• Bank o’tkazmasi yordamida to’lovni amalga oshirish.
  • Plastik karta yordamida to’lovni amalga oshirish.
  • Elektron pul, elektron cheklardan foydalanib to’lash
  • Yetkazib berilishi bilan naqd pul to’lash




    Download 2,86 Mb.
    bet76/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Yetkazib berilishi bilan naqd pul to’lash. Buyurtma rasmiylashtirilgandan so'ng, xaridorga mahsulotlar pochta orqali yuboriladi. To'lov pochta bo'limida mahsulot qabul qilib olingandan so'ng darhol amalga oshiriladi..

    Ustunligi:

      • geografik cheklovlar yo'q;

      • yetkazib berishning nisbatan arzonligi Kamchiligi:

      • mahsulotlar bilan oldindan tanishishning iloji yo'qligi (pochta jo'natmasi tarkibini sotib olish uchun to'lov amalga oshirilgandan keyingina mahsulotni tekshirish mumkin);

      • yetkazib berishning ishonchsizligi (yyuklarni tashish jarayonida mahsulot sifati buzilishi mumkin)

      • yetkazib berishga ketadigan ahamiyatli muddat (barcha mumkin bo'lgan variantlardan eng uzuni).

    1. Bank o’tkazmasi yordamida to’lovni amalga oshirish. Buyurtmani joylashtirilgandan so'ng, xaridorga ixtiyoriy bank kassasi orqali (jismoniy shaxslar uchun) yoki joriy hisob-varag'idan ( tashkilotlar uchun) to'lovni amalga oshirishi mumkin bo'lgan hisob-faktura taqdim etiladi

    Bu usul tashkilotlar uchun qulay. Jismoniy shaxs uchun bu sotib olish usuli unchalik qulay emas - avval bankga to'lovni amalga oshirish uchun borishi zarur, so'ngra mahsulot kelishini kutish kerak. Bu variantga yetkazib berishda naqd pul to'lanadigan variantdagi barcha kamchiliklar xos.

    1. Plastik karta yordamida to’lovni amalga oshirish. To'lovni amalga oshirish uchun xaridor plastik kartaning rekvizitlarini maxsus

    ekran shaklida kiritadi va to'lov tugaganligidan darak beruvchi hisob- varaqdan mablag' o'tkazilganligi to'g'risida xabar oladi
    Afzalligi - to'lov jarayonining soddaligi.
    Kamchiligi - to'lov tranzaksiyalari xavfsizlik darajasining pastligi va tranzaksiyaning yuqori narxi.

    1. Elektron pul, elektron cheklardan foydalanib to’lash. Bu to'lov usulidan foydalanish uchun kompyuterga raqamli hamyonni o'rnatish va elektron pul tizimiga ulanish kerak bo'ladi.

    Bu usulning afzalligi:

      • yuqori darajadagi xavfsizlik;

      • to'lov jarayonining soddaligi va qulayligi Usulning kamchiligi:

      • elektron pul bilan hamyonni yaratish zarurati;

      • to'lov tizimlari xizmatlari uchun to'lov bilan bog'liq bo'lgan nisbatan kichik xarajatlar

    Bu usul Internetda tez-tez amalga oshiriladigan xarid uchun ideal va ishonchli va xavfsiz hisoblanadi.
    Buyurtmalar va o'zaro hisob-kitoblardan so'ng, xarid qilish faoliyatligi to'g'risidagi ma'lumotlar tizimga kiritiladi. Xaridor bilan ishlash jarayonida uzluksiz marketing ma'lumotlari to'planib, tahlil qilinadi. Internet-do'kon egasi veb-saytga tashrif buyuruvchilar to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'lib, unga muvofiq marketing siyosatini tuzishi mumkin bo'ladi.
    Biznes-jarayonlarni amalga oshirishni ta'minlaydigan asosiy tarkibiy qismlardan (mahsulot katalogi, buyurtma arxivi, elektron savat) tashqari, Internet-do'konda bir qator qo'shimcha axborot bo'limlari mavjud bo'ladi:

      • do'kon to'g'risida umumiy ma'lumotlar;

      • mahsulot assortimentining o'ziga xos xususiyatlari;

      • kerakli mahsulot uchun tezkor qidiruv shakli (katta mashhurlik tufayli qidiruv shakli odatda asosiy sahifada joylashadi);

      • navigatsiya va xaridorlarda yordam berish;

      • mahsulotlarni xaridorlanish reytingi;

      • bu mahsulot yoki xizmatdan foydalangan xaridorlarning izohlari elektron taxtasi;

      • maqsadli bozor yangiliklari;

      • tez-tez beriladigan savollarga javoblar va aniq maslahatlar. “Yordam” bo'limiga e'tibor berish muhimdir, uning yo'qligi ko'plab

    xaridorlarni xarid qilish fikridan voz kechishi uchun sabab bo'lishi mumkin. O'z navbatida, elektron izohlar boshqa xaridorlarning fikr- mulohazalari bilan tanishish orqali xarid qilish to'g'risida qaror qabul qilish omili hisoblanadi.

      1. Download 2,86 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yetkazib berilishi bilan naqd pul to’lash

    Download 2,86 Mb.