|
D. X. Suyunov
|
bet | 97/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburbosqich: Pasayish. Bozorda keyingi iqtisodiy siklida iqtisodiy munosabatlarning an'anaviy institusional doiraga to'g'ri kelmaydigan yangi ko'rinishlari shakllanadi. An'anaviy iqtisodiyot sub'ektlarining samaradorligi pasayadi va mahsulotlarni harakatlantirish usullari eskiradi. Eskirib qolgan iqtisodiy munosabatlar o'rniga yangi munomabatlar shakllanadi.
Elektron tijorat ta'siri ostida yuzaga keladigan iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, tahlil qilish va tasniflash juda muhim hisoblanadi. Bu istiqbolda alohida iqtisodiy sub'ektlar darajasida, ham davlat boshqaruv darajasida ham muhim bo'lgan iqtisodiy o'sishning strategiyalarini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tarmoq iqtisodiyoti davrida bunday turdagi axborotlar nafaqat institusional rivojlanish yo'nalishini, balki uning raqobat bardoshligini ham belgilab beradi.
Nazorat uchun savollar:
O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish uchun qanday asosiy qaysi qonunlar qabul qilingan?
O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratdagi munosabatlar qaysi qonun asosida boshqariladi?
O'zbekistonda elektron tijoratning to'laqonli bozorini yaratishda qandaymuammo va kamchiliklar mavjud?
O'zbekistda elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga qanday asosiy tushunchalar kiritilgan?
O'zbekistonda elektron tijorat sohasining yangi rivojlanish bosqichiga o'tilishida qaysi huquqiy hujjatga asoslanadi?
2015- yilgacha amalda bo'lgan “Elektron tijorat to'g'risida”gi qonunni tahrirlangan qonun bilan solishtirma tahlil qilib qanday holatlarni ajratib ko'rsatish mumkin?
O'zbekistonda elektron tijoratning qanday asosiy tamoyillari belgilab berilgan?
O'zbekistonda elektron tijorat sohasida davlat siyosatining qanday asosiy yo'nalishlari ko'rsatib berilgan?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi elektron tijorat sohasida anday vakolatlarga ega?
O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratda shartnoma tuzish tartibi qanday amalga oshiriladi?
O'zbekiston Respublikasida elektron tijorat tizimlaridan foydalanish darajasining pastligiga qanday sabablar ta'sir etadi?
O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish va uning imkoniyatlaridan yetarlicha samarali foydalanish uchun qanday tavsiyalar berish mumkin?
O'zbekiston Respublikasi elektron tijorat sub'ektlari milliy reestri qachon va nima uchun tashkil etildi?
Elektron tijorat milliy reestrining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Reestrga a'zo bo'lish bir nechta bosqichdan iborat?
Mazkur yo'nalishda ba'zi bir davlatlarda qanday ishlar amalga oshirilgan ishlar?
Elektron tijoratni huquqiy jihatdan rivojlanib borishini nechta bosqichga ajratish mumkin?
|
| |