|
Ta’minot zanjirida dropshipping
|
bet | 129/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq bobur
Tarmoqli iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar talabiga samarali ta'sir ko'rsata olishi mumkin emas, bozorning barcha ishtirokchilari axborotlardan teng huquda foydalana oladi va taqsimlash kanallari maksimal darajada qisqa. Virtual elektron tijoratning virtual muhiti raqobatchilarning marketing imkoniyatlarini tenglashtirganligidan.
Shuning uchun, mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil etish usuli sifatida dropshippingga e'tiborni qaratish xo'jalik faoliyati ustuvorliklarini tubdan o'zgartirishni ko'zda tutadi. A. Alchian tomonidan ta'kidlangani- dek “prognoz aniq bo’lmagan joyda harakatlarni boshqarish tamoyili sifatida foydani maksimallashtirish ma’noga ega emas”. Foydani ko'paytirishga intilishni o'rniga savdoni optimallashtirishga intilish keladi, bozordan ulush olish uchun kurash sifatidagi raqobat o'rniga - bozor sharoitlariga moslashish sifatidagi raqobat kirib keladi.
Tarmoq iqtisodiyotida ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish taktika va strategiyasini belgilashda institutsional yetakchiligini yo'qotadi. Taktika va strategiyani talab orqali tashqi (bozor) muhit aniqlab beradi.
Yondashuvning tub yangiligi bugungi kunda unutilgan neoklassik nazariya formulasida yotadi: “agar mahsulot foyda keltirmasa uni ishlab chiqarish ma’qul emas”. Bu yerda birinchi o'rinda talab turadi. Agar an'anaviy iqtisodiyotda bunday munosabatlar modelini boshqarib bo'lmaydigan uzun ta'minot zanjiri tufayli amalga oshirishning iloji bo'lmagan bo'lsa, dropshipping bu cheklovlarni olib tashladi. Dropshppingda bozor va hamkorlarni tom ma'noda boshqarish mumkin emas. An'anaviy iqtisodiyotda ishlab chiqaruvchi savdo hamkorlari, uzoq muddatli shartnomalar va yirik ta'minot bilan shug'ullanadi. Dropshippingda esa to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilar bilan, bir martalik bitimlar va ko'plab mayda xaridlar bilan shug'ullanadi.
Internet masofalarni tenglashtirganligi sababli xatto bozorining geografik chegaralarini aniqlash ham mumkin emas. Bu yerda mahsulotlar sifati to'g'risidagi reklamalar berish yordami bilan iste'molchilarga ishonchsiz axborotlar berishning ham imkoni yo'q, Internetdagi jamoat forumlari va bloglar yordamida bunday urinishlarga darhol e'tibor qaratiladi.Bu yerda kontragentlarga ustunlik berish orqali raqobatdosh takliflarni cheklash ham mumkin emas, Internet barcha foydalanuvchilarga
axborotlardan teng foydalanish huquqini beradi. Va eng muhimi, foydani prognoz qilish hamda tushumni ko'paytirish ham mumkin emas, chunki xaridlar ko'pincha o'z-o'zidan paydo bo'ladigan tasodifiy tavsifga ega hisoblanadi.
Bularning barchasi ishlab chiqaruvchilarning bozor, hamkorlar va savdoni boshqarish istagini rad etadi. “Ta’minotlar yordamchi funktsiyadan kompaniya vakolatlarining asosiy sohasiga aylanadi. Ularning so’rovlarga javob berish xususiyatining tezligi va sifati, shuningdek, sotishdan keyingi xizmatlarni ko’rsatish kompaniyaning yangi brendi va raqobatbardoshlik reytingini shakllantiradi” [108, 79 b.]. Shuning uchun savdoni tashkil etish jarayoni bir nechta bosqichlarni o'z ichiga oladi: tijorat taklifini tayyorlash, xizmat ko'rsatishi provayderlariga murojaat (internet reklamadan tortib logistikagacha) va mahsulotlarni jo'natish. An'anaviy marketing hamda u bilan bog'liq infratuzilma o'z dolzarbligini yo'qotadi va ulardan voz kechish tranzaksion xarajatlarni sezilarli darajada tejashga imkon beradi [58].
Ishlab chiqaruvchilar, dropshipperlarni elektron savdolarga jalb qilib,
nafaqat daromadlarni ko'paytirib kelmoqda, balki, o'zlarining tijorat risklarini ham kamaytiradi. Asosiy xulosa shundan iboratki, bozor talab qilingan miqdordagi mahsulotni va aynan bu mahsulotlarga talab bo'lgan joyda singdira oladi. Shu sababli, ta'minotni tashkil qilishda yetkazib beruvchining virtual taklifi bilan bozorni maksimal darajada qamrab olishga imkon beradigan vosita sifatida dropshipping birinchi o'ringa chiqadi.
Hech bir an'anaviy sotuvchi mahalliy bozorga kirish samaradorligi bo'yicha an'anaviy bozor usullarida dropshipperlar bilan raqobatlasha olmaydi. Faqat dropshippinggina ta'minot hajmi bilan mahalliy bozor hajmi mosligini ta'minlashi mumkin. An'anaviy iqtisodiyotda bu muammoni hal qilish katta riskka ega, chunki bozor talabi hajmi va mahsulot-moddiy zahiralar hajmini har doim noto'g'ri aniqlash extimoli mavjud bo'ladi.
Dropshoping savdosida “kechiktirilgan talab” tushunchasi mavjud emasligi tasodif emas. Dropshipping har doim “shu erda” va “bir zumda” toifalari ishlaydi. Dropshipperlar xaridor bilan bitim tuzishni tugatishi bilanoq mahsulot uchun to'lov darhol qisqa muddatda mahsulotni yetkazib beradigan yetkazib beruvchining hisob raqamiga kelib tushadi.
Shu bilan birga, dropshippingdan foydalanish ishlab chiqarish korxonasining aylanma mablag'larini boshqarish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Ta'minotni boshqarishning an'anaviy modeli bir necha o'zgaruvchan omillarni hisobga olishni nazarda tutadi: ishlab chiqarish vaqti, kapitalning aylanish muddati, ishlab chiqarish hamda zahira kapitali hajmi va boshqalar.
Biroq, tarmoq iqtisodiyotida bu model iqtisodiy jarayonlarning ekzogen xususiyatiga e'tibor qaratmaganligidan deyarli amalda qabul qilarlik darajada emas. Faqatgina monopoliya sharoitidagina xaridor har qanday mahsulotni sotib oladi va ularning fikri ”boshqalar bilan bir qator”da e'tiborga olinishi mumkin. Elektron tijoratda aynan xaridorlar bozordagi talab hajmi, kapital aylanish tezligi va boshqalarni belgilab beradi.
Endogen modellar nafaqat tushuntira olmaslik, balki bozor munosabatlari ishtirokchilarining iqtisodiy xatti-harakatlarini haqiqatda aniqlab beradigan ekzogen omillarini ham e'tiborga olish xususiyatiga ega emas. Masalan, savdodan katta natijalarni olishni ko'zlash savdo vositachilarida (ulgurji va chakana sotuvchilarda) muqarrar ravishda mahsulot zahira hajmining zarur bo'lmagan ortib ketishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchi mahsulotlarni jo'natar ekan, iste'molchilarning talabi bilan shug'ullanayotganini tahmin qiladi va ishlab chiqarish hajmini oshiradi. Holbuki, bozor imkoniyatlari vositachilar tomonidan noto'g'ri baholangan. Real iste'mol talabiga mutlaqo aloqasi bo'lmagan bu savdo o'z-o'zidan barbod bo'ladi.
Boshqa bir misol. An'anaviy savdo zanjirida o'zning barcha hamkorlari bilan munosabatda ustuvor holatni ta'minlay olgan ishtirokchi ustunlik qiladi. Agar mahsulotlarni harakatlantirishda bunday ishtirokchi savdo vositachisi (ulgurji savdogar yoki chakana sotuvchi) bo'lsa, ishlab chiqaruvchi unga kredit mahsulotlarni berishga yoki mahsulotlarni konsignatsiya asosida jo'natishga majbur bo'ladi. Bu esa muqarrar ravishda ishlab chiqaruvchining tranzaksion xarajatlarining o'sishiga va mahsulot aylanmasining sekinlashuviga olib keladi, shuningdek, bu ham real iste'mol talabiga hech qanday aloqasi bo'lmaydi.
Dropshippingdan foydalanish nafaqat savdo hamkorlarga bog'lanib qolishdan, balki iste'molchilarning hulq-atvori va talabini murakkab ko'p
omilli tahlilini olib borish zaruriyatidan ham halos bo'lishga imkon beradi. Bunga zaruriyat bo'lmaydi. Dropshippingda ta'minotda uzluksizlikni ta'minlash uchun, masalan, mahsulot ishlab chiqarishning kunlik hajmiga teng bo'lgan minimal mahsulot zahirasiga ega bo'lish kifoya qiladi.
Dropshippingning asosiy afzalligi yirik xaridor yoki kontragentlar bilan bitimlarning beqarorligi tufayli kompaniya uchun noxush holat hisoblanadigan ishlab chiqarish va savdoning nomutanosibligi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etishdan iborat. Masalan, ertaga katta portiyadagi mahsulot yetkazib berilishi zarur, avvalgi oyda hech qanday yirik buyurtma amalga oshirilmagan, qachon bo'lishi ham umuman yangi buyurtmalar bo'lishi ham noma'lum bo'lgan.
Ko'pgina mayda bitimlar hisobiga, dropshipping ta'minotdagi me'yorsizlikni yumshatadi va vaqt davomida shunchaki sezilarsiz o'tib ketadi. Ishlab chiqaruvchi savdo dinamikasini kuzatib borishi asosida talab pasayishini tahmin qilgan holda oldindan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarmaydi. Dropshippingda bir martalik yirik ta'minotlarning afzalligi transport-taqsimlash xizmati provayderlarini jalb qilinganligi hisobiga me'yorlashtirib boriladi. Bunday xizmatlar ko'plab kichik buyurtmalarga ishlov berish ishlarini o'z zimmasiga oladi.
Dropshipping faqat bitimlarni kam ko'ringanligi sababli bir qarashda ishlab chiqaruvchilarga manfaatsizdek ko'rinadi. Darhaqiqat,bu yerda katta pratiyadagi mahsulotlarni sotish mumkin emas. Biroq, katta partiyaning yo'qligi ko'p miqdorda tuzilayotgan bitimlar soni bilan qoplanadi. Savdo hajmining an'anaviy ta'minot modeliga taqqoslanadigan bo'lsa, dropshipping mahsulot zahirasi mavjudligini ko'zda tutmaydi. Iste'molchining buyurtmasi to'g'ridan-to'g'ri yetkazib beruvchiga kelib tushadi.
Dropshippingda ta'minotni yanada samarali tashkil etish ishlab
chiqarish jarayonini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Buyurtmalarni bajarish tezligi birinchi o'ringa chiqadi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish sikli qanchalik qisqa bo'lsa, ishlab chiqaruvchining raqobatdoshligi shunchalik ortiq bo'ladi. Qaerda mahsulot katta partiyalarda jo'natiladigan, zahiralar savdo vositachilarida to'planib qolgan bo'lsa, o'sha joyda ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirishga o'ta zaruriyat mavjud bo'lmaydi. Shu ma'noda, dropshippingga ishlab
chiqarishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun muhim rag'batlantiruvchi omil sifatida qarash mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, dropshippingni keng qo'llanilishi mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. Bunga misol qilib bugungi kunda elektron tijoratda tan olingan yetakchi deb hisoblanadigan Xitoyda uyali telefonlarlarning sanoat ishlab chiqarishi tashkil etilganligini keltirish mumkin. Uyali telefonlar uchun elektron qismlar bir nechta tor ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadi, ulardan biri mikroprosessorlarni, ikkinchisi bosma elektron platalar, uchinchisi - oynasini ishlab chiqarish kabilarga ixtisoslashgan.
Shu bilan birga, uyali telefonlarni bevosita ishlab chiqarish ko'plab kichik korxonalar tomonidan tayyor elementlar bazasida amalga oshriladi. Faqat tayyor mahsulotning dizayni va nomi o'zgaradi. Bir tomondan, bunday hamkorlik kooperatsiya bozorni bir turdagi, ammo, dizayn jihatdan farq qiluvchi juda katta assortimentdagi mahsulotlar bilan ta'minlashga imkon beradi. Boshqa tomondan, element bazasini sanoat ishlab chiqaruvchilari keng ko'lamli ishlab chiqarishni buyurtmalar bilan ta'minlab bozor konyuktursi ta'siri ostidan chiqadi.
Yevropa, Osiyo va Amerika Qo'shma Shtatlarining an'anaviy uyali telefon ishlab chiqaruvchilar, bozorida bunday ustunlikka ega emas. Shu sababli, zarur moslashuvchanlik va moslanuvchanlik xususiyatiga ega bo'lmagan barcha katta ko'lamli ishlab chiqarish u yerdagi bozor konyukturasi o'zgarishlaridan zarar ko'rmoqda. Bu bozorda iste'molchilarning xohish-istaklarini sezilarsiz o'zgarishi, bir nechta kichik kontragentlarni emas, balki yirik korporativ ishlab chiqaruvchilarning ham butun ishlab chiqarish zanjirini xavf ostiga qo'yadi.
Albatta, dropshipping ham kamchiliklardan holi emas va uning faoliyat sohasi o'zining cheklovlarga ega. Dropshippingni qo'llash maqsadga muvofiq bo'lmagan va samarasiz bo'lgan quyidagi institutsional sharoitlar mavjud:
|
| |