|
D. X. Suyunov
|
bet | 130/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburSanoat qurilmalari savdosi mahsulotni joriy qilish va ishlab chiqarish xususiyatlari to'g'risida chuqur bilimlarni talab qiladi. Dropshipping dropshipperlarda mahsulot, uni ishlab chiqarish va foydalanish xususiyatlari to'g'risidagi bilimlar bo'lishini ko'zda tutmaydi. Bundan tashqari, sanoat qurilmalari bilan samarali savdo qilish uchun
sotuvchiga o'zining ishonch keltiradigan brendi bo'lish kerakligi talab qilinadi. Bunday vositalarni yaratish uchun esa dropshipperlarda mablag' ham va imkoniyat ham etishmaydi.
Qaysidir ma'noda, dropshippingni ayrim elementlari savdo vakillari orqali sanoat qurilmalarini savdosida allaqachon qo'llanilib kelinadi. Asosiy farq shundan iboratki, savdo vakillari fiksirlangan savdo komissiyalarini olgan holda yetkazib beruvchining nomidan savdoni amaga oshiradi, dropshipperlar esa o'z nomidan savdo qiladi.
Uzoq muddatli shartnomalar tuzish va/yoki katta partiyadagi mahsulotlarni yetkazib berish. Dastlab dropshipping faqat ulgurji savdoda qo'llanilganligiga qaramay, uni bunday sifatda elektron tijoratda foydalanish mumkin emas. Buning sababi shundaki, ulgurji dropshipping saloxiyatli xaridorlarning yetkazib beruvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqani bo'lmasligiga asoslanadi. Tarmoqli iqtisodiyotda xaridor va dropshipperlar mahsulotni yetkazib beruvchi va mahsulot to'g'risidagi axborotlarga kirishda teng imkoniyatga ega. Potentsial xaridorga to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchining o'ziga buyurtma berishga hech qanday to'sqinlik mavjud emas.
Shu sababli, dropshipping jarayonida raqobatdoshlik ustunliklarini monopollashtirish emas, balki dropshipperlarning ixtisoslashuvi (mahalliy bozorlarda, mahsulot assortimentida yoki iste'molchilarning maqsadli guruhlarida) birinchi o'ringa qo'yiladi. Dropshipperning ustunligi shundaki, mahsulot qaerda talabga ega bo'lsa to'g'ridan-to'g'ri o'sha joyda oxirgi xaridorlarga mahsulotlarni chegirmali narxlarda taklif qila oladi. Ulgurji savdoni tashkil etishda ishlab chiqaruvchilar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri ta'minot bilan taqqoslaganda dropshipper bunday ustunliklarga ega bo'la olmaydi.
Mahsulotlarni savdodan keyingi xizmatlar ko’rsatish bilan sotish (montaj ishlari, xodimlarni o'qitish, joriy tamirlash va boshqalar). Dropshipping bitim tugagandan so'ng xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishni ko'zda tutmaydi. U shunchaki xaridor va mahsulot ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi uzatuvchi virtual bo'g'in hisoblanadi. Dropshipperlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilar oldida xech qanday qonuniy majburiyatlar bo'lmaydi va shuning uchun, ular sotishdan keyingi xizmat ko'rsatish infratuzilmasida ishtrok eta olmaydi. Boshqa
tomondan, dropshipperlar bunday xizmatni tashkil qilish uchun malaka va texnik imkoniyatlarga ega emas.
Saqlash muddati bilan cheklangan mahsulot va yirik mahsulotlarni sotish. Dropshipping tez buziladigan mahsulotlar yoki saqlash uchun maxsus sharoitlar talab qiladigan mahsulotlar uchun to'g'ri kelmaydi, chunki, mahsulotlarni pochta yoki transport orqali yetkazib beriladigan mahsulotlarga e'tibor qaratadi. Dropshippingdagi mahsulotlar og'irlik va hajm bo'yicha pochta jo'natmalarining standart parametrlariga mos kelishi va yetkazib berish shartlari pochta jo'natmalarida yetkazib berish vaqtini oldindan aytib bo'lmasligini e'tiborga olish zarur.
Transport kompaniyalaridan mahsulotlarni yetkazib berishda foydalanish bu cheklovni qisman olib tashlaydi, ammo qoidani bekor qilolmaydi. O'zbekiston, “O'zbekiston pochtasi” bilan teng sharoitda raqobatlasha oladigan tarmoqlangan yetkazib berish tizimi etarli darajada rivojlanmagan. Bundan tashqari, xaridorlar Internetda, masalan, oziq-ovqat mahsulotlari yoki mebel sotib olishga hozircha tayyor emas.
Boshqa barcha qolgan holatlarda, savdoni tashkil qilishdagi an'anaviy usullar bilan dropshippingni taqqoslaganda iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga katta raqobat ustunligini taqdim etadi. Dopshipping an'anaviy savdo vositachilari tomonidan bozorning monopollashtirilganligi sharoitida katta sondagi salohiyatli iste'molchilarga ega bo'lish imkoniyatini bergan holda bu ustunlik kichik va o'rta biznes uchun alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yetkazib berishni tashkil qilishning asosiy usuli sifatida dropshippingdan foydalanishga o'tishdagi eng katta muammo korxonaning ichki tuzilishining transformatsiyasidan iborat bo'ladi. Har qanday ishlab chiqaruvchi uchun dropshipping mexanizmini ishga tushirish juda murakkab bo'ladi. Bu nafaqat mahsulotni harakatlantirish texnologiyalari, balki, butun ishlab chiqarish jarayonini tubdan qayta qurish, shuningdek ta'minot zanjirlarini to'liq qayta tashkil etishni talab qiladi. Ishlab chiqarish qanchalik katta bo'lsa, uni amalga oshirishi shunchalik murakkab kechadi.
Biroq, dropshipping mexanizmi allaqachon ishga tushirilgan bo'lsa, ishlab chiqaruvchi uchun harech qanday bozor buzilishlari xavf sola olmaydi. Mahsulotlarning parametri bilan mustaqil tajriba va sinov
savdosini o'tkazish hamda iste'molchi talablarining o'zgarishiga tezkorlik bilan e'tibor berish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday korxonaning faoliyat samaradorligi va raqobatbardoshligi mehnatni ichki intensivligi hisobiga ham, ilgari kirish mumkin bo'lmagan mahsulot savdosi bozorlarini kengaytirish hisobiga ham ortib boradi.
|
| |