Dropshippingning marketing xususiyatlari




Download 2,86 Mb.
bet127/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151
Bog'liq
bobur

Dropshippingning marketing xususiyatlari


Dropshipping o'zida institutsional nazariya marketing bilan juda yaqin hamkorlik qiladigan iqtisodiy faoliyat sohasini ifoda qiladi. Buning sababi marketing boshqaruv subektidan mustaqil ravishda mavjud bo'lgan
tashqi muhit bilan ish olib boradi. Dropshipping bu klassik institutsional bo'lmagan uslubiy, ya'ni, tashqi muhitda me'yoriy-xuquqiy tartibga solish bilan mustaxkamlanmagan umumiy qabul qilingan xatti-harakatlar modelini ifoda etadi.
Undagi shartnomalar odatdagi majburiyatlar yoki provayderlar tomonidan o'rnatilgan qoidalar bilan almashtiriladi. Yetkazib beruvchi xaridorlarga mahsulotlarni spesifikatsiya va savdo shartlariga muvofiq holda yetkazib berishni o'z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, xaridorlar mahsulot to'g'risidagi axborotga asoslangan holda to'lov yoki savdo provayderlari kafolati ostida avans to'lovlarini amalga oshiradi.
Dropshipping faoliyati tarmoq iqtisodiyoti va elektron tijoratning bir shakli sifatida, mahsulotlarni harakatlantirishning ananviy shakllari oldida bir qancha marketing ustunliklariga ega bo'ladi. Bu ustunliklar virtual muhitning institutsional xususiyatlari bilan bog'liq:

  1. Bitimlarni yuqori tezlikda amalga oshirish, Internet va kompyuter texnologiyalarning uzatish va axborotlarga ishlov berish texnik imkoniyatlariga asoslanadi. Dropshipping operatsiyalari logistika provay- derlari tomonidan birlashtiriladi (savdo maydonchalari, to'lov tizimlari va boshqalar bilan). Shu sababli, dropshippingni amalga oshirish uchun uzoq muzokaralar olibborish yoki rasmiy kelishuvlarni tuzish talab qilinmaydi.

  2. Bozorga kirish uchun kam to’siqlar, dropshipping savdoga to'siqlarsiz keng kirishni mavjudligiga asoslanadi. Dropshipperga ishongan omavviy iste'mol mahsuloti ishlab chiqaruvchilari uchun bu holat vositachilarning daromadlari uchun tabiiy cheklov bo'lib xizmat qiladi. Hech bir dropshipper mahsulotning yangiligi yoki o'ziga xosligidan foydalanib yuqori foyda chiqara olmaydi. Dropishingning mavjudligi sababli bozor darhol to'ldiriladi va deyarli mukammal raqobat sharoitida mahsulotlar xaridorlarga past narxlarda taklif etiladi.

  3. Bitimlarni hududsizligi, Internetning trans xududliliga asoslanadi.

Bu nafaqat dropshipping, umuman butun elektron tijoratning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Biroq, hududiy bo'lmagan bitimlar tufayli dropshipping ishlab chiqaruvchilarga alohida ustunliklarni beradi. Bu bozorlarni geografik joylashuvidan qat'iy nazar mahsulot taqsimlash tarmoqlarini tez va minimal xarajatlar bilan shakllantirishga imkon beradi.

  1. Bitimlarni avtomatlashtirilishi, sotuvchi va xaridorlarga bitimlarni bayram va dam olish kunlarisiz savdo xodimlaridan foydalanmasdan kunu-tun tartibida amalga oshirilishiga asoslanadi. Dropshippingdagi savdo shartlari tartiblashtirilgan va barcha xaridorlar uchun bir xil sharoit yaratiladi. Yetkazib beruvchi dropshipperdan buyurtma va to'lovni olgandan so'ng bitimni tugatish uchun guruhlangan mahsulotlar partiyasini manzilli tarqatishni amalga oshiradigan logistika provayderiga jo'natishni tashkil qilish talab qilinadi.

  2. Cheklanmagan axborot imkoniyatlari, Internetning ma'lumotlarni saqlash va uzatish xususiyatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchi buyurtmachini taklif etilayotgan mahsulotlarning xususiyatlari va qo'llash to'g'risida axborotlashtirish bo'yicha cheklovga ega emas. Internet tarmoqda mahsulot to'g'risidagi har qanday miqdordagi marketing axborotlarini (matnlar, videolar va hk) joylashtirishga imkon beradi.

  3. Kommunikatsiyaning interfaolligi, elektron kommunikatsiya xususiyatlariga asoslanadi. Bir tomondan, xodimlarga kommunikativ yuklanishini kamaytirgan holda mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtirishga imkon beradi. Eng ko'p tarqalgan savollar bo'yicha javoblarni mijozlarga va shaxsiy aloqadan bo'lmasdan etkazilishi mumkin. Boshqa tomondan, kommunikativ servislar (forumlar va bloglar) orqali xaridorlar o'rtasidagi shaxslararo muloqotni marketing axborotlari manbasiga aylantirish mumkin.


  4. Download 2,86 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   151




Download 2,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dropshippingning marketing xususiyatlari

Download 2,86 Mb.