|
D. X. Suyunov
|
bet | 87/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburbirinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur'atlardagi o'zgarishlariga mos kelmaydi va o'z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik sub'ektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta'minlamadi;
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga tashqi bozorlarda to'liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali mahsulotlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to'siqlari saqlanib qoldi;
uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo'lga qo'yilmadi, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to'xtab turishiga olib keldi;
to’rtinchidan, mahalliy to'lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo'qligi, mamlakat tadbirkorlik sub'ektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to'liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta'sir qildi;
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, mahsulotlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qoldi, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat byudjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib keldi;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag'batlantirmadi, bu esa Internet tarmog'i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib keldi, shuningdek, bu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklab qo'ydi.
Shularni e'tiborga olgan holda 2015 yil 22 mayda “Elektron tijorat to'g'risida”gi Qonunning avvalgisiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, yigirmata moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi.
Ushbu Qonunni amalga oshirish va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida 2015 yil 8 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining 258-son qarori imzolandi. Bu qarorda, xususan, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat tizimini yanada rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.
Bu qarorning bajarilishini ta'minlash maqsadida 2015 yil 4 dekabrda
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2018 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi 353-son qarori[3] qabul qilindi. Ushbu kontseptsiyada, xususan, O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat bozorining joriy holati tahlil qilingan bo'lib, unga ko'ra O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza shakllantirilmoqda, elektron to'lov tizimi mexanizmi hamma joyda joriy etilmoqda va doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, tijorat banklari tomonidan bank hisobraqamlarini masofadan boshqarish xizmatlarining keng doirasi taqdim etilmoqda,
Respublikada EMV standartiga o'tilgan holda Uzkart yagona
banklararo to'lov tizimi amal qilmoqda va rivojlanmoqda, 2001 yildan boshlab O'zbekistonning mahsulot-xom ashyo birjalaridagi barcha bitimlar elektron tizimlarda tuzilmoqda, O'zbekiston Respublika mahsulot-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo'li bilan 2015 yil 1 iyundan boshlab mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish elektron katalog orqali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kontseptsiyada 2016-2018 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi va amalga oshirildi.
|
| |