• Reestrga qanday qilib a’zo bo’lish mumkin
  • To’rtinchi bosqichda
  • Kimlar reestrga kiritilishi mumkin?




    Download 2,86 Mb.
    bet95/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Kimlar reestrga kiritilishi mumkin? Elektron tijoratdagi mahsulotlar va xizmatlar savdosidan tushgan daromadlari umumiy daromadlarining 80 yoki undan ortiq foizini tashkil etgan elektron tijorat sub'ektlarigina reestrga kiritiladi, bu elektron tijoratdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan daromadlar to'g'risidagi bank ma'lumotnomasi va hisob-ma'lumotnoma bilan tasdiqlangan bo'lishi darkor. Mazkur sub'ektlar reestrga kiritilganidan keyin yagona soliq to'lovini 2% stavka bo'yicha to'lashni boshlaydilar.
    Reestrga qanday qilib a’zo bo’lish mumkin? Reestrga a'zo bo'lish bir nechta bosqichlardan iborat:
    Birinchi bosqichda elektron tijorat sub'ekti e-tijorat.uz web- sahifasidagi shakllarga muvofiq onlayn ariza beradi.
    Ikkinchi bosqichda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi onlayn arizani birinchi shaklga muvofiq 10 ish kun mobayinida ko'rib chiqadi va taqdim etilgan ma'lumotlar talablarga javob bersa, uchinchi bosqichda reestrning ro'yxatiga kiritilganligi to'g'risida xabar beradi.
    To’rtinchi bosqichda Davlat soliq qo'mitasi tomonidan elektron tijorat sub'ektining soliq hisobotini ikkinchi shaklga muvofiq ko'rib chiqadi va beshinchi bosqichda agarda elektron tijoratdagi mahsulotlar va xizmatlar savdosidan tushgan daromadlari umumiy daromadlarining 80 yoki undan ortiq foizini tashkil etgan bo'lsa, oltinchi bosqichda 2% stavka bo'yicha yagona soliq to'lovchisi bo'lib reestrga kiritiladi.


      1. Elektron tijorat yo’nalishida ba’zi davlatlarda amalga oshirilgan ishlar


    Qozog'istonda 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, yangi Soliq kodeksi bo'yicha o'z faoliyatini onlayn-do'kon yoki internet-maydonlarda yuritayotgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini taqdim etish ko'zda tutilgan. Xususan, yuridik shaxslar korporativ daromad solig'idan, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa daromad solig'idan ozod qilinadi, ammo buning uchun uchta majburiy shart bajarilishi zarur:

    • mahsulotlarga naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish;

    • haridor bilan shartnomani onlayn rejimda tuzish;

    • tadbirkor o'z yetkazib berish xizmatiga ega bo'lishi yoki mahsulotni tashish, jo'natish va yetkazib berish bilan shug'ullanadigan shaxs bilan shartnoma tuzishi lozim.

    Jismoniy shaxslar bilan elektron savdo qilishdan olingan daromad xo'jalik sub'ekti yillik yalpi daromadining 90%ni tashkil etsagina, tadbirkor ushbu turdagi soliqdan ozod etilishi mumkin.
    Belorussiyada esa elektron tijoratni soliqqa tortishning maxsus tartibi qisman ko'zda tutilgan. 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab xorijiy kompaniyalar tomonidan ko'rsatiladigan elektron xizmatlardan QQS undirilishini ko'zda tutuvchi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Bundan tashqari,
    elektron tijoratni amalga oshiruvchi xo'jalik sub'ektlari soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo'llashi mumkin. Ularning stavkalari:

    • 5 % - QQS to'lovchi tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun;

    • 3 % - QQS to'lovchi tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun.

    Ozarbayjonda 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab elektron savdoga soliq solish, xususan, qo'shimcha qiymat solig'i solishni (QQS qiymati – 18%) nazarda tutuvchi qonun kuchga kirdi. Ushbu choralar mahalliy tadbirkorlarni himoya qilish uchun qabul qilindi, ya'ni yuqorida aytilgan xizmatlar mamlakat hududida norezidentlar tomonidan Ozarbayjon fuqarolari uchun ko'rsatiladigan bo'lsa, QQS haridorlardan olinadi.
    Bulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, elektron tijoratni jadal rivojlantirishning asosiy elementlaridan biri - bu davlat tomonidan taqdim etiladigan soliq imtiyozlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2018 yil 14 may, PQ-3724-son qarorida elektron tijoratning rivojlanishiga turtki beruvchi omillar belgilab berilgan. Jumladan:

    • qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko'rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitantsiyalar, xabarlar va boshqa usullar mahsulotlar (xizmatlar) uchun to'lovlarni tasdiqlovchi kvitantsiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi;

    • tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to'lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali xaridorga naqd pulni qabul qilganligi to'g'risida elektron chek yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda pul mablag'larini xizmat ko'rsatuvchi bankka topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin;

    • elektron tijorat sub'ektlari savdo faoliyatini amalga oshirishda to'lov terminallaridan foydalangan holda tadbirkorlik sub'ektlari-ning korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron to'lov tizimlari orqali to'lovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar;

    • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan uch ming AQSh dollarigacha bo'lgan mahsulotlar (xizmatlar)ni eksport qilish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilmasdan va yuk bojxona deklaratsiyasi to'ldirilmasdan pochta xizmatlarini ko'rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;

    • elektron tijorat orqali sotiladigan mahsulotlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to'lov to'lash talabi bekor qilinadi;

    • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga uchinchi shaxslar (mahsulotlarni sotuvchilar) uchun to'lovlarni keyinchalik ularni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan qabul qilish huquqi beriladi;

    • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan mahsulotlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo'lgan avtomobil transportida O'zbekiston hududi bo'ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo'lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;

    • elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish, faqat saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini ta'minlash tartibi va talablariga qat'iy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.

    Elektron tijorat sub'ektlari milliy reestri shakllantirilishi mamlakati- mizda innovatsion rivojlanish borasidagi navbatdagi qadamlaridan biridir. Binobarir, global tarmoq orqali savdo mexanizimlarining joriy etilishi ushbu faoliyat turini soddalashtiradi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli darajada o'z ta'sirini o'tkazadi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151




    Download 2,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimlar reestrga kiritilishi mumkin?

    Download 2,86 Mb.