|
Umum formatli ijtimoiy tarmoqlar
|
bet | 84/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburUmum formatli ijtimoiy tarmoqlar
Umum formatli ijtimoiy tarmoqlar - foydalanuvchilarning norasmiy muloqoti uchun mo'ljallangan (“Facebook”, “Vkontakte”, “Odnoklassniki”, “Moy mir” va boshqalar). Umum formatli tarmoqlarni katta auditoriyasi ham xususan marketing maqsadlarida foydalanish uchun jozibador-samarali bo'ladi. Bunday tarmoqlar foydalanuvchilarga internet- marketingning keng doiradagi marketing vositalarini taqdim etadi. Foydalanuvchilarga keng assortimentdagi internet xizmatlar va mobil texnologiyalarini taklif qilgan holda bu sohada texnik progressning yetakchi o'rinlarida bormoqda (GPS, Bluetooth, WiFi, GeoIP va boshqalar)
Masalan, “Mail.Ru Group” kompaniyasi tomonidan 2011 yilda ishga
tushirilgan “Target@Mail.ru” xizmati “Odnoklassniki” va “Moy mir” ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga reklamalarni geografik va demografik parametrlar bo'yicha, shuningdek, kunning vaqti, va hafta kunlari bo'yicha yo'naltirish imkoniyatini beradi. “Vkontakte” ijtimoiy
tarmog'i reklama beruvchilarga geografik va demografik ko'rsatkichlar ijtimoiy ahvoli va faoliyat doirasi, shuningdek, foydalanuvchilar qiziqishi bo'yicha ham targeting taklif qiladi.
Professional ijtimoiy tarmoqlar
Professional ijtimoiy tarmoqlar - foydalanuvchilarni professional muloqoti uchun mo'ljallangan (“Professionali.Ru”, “RB.ru” va boshqalar.). Ular yollash, virtual biznes-loyihalarni yaratish, shuningdek, professional muhitda mahsulot va xizmatlarni harakatlantirish uchun juda mos keladi.
Professional tarmoqlar foydalanuvchilarga reklamalarni yo'naltirish (targettinglash) imkoniyatini ham taqdim etadi. Masalan, “Professionali.Ru” ijtimoiy tarmog'i o'z foydalanuvchilariga o'zinig veb-sahifalarida reklama yaratish va joylashtirish uchun mikro-reklama xizmatidan foydalanishni taklif qiladi. Targeting maqsadli auditoriyani tanlash va reklamani joylashtirish uchun sayt sahifasi berishni ko'zda tutadi. 100 ta belgi va kichik (60x60 piksel) rasmdan tashkil topgan standart reklama tashrif buyuruvchilarni reklama beruvchining saytiga yo'naltiradi.
Bunday turdagi xizmatlarning ko'lami va imkoniyatlari umumiy
formatdagi tarmoqlarning o'xshash parametrlaridan ortda qolmaydi. Buni qisman professional muloqotga qaratilgan auditoriyaning o'ziga xos xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Shu sababli, professional tarmoqlarda internet-marketingning asosiy vositalari - ochiq hamjamiyatlar, onlayn- konferentsiyalar, bloglar va banner reklamalar hisoblanadi.
|
| |