|
Halq tomonidan kreditlash
|
bet | 112/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburHalq tomonidan kreditlash. Kraudinvestingni bu turda tashkilotchi vositachilarni chetlab o'tgan holda, jismoniy shaxslardan
ssuda oladi. Jamg'arma emas jismoniy shaxsga ham yuridik shaxsga ham kredit taqdim etadi. Investor uchun foyda aniq-foyda bank depozitiga nisbatan ko'proq bo'ladi. Tashkilotchi uchun qulay, chunki halq kreditidagi foiz bank foizidan ahamiyatli darajada kam
Aksiyadorlik kraudfanding. Investor mukofot sifatida tashkilotchi kompaniyaning aktsiyalarini yoki mulkning bir qismini mukofot sifatida oladi. Bu tur Evropa Ittifoqida eng keng tarqalgan va qonun bilan mustaxkamlangan. Loyihalarni moliyalashtirish uchun mablag'ni Internet orqali to'plash, yaqin vaqtlardan buyon mashhurlikka erisha boshladi. Bugungi kunda kraudfondingni platformalari yordamida startaplar va biznesning ayrim istiqbolli shakllari moliyalashtirilmoqda.
Kraudfandingni paydo bo’lishi zaruriyati
Xech qanday boshlang'ich kapitalga ega bo'lmagan insonlar uchun o'z g'oyalarini amalga oshirish murakkabligi sababini. kraudfanding zaruriyati yuzaga keldi
Hozirgi iqtisodiy vaziyatda banklar yaqindagina o'z faoliyatini boshlagan va hali ma'lum bir muddat biron joyda ishlashga ulgurmagan tadbirkorlarni yoki yuridik shaxslarga kredit berishni istamaydi. Kreditni rasmiylashtirish uchun qisqa vaqt ichida potentsial qarz oluvchilar bankning to'lov qobiliyatiga qo'fdigan talablariga to'liq mos keladigan moliyaviy ko'rsatkichlarga erishishi zarur bo'ladi.
Kraudfanding startaplarga ularni g'oyalarini moliyaviy qo'llab- quvvatlashi mumkin bo'lgan, hamfikr insonlarni topish imkonini beradi. Biznesdan tashqari qo'shimcha ravishda, madaniy tadbirlarni qo'llab- quvvatlash yoki o'zi yoqtirsa guruh albomini chiqarish muhtojlarga oziq- ovqat yoki kiyim-kechak sotib olish maqsadida mablag' to'planishi mumkin. Ammo o'zining ishtirokchilariga, xususan, mablag' yig'uvchi tashkilotchilariga foyda keltiradigan tijorat loyihalarini amalga oshirishga asosiy urg'u beriladi. O'z loyihalarini amalga oshirish uchun investorlarni jalb qilishni istagan insonlar o'zining mazmun va maqsadini internetdagi maxsus platformalarga to'liq joylashtiradi, bu erda ular to'planishi zarur bo'lgan mablag'ning minimal miqdorni ko'rsatadi. Shundan so'ng, bu g'oya kimlarni jalb qilganligi kutiladi. Mablag' to'plash aniq bir maddat uchun amalga oshiriladi. Xayriya loyihalari uchun muddat cheklov qo'yilmagan bo'lishi mumkin.
|
| |