D. X. Suyunov




Download 2,86 Mb.
bet128/151
Sana21.05.2024
Hajmi2,86 Mb.
#248346
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   151
Bog'liq
bobur

To’lovlar yuqori tezligi, Internetda elektron to'lovlar hususiyatlariga asoslanadi. Zamonaviy to'lov tizimlari bankka tashrif buyurmasdan, to'lov hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazmasdan va h.k. orqali deyarli butun dunyo bo'ylab pul o'tkazmalarini amalga oshirishga imkon beradi. Dropshipper xaridordan olingan buyurtmani mahsulolarnit haqiqiy sotuvchi qayta joylashtirishi uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi.

Tijorat faoliyatining hech bir an'anaviy shakli bozor sub'ektlari va iste'molchilarga shunga o'xshash qulayliklapni taklif qila olish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun, Internet elektron tijorat uchun shunchaki aloqa vositasi bo'lib qolmaydi. Boshqa iqtisodiy qonunlar tatbiq etiladigan fizik o'lchovga ega bo'lgan o'ziga xos marketing muhiti hisoblanadi.
Dropshippingning institutsional afzalliklari ortiqcha mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitida “ommaviy iste’mol mahsulotlari bozoriga yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan emas, balki chakana sotuvchilar eng katta ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lishi” bilan bog'liq. Elektron tijoratning rivojlanishi natijasida raqobatbardoshlik xulqi usullari o'zgardi. An'anaviy sotuvchilarning hududiy monopoliyasi o'tmishda qoldi. Endi qidiruv tizimiga kerakli mahsulot nomini kiritishi etarli va xaridor darhol butun dunyo bo'yicha o'nlab, hatto yuzlab raqobatdosh takliflarga ega bo'ladi. Mos holda, raqobat xizmat ko'rsatish, axborot va assortiment sohasiga qo'shilishib ketdi.
Bugungi kunda dropshippingning marketing salohiyati foydalanilgan
marketing usullari bilan emas, balki, ularning soni va ular tomonidan amalga oshirilgan bitimlar soni bilan belgilanadi. Bu elektron tijoratning o'ziga xos xususiyati natijasidir, bu haqda F. Kotler shunday fikr bildiradi: “An’anaviy marketingdan farqli ravishda, interfaol marketing asosan qaysi Web-saytga tashrif buyurishni, aynan qaysi mahsulotlar va qanday sharoitlarda qabul qilishi to’g’risidagi marketing axborotlarini o’zlari tanlaydigan odamlarga yo’naltiriladi. Interfaol marketing yangi dunyo, yangi marketing yondashuvlarni talab qiladi”.
Yangi yondashuvlar elektron tijorat usullariga o'tishda yuzaga kelgan institutsional o'zgarishlarga asoslanadi. Dropshipping llektron tijorat shakllaridan biri sifatida internet-marketing majmuasining standart vositalaridan foydalanadi:

  1. Internet-marketing majmuasining birinchi elementiga taaluqli tadbirlarni “Place” amalga oshirish - bu dropshipperlarni ajralmas huquqi hisoblanadi.Bu yerda yetkazib beruvchining imkoniyatlari juda cheklangan va buyurtmalarni qabul qilish va ishlov berish yagona logistik sxemasini qurishga keltiriladi.

Savdoni tashkil etish bo'yicha asosiy yuklanish dropshipper zimmasiga tushadi. Aynan dropshipperlar mahsulot harakati tizimining faol elementi sifatida ishlaydi. O'zlarining xavf-xatarlari ostida yangi maqsad bozorlarini, savdo maydonchalari, to'lov tizimlari va boshqalarni o'zlashtiradi. Maqsadli auditoriyaning tarmoq resurslariga kirishi eng kichkina dropshippingdagi ham savdoning bosh cheklovchisi bo'lib xizmat
qiladi. Shuning uchun, hatto eng mayda savdo dropshipperlar ham omadli vaziyatlarda ajoyib natijalarga erishishi mumkin.
Iste'molchilarga mahsulotlarni yetkazib berishni tashkillashtirishda dropshipperlarning ahamiyati juda kam. Ularning maksimal darajada bajara oladigan ishi xaridorlarga turli transport provayderlarning (masalan, pochta yoki transport kompaniyasi) xizmatlari tanlovini taklif qilishdir. Elektron tijoratda mahsulotlarni taqsimlash muammosini hal qilish logistika provayderlari bilan o'zaro hamkorlikda bo'lgan yetkazib beruvchilarning zimmasiga tushadi va yetkazib berishni tashkil etadi. Shu bilan birga, xaridorlar oldida aynan dropshipperlar virtual yetkazib beruvchi rolini o'ynab, o'z vaqtida xaridorga yetkazib berilishi uchun javobgar bo'ladi.
Dropshippengda mahsulotlarning taqsimlanishi o'rnini bosadigan
axborotlarning taqsimlanishi bozor raqobatining asosiy instrumenti sifatida ahamiyatga ega hisoblanadi. Gap reklama to'g'risida borayotgani yo'q. Xaridorlarning asosiy qismi aniq bir mahsulotni qidiradi va bundayvaziyatda mahsulotni kerakli joyda hamda kerakli vaqtda taklif eta olgan sotuvchi yutib chiqadi. Demak, dropshippingda savdo siyosatining bosh masalasi mahsulotlarni sotish to'g'risidagi takliflarni maksimal sondagi saloxiyatli iste'molchilari etkazishdan iborat.

  1. Dropshippingda internet- marketing majmuasining ikkinchi elementi “Price” raqobatbardoshlikni ta'minlashning muhim omili hisoblanadi. Xaridorlarning asosiy qismi arzonroq narxdagi mahsulotlarni topish maqsadida elektron tijoratga murojaat qiladi. Bundan tashqari dropshipperning narx birinchi o'rindagi marketing vositasi hisoblanadi, chunki, yetkazib beruvchi mahsulotlarni yagona chiqish narxlarida yetkazib beradi. Yetkazib beruvchining vazifasi taklif qilinayotgan mahsulot potentsial saloxiyatli dropshipperlar uchun jozibador bo'lishi uchun iste'molchilar fikridagi narx va o'zining sotish narxi o'rtasidagi adolatli farqni ta'minlashdir. Keyinchalik narx bo'yicha talabning egiluvchanligi qonuni kuchga kiradi va xarid (sotish) hajmi bozorda faqat iste'molchilar talablari bilan tartibga solinadi.

Dropshippingda iste'molchilarga chegirma va narxlar
diskriminatsiyasi juda kam uchraydigan hol. Bu dropshipping savdosibozorining mukammal raqobat shartlariga yaqinligi bilan
asoslanadi:bu yerda sotuvchilar ko'p va foyda mahsulotlar birligidagi narxlarni oshirishdan emas, balki, savdo hajmidan olinadi. Dropshippingda narxlarni o'ynatishni deyarli imkoniyatlari amaliy jihatdan mavjud emas. Agar dropshipperning raqobatchilari ko'p bo'lsa, unda ustama qo'shiladigan narx minimal darajada bo'ladi. Raqobatchilar kam bo'lsa biron-bir sababga ko'ra dropshipperning sotish narxi yetkazib beruvchining qo'ygan chiqish narxiga juda yaqin bo'ladi.

  1. Dropshippingda internet-marketing majmuasining uchinchi elementi “Product” ikkinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi. Buning sababi, dropshippinglar real mahsulotlarga ega emas va uning parametrlarini mustaqil ravishda belgilay olmaydi. Uning marketing imkoniyatlari savdo taklifini shakllantirish bilan cheklangan.

Nazariy jihatdan dropshipper mahsulotni aksessuarlar (masalan, xotira kartalari yoki batareyalar) bilan to'ldirish orqali o'zining taklif parametrlarini o'zgartirishi mumkin. Biroq, uning marketing ta'siri bozordagi boshqa ishtirokchilarning raqobatdosh xatti-harakati bilan tezda yo'qqa chiqariladi. Bir tomondan, ularning barchasi yetkazib beruvchilarning mahsulotlariga teng imkoniyatda qira oladi. Boshqa tomondan, xaridorlar mahsulot, uning xususiyatlari va raqobatdosh afzalliklari to'g'risida axborot olish uchun teng imkoniyatlarga ega (shu jumladan tematik forumlarda).
Yetkazib beruvchi mahsulotlar raqobati sohasida dropshipperga qo'shimcha imkoniyat bermaydi. Shu sababli, dropshippingda dropshipper emas, mahsulot xususiyatlari yetkazib beruvchining (ishlab chiqaruvchi- ning) marketing vositasihisoblanadi. Bozor mahsulot taklifining o'ziga xosligiga tayanadigan dropshipperning raqobatdosh ustunliklarini tezda yo'qqa chiqaradi.

  1. Internet- marketing majmuasini to'rtinchi elementi “Promotion” bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirish asosan mahsulot yetkazib beruvchi va kommunikatsiya provayderlarining (ishlab chiqaruvchilarning) huquqidir. Odatda, dropshipperlar ularning savdo hajmi juda ham ahamiyatsiz bo'lganligidan mustaqil reklama kampaniyalarini o'tkazish uchun moliyaviy imkoniyatga ega bo'lmaydi. Dropshippingda harakatlantirish funktsiyalarini manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilar va kommunikativ xizmatlar provayderlari amalga oshiradi:

- etkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar) – internet-auditoriyasda mahsulotning jozibali imidjini yaratish maqsadida;
- kommunikativ xizmatlari provayderlari – savdo umumiy ko'rsat- kichi va internet-resurslarga tashrif buyuruvchilar sonini ko'paytirish maqsadida.
Har ikkala holatda ham reklama kampaniyalari olib borilishida dropshipperlar faqat bilvosita manfaat oluvchi hisoblanadi. Ular marketing kommunikatsiyalarining tayyor vositalaridan foydalanib va mahsulotlarning allaqachon shakllantirilgan tasvirlaridan foydalangan holda savdoni amalga oshiradi.
Shu bilan birga, asosiy reklama funktsiyalari savdo maydonchalari, ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va internet-aloqalarning boshqa shakllari ishlashini ta'minlovchi kommunikativ xizmatlar provayderi tomonidan amalga oshiriladi. Ular xaridorlarni jalb qilish uchun mustaqil ravishda keng ko'lamli kampaniyalar o'tkazadi, shuningdek, dropshipperlarga mahsulotni harakatlantirishi uchun pullik marketing vositalarini taqdim etadi. An'anaviy reklamadan farqi shundaki, dropshipper reklama xizmatiga emas, balki, bu instrument parametrlarini provayder tomonidan belgilanadigan reklama vositasidan foydalanilganligi uchun, to'lov to'laydi.
Dropshipperlar ko'p hollarda PR-tadbirlar ijtimoiy tarmoqlar, kupon
xizmatlari va ko'rgazma zallarida ustun darajada qo'llaniladigan “Virusli marketing”dan foydalanadi. Biroq, virusli marketing dropshippingda ta'minlash etarlicha murakkab bo'lgan o'ziga xos savdo taklifini ko'zda tutadi. Shuning uchun, virusli marketingni dropshipping bilan bog'lashni noto'g'ri deb hisoblash mumkin.
Erkin raqobat va teng imkoniyatlar sharoitida birlamchi ma'nodagi marketing emas, balki, dropshipperning individual kompitenlik darajasi, amaliy bilim va malakasi dropshipping samaradorligining muhim omili hisoblanadi. Internet-marketing haridorga o'nii qiziqtirayotgan mahsulotlarni tezda topish va dropshipperga kerakli darajadagi ishonchni ta'minlashga imkon beradigan yordamchi ahamiyatga ega bo'ladi. Bu tarmoq iqtisodiyoti institutsional siklining joriy bosqichida bevosita marketing taqsimlash konseptsiyasi ustunligining natijasidir.
Dropshipperni bozorning tor maqsadli segmentlarida mahsulotlar savdosi bo'yicha xizmatlar provayderlari deb atash mumkin. Ularning raqobat ustunligining sababi juda ham samarali axborotlashganligi va to'g'ridan-to'g'ri savdoni tashkillashtirishda yirik vositachilarda mumkin bo'lmagan tajribaning mavjudligidir.
Iqtisodiy inqiroz va yalpi iste'mol talabining tushib ketishiga qaramay, virtual muhitda, aksincha holat, bozorning tor ixtisoslashgan segmentlarida mahsulot takliflari defitsiti mavjud bo'ladi.
Internet foydalanuvchilari turli katta tanlovdagi mahsulotlardan emas, balki juda aniq individual parametrli mahsulotlardan manfaatdor bo'ladi.
Dropshipperlar foydaga erishish yo'lida individuallashgan talab va individuallashtirilgan taklifni birlashtirib, bozorning eng tor segmentini topadi va o'z mahsulotlari bilan to'ldiradi. An'anaviy savdoda buni amalga oshirish bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Biroq, dropshipperning mahsulot zahirasida cheklanish bo'lmaydi. Virtual savdo- sotiqning afzalliklaridan foydalangan holda, dropshipper bozorga shunchaki har qanday mahsulotni emas, balki, real talab mavjud bo'lgan mahsulotlarni taklif qiladi. Aynan shu dropshipperning iste'molchi talabi indikatorining institutsional ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladigan asosiy marketing funktsiyasi hisoblanadi.
Dropshipping ishlab chiqaruvchilarga bozor talablariga haqiqiy
ma'noda optimal moslashib borishiga imkon beradi. Dropshipping muhitida axborotlarning ochiqligi tranzaksiya xarajatlarini minimallash- tirish orqali mahsulotlarning raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi. Dropshipperlar o'zini qiziqtirayotgan yetkazib beruvchini o'zi izlab topadi, ularning oldidagi majburiyatlari esa faqat mahsulotlar uchun to'lovni o'z vaqtida amalga oshirish. Bu shuni anglatadiki, dropshipperlar soni, amalga oshirilgan savdosining tarkibi va hajmi orqali bozordagi talab parametrlari va hajmini aniqlash mumkin.
Marketing nuqtai nazaridan, dropshipping yetkazib beruvchilarga, yoki qanday davlat yoki boshqa farqlaridan qat'i nazar har qanday bozorga alohida xarajatlarsiz tezda kirib borishiga imkon yaratadi. Ulgurji savdo vaqt davomida o'z ma'nosini yo'qotib bormoqda. Katta shtatdagi savdo xodimlari, oraliq omborlar, ta'minot logistikasi, murakkab shartnoma
munosabatlari ham talab qilinmaydi. Agarda mahsulot ishlab chiqaruvchisi iste'mol bozorida ob'ektiv talab mavjud bo'lgan mahsulotni taklif qilsa, bu mahsulot darhol dropshipperlar tomonidan tarqatib yuboriladi.
Dropshipperlar, shuningdek, marketing axborotlari tashuvchisi sifatida ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Elektron tijoratda mahsulot ishlab chiqaruvchi va xaridorlar aynan ular bilan bevosita bog'lanishidan aynan dropshipperlar marketing axborotlarining optimal manbaasi hisoblanadi. Shu sababli, ishlab chiqaruvchilar bilan, dropshipperlar bir vaqtning o'zida mahsulot ishlab chiqaruvchilan bilan ikkita shaxs sifatida munosabatga kirishadi: xaridorlarning vakili va maqsadli bozorlarning eksperti sifatida.
Dropshipperlar yetkazib beruvchilarga xaridor buyurtmalarini
shunchaki qayta yo'naltirib qolmasdan, ishlab chiqarish va marketing dasturlarini ishlab chiqishni tabiiy ravishda engillashtirgan holda yetkazib beruvchilarni real vaqt tartibda iste'mol talablari konyunkturasi shakllari to'g'risidagi axborotlar bilan ta'minlaydi. Dropshipping axborotlari iste'molchi talablarini tahlil qilishda (sotuvchilar reytingi), raqobatni tahlil qilishda (savdo parametrlari) va narx toifalarini tahlil qilishda (takliflar tahlili) muvaffaqiyatli qo'llaniladi, shuningdek, iste'mol bozoridagi mahsulot tanqisligi bo'shliqlarini o'z vaqtida aniqlashga imkon beradi.
Dropshipperlar tufayli mahsulot ishlab chiqaruvchilar o'zlari uchun iste'molchilar talabi konyunkturasi to'g'risidagi marketing axborotlarini olishda yangi imkoniyatlarga ega bo'ladi. Savdo zanjiridagi an'anaviy ishtirokchilar ko'rinishidagi vositachilarning yo'qligi bunday axborotlarning dolzarbligi va adekvatligini kafolatlaydi. Axborotlar dropshipperda to'planmaydi, balki, yetkazib beruvchilarga buyurtmalar bilan birga kelib tushadi.
Dropshippingni iqtisodiy ahamiyatini baholash murakkab masala hisoblanadi. Bugungi kunda dropshipping bitimlari hajmi elektron tijorat operatsiyalari umumiy hajmining ahamiyati qismini tashkil qiladi. Bu ulushni doimiy ravishda ortib borayotganligini elektron savdo maydonlari va ijtimoiy tarmoqlardagi internet-do'konlarning egalari dropshipperlar ekanligi yaqqol dalolat beradi. Aynan shuning o'zi dropshippingning marketing imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat xaridor va vositachilar, balki, ishlab chiqaruvchilar uchun ham dolzarligini aniqlab beradi.

    1. Download 2,86 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   151




Download 2,86 Mb.