III. Internet-marketingda mahsulot siyosati




Download 2,86 Mb.
bet121/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   151
Bog'liq
bobur

III. Internet-marketingda mahsulot siyosati. Marketing nazariyasiga ko'ra, mahsulot “inson ehtiyojlari yoki talablarini qondirish uchun taklif etish mumkin bo’lgan barcha narsalar bo’lishi mumkin.... Moddiy mahsulotlarning qiymati ularda egalik qilishda emas, balki muayyan ehtiyojlarni qondirish xususiyatida bo’ladi”. Shuning uchun, mahsulot siyosatining ahamiyati marketingda mahsulot oxirgi xaridorining talablarini qonoatlantirish prizmasi orqali ko'rib chiqiladi. Xaridorlarning
talabi mahsulot sifati, assortimenti, yetkazib berish tezligi va marketing majmuasi elementining boshqa komponentlari bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, internet-marketing xaridorlarga tranzaksion xarajatlarni tejash bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha imtiyozlarni taklif etadi. Bu xarajatlar mahsulot yoki bu mahsulot to'g'risidagi axborotlarni izlash va tanlashga sarflanadigan vaqtinchalik xarajatlar yoki mahsulotni yanada qulay takliflar mavjudligi sharoitida yuqori narxlarda shoshilinch qimmatroq sotib olish natijasida yo'qotiladigan moliyaviy mablag'lar bilan bog'liq bo'ladi. Transaktsiya xarajatlarining pasayishi tufayli, bir tomondan, xaridorlarga katta tanlov erkinligi ta'minlanadi, boshqa tomondan, mahsulot taklifining jozibadorligi oshadi.
Internet-marketingning transaksion xarajatlarni kamaytirishdagi
ustunligi asosida “individual marketing konseptsiyasi” deb nomlangan yangi konseptsiya shakllantirildi. Bu konseptsiyaga binoan, savdoda katta samaradorlikka yuqori darajadagi individuallashtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni interfaol kommunikatsiya orqali taklif qilish bilan erishiladi. Nafaqat har bir xaridor kompaniya uchun qadr-qimmatga ega, balki uning ehtiyojlarini namunali tarzda qondira oladigan kompaniyaning ham qadr- qimmati baland bo'ladi. Bunday kompaniyaning mahsulot va xizmatlaridan voz kechilishi xaridorning yangi sotuvchi bilan munosabatlarni o'rnatish uchun vaqt yo'qotishi va otiqcha harakatlar (bitim xarajatlari) qilishiga olib keladi.
An'anaviy marketingda xaridorning transaksiya xarajatlarini
kamaytirishni marketing asosi sifatida taklif etish imkoniyati mavjud bo'lmagan. Xaridorlar marketing axbortlarini to'plash va raqobatbardosh takliflarni taqqoslash uchun vaqt va imkoniyatga ega bo'lmagan.
Internet orqali esa bunday axborotlarni qiyinchiliksiz bir necha daqiqa ichida topish mumkin. Buning natijasida elektron tijoratda mahsulot taklifining individual parametrlari asta-sekin “boshqa holatlarga teng” toifasiga o'tadi, savdo sharoitlari esa takomillashgan raqobat sharoitlariga yaqinlashadi. Mahsulot bozorda bor yoki yo'q bo'lishi mumkin. Bundan xulosa qilib, mahsulot siyosati asta-sekin o'zining birinchi darajali marketing ahamiyatini yo'qotib bormoqda. B. Doyl ta'kidlaganidek: “Zamonaviy iqtisodiyotda xizmat ko’rsatish sohasi ishlab chiqarishdan ikki baravar ko’p va nisbatan tez o’smoqda”.
Internet-marketingda mahsulot siyosati mazmun-mohiyatining transformatsiyasi amalga oshadi. Internet-marketingda mahsulot siyosatining asosiy instrumenti bo'lgan assortimentni boshqarish o'rniga “kommunikatsiyani individuallashtirish va kostomizatsiya9” kirib keldi. Raqobatlashish mahsulot ishlab chiqarish va taklif sohasidan savdoni axborotli va logistik qo'llab-quvvatlash sohasiga o'tib boradi.
Bu erda xizmatlar marketingi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Undagi avvaldan mavjud bo'lgan “ichki marketing” tushunchasining maqsadi F.Kotler ta'kidlaganidek: “mijozlarga aynan ular mamnun bo'ladigan mahsulot va xizmatlarni taklif etishda xizmatchilarga yordam berishdan iborat”. Boshqacha aytganda, ichki marketing kompaniyaning bozor talablariga adekvatlik darajasini oshirish maqsadida kompaniya ichiga yo'naltirilgan bo'ladi.
Elektron tijorat o'z mazmuniga ko'ra internet-marketingda marketing vakolatlarini taqsimlash xususiyatlarini belgilab beradigan xizmatlar sohasiga taalluqli. Agarda, mahsulot marketingida marketing bo'limi mahsulotni sotishda marketing funktsiyalarining katta qismini bajarsa, xizmatlar sohasida, aksincha, bu ulush ahamiyatsiz qismiga to'g'ri keladi. Asosiy marketing funktsiyalari mijozlar bilan bevosita o'zaro hamkorlikda bo'ladigan xodimlar zimmasiga yuklatiladi. Internet-marketingning xizmat ko'rsatish marketingidan asosiy farqi kompaniya ichki xodimlari funktsiyalarini tashqi savdo vositachilari tomonidan bajarilishi hisoblanadi. Ular mutlaq mustaqillikka ega va har biri o'z faoliyati sohasida iste'molchilarga individuallashgan xizmatlarni taqdim etadi.
Internet-marketingda mahsulot siyosati xaridorga virtual bozor taklif etadigan katta assortimentdagi mahsulotlarga ehtiyoj yo'qligiga asoslanadi. Xaridor o'zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondira oladigan aniq parametrlarga ega aniq mahsulotni izlaydi. Sotuvchining vazifasi - nafaqat maksimal assortimentdagi mahsulotlarni taklif qilish, balki, har bir xaridorning individual ehtiyojlarini hisobga olishdan iborat, ya'ni, boshlang'ich nuqta taklif emas, talab hisoblanadi. Demak, vositachilar yetkazib beruvchilar emas, balki, xaridorlarning manfaatlariga muvofiq faoliyat olib borishi zarur.


9 Kastomizatsiya – inglizcha customer –mijoz, iste'molchi) umumqabul qilingan ma'noda – bu ommaviy mahsulotni qo'shimcha elementlar yoki aksessuarlar qo'shish yo'li bilan iste'molchining aniq buyurmasi asosida tayyorlash
Shu sababli, ommaviy talabdagi oddiy mahsulotlarni Internetda sotish murakkab kechishi bejiz emas. Mahsulot aniq bir xaridorning ehtiyojlariga qarab individuallashtirilishi kerak. Boshqacha aytganda, an'anaviy savdoda qandaydir parametrdagi mahsulotni taklif qilish xaridor talabini qondirmasligi mumkin. Shu sababli, internet-marketing ko'p bo'lgan mahsulotlarni emas, balki, aynan xaridorgir bo'lgan mahsulotlarni eng samarali targ'ib qiladi. Xaridor Internetga o'ziga zarur bo'lgan mahsulotini tez va minimal transaksiya xarajatlari bilan topish uchun kiradi. Elektron savdoda ko'p mahsulot taklif qiladigan emas, balki, aynan xaridorlar tomonidan talab qilinayotgan mahsulotni taklif qila oladigan shaxs peshqadam sotuvchi hisoblanadi.
Mahsulot taklifini individuallashtirilishi natijasida marketing
faoliyatining umumiy yo'nalishini o'zgartirilishiga olib keladi. Mahsulotlarni taklif qilayotgan logistik vositachilar yetkazib beruvchi bilan xaridor nomidan munosabatga kirishgan holda bozor talabining holati to'g'risidagi axborotlar egasiga aylanadi. Mahsulotlarni yetkazib beruvchi nomidan sotish bilan birga, maqsadli auditoriyadagi iste'molchi talablarini imtiyoz va chegirmalarga ayirboshlaydi.



    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Internet-marketingda mahsulot siyosati

Download 2,86 Mb.