Internet marketingida savdo siyosati




Download 2,86 Mb.
bet116/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151
Bog'liq
bobur

Internet marketingida savdo siyosati


Savdo siyosati an'anaviy marketingning uchta asosiy - ayirboshlash va transaksiyalar, hamkorlar o'rtasidagi munosabatlar va xaridorlar bilan o'zaro hamkorlik tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi. Biroq, virtual o'ziga xoslik ularni yanada yangi tarkib bilan to'ldiradi:

  1. Ayirboshlash va transaksiyalar. Marketingning klassik nazariyasiga ko'ra, har qanday tijorat faoliyatining asosida ayirboshlash yotadi. “Insonlar o’z talab va ehtiyojlarini qondirishni ayirboshlash vositalari orqali hal qilishi lahzasida marketing paydo bo’ladi” deb ta'kidlaydi F.Kotler.

Marketing nazariyasida transaksiya deganda “ikki yoki undan ortiq
tomonlar o’rtasidagi qiymatlar almashinuvi” tushuniladi.


6 Marketing-miks (marketing mix model) – kompaniyaniing o'z mahsulotlarini harakatlantirish uchun tadbirlarda foydalanidigan marketing vositalari to'plami, marketing majmuasi deb atash ham mumkin. Bu tushuncha birinchi marta 1964 yilda Nel Borden tomonidan nashr etilgan “Marketing-miks kontseptsiyasi” nomli maqolasida paydo bo'lgan.
7 Dastlab marketing majmuasi faqat 4 asosiy elementni o'z ichiga olgan: mahsulot,narh, savdo joyi vamahsulotni harakatlantirish. Bunday marketing miks 4P bazviy model deb ataladi: product,price, pace, promotion. Raqobatni murakkablashuvi bilan 4P modelga ham dastlab 5P model, so'ngra 7P model deb o'zgartirish kiritilgan.
Demak, marketing transaksiyasi, agar bitimda ishtrok etayotgan tomonlarning qadriyat, talab va manfaatlari bir-biriga mos kelsagina amalga oshishi mumkin bo'ladi. internet-marketingda yakuniy mahsulot mahsulot hisoblanmaydi, balki, yakuniy mahsulot to'g'risidagi axborot ko'rinishidagi virtual tasviri (obrazi) yakuniy mahsulot hisoblanadi. Moddiy mahsulotlardan farqli o'laroq, bu obraz cheksiz nusxalanishi va har bir salohiyatli iste'molchiga manzilli etkazilgan bo'lishi mumkin. aynan shu obraz xaridga to'lovni amalga oshirgandan so'ng moddiylashgan holda sotish-sotib olish ob'ekti hisoblanadi.
An'anaviy marketingda savdo infratuzilmasi yetkazib berish bo'yicha qarzdorlik, mahsulot zaxiralari, savdo bozori xususiyati va yetkazib beruvchilarning muqarrar muammolari to'plamini ifoda etadi. Agar mahsulotlar vositachilarga oldindan to'lov bo'yicha yetkazib berilsa, vositachilar cheklangan miqdordagi mahsulotga buyurtma beradi, chegirmalarni ko'paytirishni talab qiladi va raqobatchi tomon bilan oson muloqatga kirishadi. Agar mahsulotlar konsignatsiya bo'yicha berilgan bo'lsa, unda vositachilarda mahsulot ortiqchaligi yuzaga keladi, mahsulot aylanmasi sekinlashadi va yetkazib berishga to'lovni amalga oshirish bilan bog'liq muammolar boshlanadi. Shu bilan birga, savdo kanalining har bir darajasi yetkazib berishning masofasi va geografik bozorning monopollashtirilganlik darajasiga bog'liq holda rentabellikni minimaldan cheksizgacha bo'lgan savdo qo'shimchasini qo'shib boradi.
Masofa elektron tijorat muhitida o'z ahamiyatini yo'qotadi va savdo
infratuzilmasi (ulgurji va chakana bo'g'in) savdo tarmog'idan chiqib ketadi. Qachonki vositachi aynan mahsulot bilan emas, balki bu mahsulot to'g'risidagi axborotlar bilan ish olib borganda P.Doyl ta'kidlagan “mahsulotdan axborotlarni ajratib olinishi” amalga oshadi. Natijada, savdo kanalidagi mahsulotlar oqimi o'z o'rnini axborot oqimlariga bo'shatib berdi, mahsulotlarni harakatlantirish esa mahsulot to'g'risidagi ahborotlarni harakatlantirishga o'z o'rnini bo'shatib berdi.
Shuning uchun, internet-marketingdagi savdo siyosatining asosiy funktsiyasi mahsulotlarni an’anaviy kanallar orqali sotishni tashkil etish emas, balki, virtual savdoni tashkil etish uchun tarmoqning kommunikattsiya imkoniyatlaridan foydalanishni ko’zda tutadi.
Agar internet-marketingda ombor va transport infratuzilmasining ahamiyati avvalgidek qolsa, savdo infratuzilmasi (peshtaxtalar, ko'rgazma zallari, sotuvchilar va boshqalar) elektron kataloglar va prays-sahifalar bilan muvaffaqiyatli almashtiriladi. Agar etarli darajada logistika ta'minoti mavjud bo'lsa, bu sotuvchilarga savdo zanjirining boshqa uchidagi xaridorlarga maksimal assortimentda va minimal xarajatlar bilan mahsulot taklif qilish imkoniyatini beradi.


  1. Download 2,86 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internet marketingida savdo siyosati

Download 2,86 Mb.