Biznes modellar transformatsiyasi




Download 2,86 Mb.
bet113/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151
Bog'liq
bobur

Biznes modellar transformatsiyasi


O'n yildan ortiq vaqt mobaynida dunyodagi eng yirik bitimlar elektron tijoratning evolyutsiyasi natijasida paydo bo'ladi va faol rivojlanayotgan yangi bozorda amalga oshirilmoqda. Masalan, 2005 yilda eVau kompaniyasi Skypeni 2,1 milliard dollarga sotib oldi, 2006 yil 9 oktyabrda Google kompaniyasi 1 650 million dollarga video xizmati uchun faqat to'qqiz oy davomida mavjud bo'lib hozirgi kunda mashhur bo'lgan YouTubeni sotib oldi, Facebook mashhur WhatsApp messenjerini rekord darajada 19 milliard dollarga sotib oldi.
So'nggi yillarda yuqori texnologiyali kompaniyalar sohasida yuqori darajadagi kapital aylanmasini va global reytinglarda yetakchi mavqega ega bo'lgan kompaniyalar nomlardagi doimiy o'zgarishlarni kuzatish mumkin. Elektron tijorat texnologiyalari Internet tarmog'ida biznes yuritayotgan kompaniyalar kapitallashuvining o'sishiga ta'sir ko'rsatdi.
Bularning barchasi yangi bilimlarni talab qiladi. Elektron biznesni qurishda samarali monetizatsiya sxemasini tanlash, ilg'or qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda biznes hamkorlar, iste'molchilar va barcha manfaatdor tomonlarning o'zaro hamkorligini ta'minlash zarur. Amaliyotchilar o'zlarining xatolaridan unumli xulosa chiqaradi va boshqaruv to'g'risidagi fanlar tarixiy jihatdan haqiqiy loyihalar va amaliy tajribalar asosida yaratadi.
Ayni paytda, e-tijorat kanallarida ishtrok etish darajasiga ko'ra, , Amazon, OZON kabi internet-do'konlari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eVau, AULTO va S2S bozorini ochgan boshqa kompaniyalardan iborat to'liq onlayn kompaniyalar paydo bo'ldi; va onlayn-do'konlarda yaratgan savdo tarmoqlari kabi elektron tijorat kanallariga qurilgan an'anaviy oflayn biznesga ajratib chiqdi.
2018 yil uchun jahon Internet auditoriyasi 3 milliard kishini tashkil etdi. O'zbekistonda 2018-yilda oyiga 14 milliondan ortiq Internet foydalanuvchisi qayd etildi. O'zbekistonda Internetga kirish dinamikasi, kelajak trendini ko'rsataib boradi. Elektron auditoriya faqat o'sib boradi, va demak elektron tijorat rivojlantirish va elektron biznes yuritish uchun imkoniyatlarni kengaytirib boradi, bu esa elektron tijoratda yangi texnologiyalarni paydo bo'lishiga olib keladi.
Elektron tijorat texnologiyalarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun iste'molchilarning fel-atvori va O'zbekiston sharoitida biznes yuritish o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish zarur hisoblanadi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, hatto ideal holatdagi istiqbolli xorij biznes- modellari ham transformatsiyalar amalga oshirilmasa O'zbekistonda tegishli samara bermaydi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki elektron tijoratning zamonaviy texnologiyalari yangi imkoniyatlarga ega bo'lib jamiyat, biznes, iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini ochib beradi. Elektron tijoratda biron-bir yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi jamiyatning evolyutsiyasiga va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Raqamli transformatsiya; yangi biznes modellari; virtuallashtirish, bulut texnologiyalarning keyingi evolyutsiyasi asosida infratuzilma yechimlarini rivojlantirish jahon trendlari hisoblanadi. Bularning barchasi yangi bozorlarning paydo bo'lishiga, an'anaviy biznes modellarining o'zgarishiga olib keladi va oqibatda elektron tijoratning yangi texnologiyalari yaratiladi.
Internet-reklamaning rivojlantiriliishi elektron biznesga reklama orqali pul topish imkonini berdi, ya'ni, “reklama xarajatlari” modelini “reklama daromadi” modeliga aylantirildi. Bugungi kunda o'z biznesini internetda qurib olgan kompaniyalar, aslida, reklamadan sarflanganidan ko'ra ko'proq foyda oladi. An'anaviy, reklamadan faqat reklama agentliklari foyda oladi. Biznesmenlar nafaqat moddiy mahsulotlar, balki elektron va raqamli mahsulotlarni ham sotish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Elektron iqtisodiyot biznes uchun biznes-analitikani tezkor tahlil qilish asosida yangi g'oyalarni izlash imkoniyatlarini ochib berdi va mijozlar bilan tezkor teskari aloqa o'rnatish imkonini berdi, bu esa kompaniyalarga potentsial mijozlarning innovatsion talablariga javoban reaktiv ravishda e'tibor qaratishga imkon beradi. Messenjerlar, internet- qidiruv, internet-reklama, internet-savdo, elektron kouching (murabbiylik), elektron ta'lim va shunga o'xshash yangi bozorlar paydo bo'ldi
Elektron tijorat texnologiyalari biznes va yangi bozorlarni rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berishi bilan bir vaqtda yuqori tezlikda va shu bilan birga yangi texnologiyalarning paydo bo'lishi bilan bog'liq
tahdidlarni ham keltirib chiqaradi, bu esa bir tomondan biznesni tezkor rivojlantirishga yordam beradi, boshqa tomondan, texnologiya har doim nusxa olish va ko'chirish osonligidan yasama-kompaniyalar (klon) paydo bo'lishi uchun sharoit yaratadi.
Internet va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari tufayli innovatsion mahsulotlarning hayotiy sikli qisqarib boradi, bu mashhur ishlab chiqaruvchi va ishlab chiquvchilar o'rtasida yangi smartfon modellar, iqtisodiy manfaatlar (elektron biznes, kompaniyalarning kapitallashuvi, kraudfonding) kompyuter texnologiyalari (mobil tijorat, Internet, bilan qamrab olish, medogeneratsiya texnologiyalari kraudsorsing) kompyuterlar, yangi mobil ilovalar kompyuter o'yinlarining yangi versiyalarini bozorga kiritishda raqobatlashishi musobaqalarini ko'chaytirib yuboradi. Bunga shuningdek, yangi elektron tijorat texnologiyalarining paydo bo'lishini "hisoblab chiqish" qiyinchiliklari ham kiritilishi mumkin, ya'ni aniq bir sharoitlarda ular mavjud biznes tizimlarini buzib tashlash xususiyatiga ega bo'lgan buzg'inchi “innovatsion” texnologiyalar sifatida ham harakat qilishi mumkin. Va bu jarayonlarning tezligi qanchalik yuqori bo'lsa, murakkab va dinamik bozor muhitining tarixiy jihatdan xavfli deb hisoblanadigan, shu bilan bir vaqtda, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib beradigan texnologik tarkib tomonidan yaratilayotgan o'zgarishlarga e'tiborni tezkor jalb qilish zarur bo'ladi.



Download 2,86 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151




Download 2,86 Mb.