• Kraudsorsing faoliyati tamoyillari
  • D. X. Suyunov




    Download 2,86 Mb.
    bet104/151
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #248346
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151
    Bog'liq
    bobur

    Kraudsorsing bosqichlar


    Kraudsorsingni mavjud bo'lishi uch bosqichdan iborat:

    • birinchi bosqich bu masalani qo'yib olish va virtual foydalanuv- chilarni yaratish yoki aniqlab olishni o'z ichiga olgan tizimga kirish.

    • ikkinchi bosqich - g'oyalar ishlab chiqadigan va so'ngra bu g'oyalar ichidan eng yaxshi g'oyalarni tanlab olish uchun ishlov beriladigan bosqich.

    uchinchi bosqichda - tizimdan chiqish hisoblanadi, keyinchalik foydalaniladigan yoki amalga oshiriladigan aniq bir yechim tanlanadi.

    7.3-rasm. Kraudsorsingning asosiy turlari




      1. Kraudsorsing faoliyati tamoyillari


    Tadqiqotlarda kraudsorsing faoliyati davomida amalga oshirilishi zarur bo'lgan quyidagi tamoyillar ajratib ko'rsatiladi:

    1. Bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyili.

    2. Sa'yi-harakatlarni asosiy vazifalarga jamlash tamoyili.

    3. Ochiqlik va oshkoralik tamoyili.

    4. Kirish mumkinlik tamoyili: individual sozlangan kommunikat- siyalardan foydalanish.

    5. Interfaollik tamoyili: tashkilotchilar tomonidan tezda e'tibor qaratilishi.

    6. Qiymatlarni yaratish jarayonida ishtirok etish va jalb qilinganlik tamoyili.

    7. Iste'molchilarning xarajat va sa'yi-harakatlarini minimallashtirish tamoyili.

    8. Kraudsorsing faoliyatida iste'molchiga tanlovli yordam tamoyili.

    9. Qulay muhit tamoyili: iste'molchilarni bepul yoki kam mablag' evaziga ishlashni istab qolishi uchun uchun sharoitlar yaratish tamoyili.

    10. Ishonch tamoyili: ishonchli munosabatlarining asosiy afzalligi izchil strategik hamkorlikni osonlashtirish, ochiq muloqot va axborot almashish orqali moddiy va moliyaviy daromadni oshirish.

    11. Do'stona muloqot tamoyili.

    12. Samaradorlik tamoyili.

    O'z-o'zini ijodiy namayon qilish kraudsorsing loyihalari ishtirokchilari uchun asosiy afzalliklardan biri hisoblanadi. Odatda, bu turdagi loyihalar bilan shug'ullanadigan muhlislar masalalar yechimini taklif etish orqali faqat pul topish emas, balki uni amalga oshirish jarayonida ma'naviy qoniqish olishini o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Ehtimol, aynan shu tufayli notijorat loyihalar kraudsorsinga keng ko'lamli misol sifatida keltiriladi.
    Raqobatli g'oyalarni himoya qilish, kraudsorsingni ishlash mexanizmining talqin qilishda tajribaning yetishmasligi, yechim va g'oyalar sifati ko'p hollarda motivatsiyaga bog'liqligi, kraudsorsing texnologiyasidan foydalanish har doim ham natija olish kafolatini bermasligi va shunga o'xshashlarni kraudsorsing texnologiyasidan foydalanishdagi asosiy kamchiliklar sifatida ajratib ko'rsatish mumkin
    Kraudsorsing loyihalarini tashkil etishning asosiy muammolari oqilona takliflarni saralab olish jarayonidir. Bir necha o'n minglab foydalanuvchilar sirtqi miya hujumi jarayonida ishtirok etayotgan, axborot shovqini hisoblanadigan katta sondagi takliflar ichidan oqilona takliflarni ajratib olish murakkab jarayon hisobanadi.
    Ammo, barcha kamchiliklariga qaramay kraudsorsing texnologiyasi jahon amaliyotida turli sohalarda muvaffaqiyatli joriy etib kelinmoqda. Va kraudsorsing loyihalarida ishtirok etgan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan “g'ala-g'ovur”ni masalalarni to'g'ri qo'yib olish va ularning bajarilishini to'g'ri tashkil qilish orqali to'g'iri yo'lga solib yuborish mumkin.
    Kamchiliklarni bartaraf etish uchun yangi texnologiya va kraudslrning avlodlari ishlab chiqilmoqda. Bunga intelektual kraudsorsing texnologiyasi yaqqol misol bo'la oladi. Uning vazifasi ko'plab eng yaxshi g'oyalarni (va insonlarni) topishdir, oddiy kraudsorsing esa ko'plab g'oyalardan birini tanlashga intiladi. Bu, xususan, bunday turdagi loyihalardan foydalanuvchilar reytingi tizimini qo'llash shuningdek,
    g'oyalar ko'rinishini o'zgartirish va tanlashning bir qator evolyutsion bosqichlardan o'tishiga imkon beruvchi maxsus usullar (g'oya tarafdorlari, raqiblari, ishtirokchilarning raqobatchi guruhlari va ekspertlar tomonidan bu g'oyani baholash) orqali amalga oshirilishi mumkin. Ijrochilar bilan ishlashning bunday usuli jamoalarning oshirishga imkon beradi va ayni damda esa munosib g'oyalarni tanlab olishda maqsadsiz takliflar bilan to'ldirilgan ortiqcha axborotlar hajmiga ishlov berish zaruriyatini bartaraf etadi



    Download 2,86 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151




    Download 2,86 Mb.