bog'liq
bobur

Internet-peshtaxtalar.


Veb-peshtaxta internetda chakana savdoni tashkil qilishning navbatdagi ko'rinishi hisoblanadi.
Veb-peshtaxta (internet-vitrina) - mahsulot va xizmatlarga arizalarni qabul qilish uchun mo'ljallangan elektron kommunikatsiyalar to'plami Veb-peshtaxta elektron kommunikatsiya tarmog'i yordamida mahsulotlarning xususiyatlari bilan tanishish, tanlovini amalga oshirish va elektron aloqa tarmoqlari orqali sotib olishga buyurtmani rasmiylashtirish imkonini beradi.
Internet-peshtaxtaning sahifalarida kompaniya haqida ma'lumotlar, mahsulot (xizmat) kataloglari, prays-sahifa va buyurtma berish shakllari kiritilgan bo'ladi.
Internet-peshtaxta orasida quyidagi turlarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  • oddiy HTML-fayllarga asosidagi statistik internet-peshtaxta;

  • ma'lum bir ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni aks ettiruvchi dinamik internet-peshtaxta.

Elektron savdo rastasida ishtirok etish bilan bir qatorda, bu ham eng kam xarajatli yechimdir, ammo internet-peshtaxta, savdo rastasidan farqli o'laroq, hisob-kitob qilish, to'lovlarni qabul qilish, buyurtmaning bajarilishini kuzatish va shu kabilarni interaktiv protseduralariga imkon bermagan holda to'liq savdo sikllini ta'minlamaydi
Internet-vitrinaning ishlash tamoyili keyinchalik amalga oshirish uchun dastlabki buyurtmalarni yig'ishga asoslangan. Masalan, cheklangan talabga ega mahsulotlarni (masalan, san'at predmetlari) sotishga ixtisoslashgan veb-saytlar shu tamoyilga muvofiq ishlaydi. Potentsial mijozga buyurtmani oldindan kelishilgan shartlarda bajarish kafolatini berish zarurligi sotuvchi uchun asosiy muammo hisoblanadi. Xaridor uchun ham tanlangan mahsulot yoki xizmatni kechikib olish (yoki umuman olmaslik) riski mavjud bo'ladi. Bu biznes-modelning xususiyati sotib olish va sotish jarayonini bir nechta bosqichda amalga oshirilishidir. Birinchidan, sotuvchi arizalarni to'playdi, so'ng yetkazib beruvchidan buyurtmani bajarish muddati va shartlarini aniqlashtiradi, shundan so'ng potentsial mijozlarni xabardor qiladi (odatda elektron pochta orqali) va nihoyat, agar ular rozi bo'lsa, mahsulotlarni yetkazib berishni ta'minlaydi.
Sotuvchilar nuqtai nazaridan, internet-peshtaxta va internet-do'kon
sezilarli darajada farq qiladi. Internet-peshtaxta xarajatlari savdo kompaniyalari uchun qimmat emas, ammo quyidagi kamchiliklari mavjud:

  • to'g'ridan-to'g'ri real ombordan savdoni avtomatlashtirishga imkon bermaydi;

  • sotuvchi-kompaniyalarga shtatlar va operatsion xarajatlarini qisqartirishga yo'l qo'ymaydi;

  • savdo jarayonlarini boshqarish va marketing aktsiyalarini tashkil qilishda moslashuvchanlik mavjud emas

Internet-peshtaxtada xaridorlarning barcha so'rovlari internet- do'konda bo'lgani kabi buyurtmalarni avtomatlashtirilgan tarzda buyurtmalarga qayta ishlov berish tizimiga emas, balki savdo menejerlariga yuboriladi. Bundan tashqari, internet-peshtaxtadagi biznes- jarayonlar an'anaviy chakana savdo korxonasining biznes-jarayonlarini to'liq takrorlaydi. Bu internet-savdo shaklining asosiy xususiyati, veb- peshtaxtaning ichki biznes-jarayonlari bilan o'zaro hamkorligi jarayonlari menejerlar tomonidan qo'lda amalga oshirilishidan iborat
Shunday qilib, internet-peshtaxta xaridorni faqat jalb qilish vositasi, xaridor bilan o'zaro hamkorlik qilish va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun interfeys hisoblanadi. Internet-peshtaxtalarni ixtisoslashgan, murakkab yig'iladigan mahsulotlarni - sanoat uskunalari, ixtisoslashtirilgan transport vositalarini yoki buyurtma asosida
shakllaniladigan mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanadi tashkilotlar uchun yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi

Download 2,86 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151




Download 2,86 Mb.