Xaridorlar bilan o’zaro hamkorlik




Download 2,86 Mb.
bet118/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151
Bog'liq
bobur

Xaridorlar bilan o’zaro hamkorlik. Sotuvchi va xaridorlar munosabatlaridagi internet-marketing bilan bog'liq o'zgarishlar internet- texnologiyalarning mahsulotlarni harakatlantirish kanali ishtirokchilari va xaridorlar o'rtasidagi o'zaro interfaol hamkorlikka imkon berishiga asoslanadi. Kompyuter texnologiyalari bozor to'g'risidagi axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilishni avtomatlashtirish, mahsulotlarni yetkazib berish bo'yicha tezkor teskari aloqani o'rnatish imkonini beradi.

Marketingning an'anaviy nazariyasi marketing faoliyatini tashkil etishda marketingni mutlaqo qarama-qarshi bo'lgan yondoshuvlar bilan
farqlanadigan ikki ko'rinishini ajratadi. Bu yondashuvlar potentsial xaridor bilan o'zaro hamkorlik tamoyil va mexanizmlarini aniqlab beradi.
Birinchi ko'rinish, iste’molchilarga mo’ljallangan marketing, xaridorlarda mahsulotlarning haqiqiy sifati to'g'risidagi zarur axborotlarning mavjud emasligi bilan tavsiflanadi. Iste'molchilar mahsulotlarga emas, balki mahsulotlarni o'z tajribalariga asoslangan holda qabul qilarlik tasavvuriga amal qiladi. Bundan reklama va RR8 targ'ibiga o'xshash bo'lgan usul va shakllarning ustuvorligi kelib chiqadi.
Ikkinchi ko'rinish, sanoat marketingi, xaridorlarning aynan mahsulot to'g'risida bo'lmasa, u holda undan foydalanish xususiyatlari to'g'risidagi batafsil bilimga ega bo'lishi bilan tavsiflanadi.Bu yerda sotuvchining raqobatdoshlik ustunligi mahsulotning texnologik jihatdan takomillashganlik darajasi bilan belgilanadi va to'g'ridan-to'g'ri sotish mahsulotlarni harakatlantirishning asosiy usuli hisoblanadi.
An'anaviy marketingda marketing kommunikatsiyalari ikki holatda ham marketingning asosiy vositasi bo'lgan. Ammo, internet-marketingda kommunikatsiyalar quyidagi sabablarga ko'ra o'z ahamiyatini yo'qotadi:

    1. individual iste'molchilar mahsulot va undan foydalanish (shu jumladan salbiy) to'g'risidagi batafsil axborotlarni barchani kirishi mumkin bo'lgan maxsuslashgan internet-forumlardan olishi mumkin va mahsulotlarni reklama qilish o'z dolzarbligini yo'qotdi;

    2. sanoat iste'molchilariga aniq raqobatdosh takliflar va mavjud barcha bozorlardagi qo'shimcha axborotlarni tezda olish imkoniyati paydo bo'ldi, bu esa savdo vakillarining yuzma-yuz tashrifiga zaruriyat qoldirmaydi.

An'anaviy savdo zanjirida nafaqat haridorlar, balki ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) ham iste'molchi talablarining holati to'g'risidagi marketing ahborotlarini to'plash uchun cheklangan imkoniyatga ega bo'lgan. Chakana sotuvchilar aniq bir ishlab chiqaruvchi uchun bunday keng ko'lamli axborotlarni to'plashdan manfaatdor bo'lmagan. Ularning assortimentida minglab buyumlar bo'lganligidan ular har bir yetkazib beruvchi uchun bozor va raqobatchilar to'g'risidagi marketing axborotlarini to'plashga jismonan qodir bo'lmagan.


8 PR (public relations) mahsulot to'g'risida ijobiy ta'surot qoldirish va qadrini oshirish maqsadida olib boriladigan tadbirlar majmuasi.
Ko'rsatilgan muammolarni vakolatli dilerlar tizimi, maxsus chegirma va boshqa imtiyozlar evaziga qisman hal qilish mumkin. Bunday holda, eng namunaviy sotuvchilar yetkazib berishning maxsus shartlari evaziga yetkazib beruvchiga iste'molchilar va raqobatchilar to'g'risidagi axborotlarni taqdim etishi mumkin. Biroq, yetkazib beruvchilarni kontragentlardan olgan bozor to'g'risidagi axborotlarning ishonchlilik va tezkorlik darajasi savdo kanallarining uzunligi bilan teskari bog'liqlikka ega bo'ladi.
Elektron tijorat vaziyatni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar foydasiga keskin ravishda o'zgartirdi. Mahsulotlar vositachilar orqali oxirgi iste'molchiga sotilayotganiga qaramay, savdo kanallari masofasi sezilarli darajada qisqartirildi va ishlab chiqaruvchi uni to'liq nazorat qilish imkoniga ega bo'ldi. Mahsulotlar savdo vositachisi tomonidan sotilgan va logistik vositachi tomonidan yetkazib berilgan holatda ham yetkazib beruvchi savdo jarayonini tashkil qiladi va savdo to'g'risidagi barcha axborotlarni o'zi oladi.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xaridorlar bilan o’zaro hamkorlik

Download 2,86 Mb.