Hamkorlar o’rtasidagi munosabatlar




Download 2,86 Mb.
bet117/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151
Bog'liq
bobur

Hamkorlar o’rtasidagi munosabatlar. Elektron tijoratning rivojlanishi internet-marketingda nafaqat savdo siyosatining o'zgarishiga, balki, savdo tizimi ishtirokchilarining o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'zgarishiga ham olib keladi. Bu “salohiyatli yetkazib beruvchilarni aniqlash va ular bilan eng kam xarajatlarga olib keluvchi shartlarni kelishib olish imkoniyatini beradigan vositalar” deb tushuniladiga. E- sorsing tufayli savdo funktsiyalari va buyurtmalarni taqsimlashni amalga oshirish oxir-oqibat menejment sohasidan marketing sohasiga o'tadi.

Transformatsiyaning bu qadar chuqurlashib ketishi o'z navbatida marketingning ba'zi asosiy vositalarining mazmuni va funktsiyalarini tubdan qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Avvalo, bu transformatsiya reklamaga ta'sir ko'rsatdi. Elektron tijorat tarmoqdagi reklama faoliyati mohiyatini kommunikativ mazmundan marketingning savdo funktsiyasiga aylantiradi.
Ananaviy marketingda reklama vositachisi - mahsulot to'g'risidagi axborotlarni potentsial iste'molchilarga yetkazib berishda haq evaziga vositachilik hizmatlarini taqdim etuvchi shaxs. Shu bilan birga, reklama vositachilari reklama kampaniyalarining samaradorligidan manfaatdor bo'lmaydi. Bugungi kunga qadar, an'anaviy reklamaning samaradorligi olib borilgan chora-tadbirlar natijasida savdoning o'zgarishini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bilan emas, balki, asosan har qanday ko'rib chiqishlar soni, auditoriyani qamrab olinishi, taqdimotlar chastotasi va shu kabilar bilan baholanib kelingan.
Internetning kommunikatsiya kanalidan mahsulotlar savdosi kanaliga tranformatsiya qilinishi bilan vaziyat tubdan o'zgardi. Elektron tijoratda yetkazib beruvchilarga reklama yoki savdo vositalari bilan shug'ullanishning zaruriyati yo'q. Yetkazib beruvchilar uchun savdo muhim. Bu bir vaqtning o'zida yangi gibrid ko'rinishdagi reklama va marketing funktsiyalarini
bajaradigan vositachilarning paydo bo'lishiga olib keldi. Ammo reklama faoliyati savdoga nisbatan ikkinchi darajali bo'lganligi sababli, keyinchalik marketin tarkibiga shunchaki qo'shilib ketdi.
Yangi vositachilar o'z xizmatlari evaziga savdo chegirmasini olish bilan bir qatorda, o'zida mahsulot mavjud bo'lmagan holda Internetda yetkazib beruvchilarning mahsulotlarini sotishning institutsional huquqiga ega bo'ldi. Ular endi mahsulot zaxiralari va yetkazib beruvchilar bilan bog'liq aylanma xarajatlarni yaratmaydi, yetkazib beruvchilar kafolati ostida mahsulotlarning virtual tasvirlarini targ'ib qilish (reklama qilish) asosida o'zaro raqobatlashadi. Ularning auditoriyasiga geografik jihatdan cheklov mavjud emas, takliflar maqsadli auditoriyaga yo'naltirilgan bo'ladi. Aynan ular bugungi kunda o'zida internet-marketingning elektron savdo kanallarini aks ettiradi.
O'z navbatida, yetkazib beruvchilar internet-vositachilar vositasida nafaqat bepul savdo infratuzilmasi, aylanmani tezlashtirish va bozor konyunkturasi to'g'risidagi axborotlar manbaasiga, balki, bir vaqtni o'zida mahsulotlarni harakatlantirish (reklama) imkoniyatiga ham ega bo'ladi. Bunday harakatlantirishga savdo chegirmalari bilan haq to'laydi. Biroq, an'anaviy reklamadan farqli o'laroq, bunday to'lov savdo ko'rsatkichlariga qat'iy bog'liq va savdo ko'rsatkichlari o'z-o'zidan vositachilarning tadbirkorligiga bog'liq bo'ladi.
Bu internet-marketingda tomoyil jihatdan muhim tendentsiya hisoblanadi. Elektron tijorat savdo hamkorlari o'rtasidagi integratsiyani kuchayishiga olib keladi, bu nafaqat mahsulotlarni kontragentlarga sotish vakolatini berishda, balki bu savdo uchun javobgarlik vakolatida ham namoyon bo'ladi. An'anaviy marketingda esa bu mumkin bo'lmagan.


  1. Download 2,86 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamkorlar o’rtasidagi munosabatlar

Download 2,86 Mb.