|
D. X. Suyunov
|
bet | 105/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburDono olomon fenomeni
Dono olomon hodisasi kompaniyalar uchun o'rni kelganda qiyinchiliksiz rad etish mumkin bo'lgan o'ta jozibali istiqbollarni ochib beradi. Katta mablag' talab qiluvchi mutaxassislarni jalb qilish yoki marketing tadqiqotlarini amalga oshirish va yangiliklarni joriy etishdan ko'ra tarmoq foydalanuvchilariga yordam so'rab murojat etish yuqori darajada, kam xarajat hisoblanadi. Bundan tashqari, reklama uchun eng samarali va arzon vosita hisoblanib, taklif etilayotgan g'oya va yechimlarda xilma-xillik mavjud bo'ladi. Bundan tashqari, kraudsorsingdan foydalanadigan kompaniyalar o'z faoliyatida mijozlar istaklariga katta e'tibor qaratayotganligini asoslangan holda ta'kidlash mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, kraudsorsing kontseptsiya sifatida rivojlanish bosqichida, shuning uchun uning barcha afzalliklaridan samarali foydalana oladigan kompaniya, shubhasiz, kelajakda yanada yuqori mavqega ega bo'lishi mumkin (10.3-rasm).
Iqtisodiy faoliyatda an'anaviy ishga yollashga nisbatan
kraudsorsingning qanday afzalliklarga ega?
Axborot texnologiyalarini faol rivojlantirilishi va ko'plab turli kommunikatsiya vositalarining yaratilishi odatiy holga aylangan 21-asrda turli sohalarda g'oyalar taklif etadigan va ommaviy axborotlarni ishlab chiqaradigan insonlar doirasini doimiy ravishda kengaytirib borilishiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Ya'ni, hozirgi rivojlanish bosqichida “olomon”ning donoligi deb nomlanadigan foydalanuvchilar va insonlar jamoasi, shuningdek, ommaviy global kommunikatsiya tarmog'i yangi va doimiy tarzda yangilanib boradigan axborotlar manbaasi bo'lib bormoqda.
7.4-rasm. Biznesda kraudsorsingni afzalliklari
“Olomon” resurslari natijasida paydo bo'lgan barcha zamonaviy texnologiya va imkoniyatlar tufayli kraudsorsing yangi usullari uzluksiz rivojlanib bormoqda. Dastlabki bosqichda iqtisodiyot sohalariga joriy etib borilgan bu texnologiyahozirgi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olmoqda. Har qanday aloqa qilish tarmoqlari (Internet, mobil aloqa) orqali o'z xabarlarini yetkazib beradigan cheksiz sondagi insonlardan axborotlarni to'plash va ularni tizimlashtirish kraudsorsingning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Kraudsorsingni qo'llanishi doirasi turlicha va uning markaziy funksiyasi muhtojlarga yordam berish va turli muammolarni hal etish uchun axborotdan to'g'ri foydalanish va tarqatishdan iborat.
|
| |