• Avval buyurtma qilingan mahsulotni do’kondan olish va to’lovni amalga oshirish .
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet75/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Internet-do’konlarda mahsulot to’lovlarni amalga oshirish

    usullarining afzallik va kamchiliklari

    1. Mahsulotlarni topshirish vaqtida kuryerga naqd pulda to’lov

    amalga oshiriladi. Bu usulning afzalliklari:

      • mahsulotlarni (xaridor tomonidan) va pulni (sotuvchi tomonidan) olish kafolati;

      • mahsulotni (va to'liqligini) darhol tekshirish va agar kerak bo'lsa, uni sotib olishdan voz kechib, qaytarib berish imkoniyati;

      • kuryerdan maslahat olish imkoniyati

    Bu eng sodda, eng ishonchli va qulay usullardan biridir.
    Kamchiliklari - kuryerlik xizmati uchun katta xarajatlar, ayniqsa aholi punktidan tashqariga sotilganda, do'kon joylashgan hududda yuqori darajadagi va savdodan oldingi servislarni taqdim eta olmaslik

    1. Avval buyurtma qilingan mahsulotni do’kondan olish va to’lovni amalga oshirish. Ishonchliligi nuqtai nazaridan bu to'lov usuli oflayn do'kondagi oddiy tarzda xarid qilishdan farq qilmaydi. Xaridor internet-do'konga buyurtmani jo'natishida kompaniyaga tegishli real do'konlarning qaysi biridan mahsulotni olish istagini ko'rsatadi va belgilangan muddat tugashi bilan, tegishli do'kondan mahsulotlarni qabul qilib oladi.

    Xaridor birinchi holatdagi kabi afzalliklarga ega bo'ladi, shuningdek:

      • do'konni ko'zdan kechirish. Xaridor sotuvchining ishonchliligi to'g'risida xulosa chiqarishi mumkin;

      • an'anaviy do'kondan sotib olish jarayoni hamma uchun tanish;

      • kuryer orqali yetkazib berish vaqtida bo'lishi mumkin bo'lgan psihologik muammolar yuzaga kelmaydi;

      • xaridorlar o'z uylarida begona odamlarning paydo bo'lishini istashmaydi;

      • yuqori darajadagi servis va savdodan oldingi xizmatlarni kafolatlash nisbatan oson.

    Xaridor uchun kamchilik - sotib olish uchun do'konga tashrif buyurish zarur.
    Onlayn sotuvchining kamchiliklari - bu haqiqiy do'konni mavjud bo'lishi zaruriyati. Bundaylar, odatda, bunday holatni faqat oflayn savdo korxonalari asosida tashkil etilgan internet-do'konlarga ega bo'lishi mumkin


    1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   151




    Download 2,86 Mb.