|
D. X. Suyunov
|
bet | 126/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburbosqich. Vositachi, mahsulotni chakana narxdan ancha past bo'lgan narxda taklif etayotgan yetkazib beruvchi saytini mustaqil ravishda topadi. Yetkazib beruvchini tanlashda dropshipperga logistik xizmat ko'rsatish: axborot almashinuvi, buyurtmalar ijrosi, to'lovlarni
qabul qilish va reklama, mahsulotlar ta'minotning tashkil etish darajasi katta ahamiyatga ega bo'ladi.
bosqich. Dropshipper sinov xaridlarini amalga oshiradi va yetkazib beruvchi bilan hamkorlik shartlarini (kafolat, yetkazib berish shartlari va boshqalar) muhokama qiladi. Sinovli xarid mahsulotning sifatini tekshirish va yetkazib beruvchi bilan o'zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun o'ta muhim jarayon hisoblanadi. Bu, xususan, tomonlarning huquqiy munosabatlari rasmiylashtirilmaydigan va dropshipper yetkazib beruvchi uchun yakuniy xaridor bo'lib xizmat qiladigan holatda yanada dolzarb bo'ladi.
bosqich. Dropshipper yetkazib beruvchining veb-saytiga kirib mahsulot to'g'risidagi ma'lumot hamda rasmlaridan nusxa ko'chiradi yoki uni mustaqil ravishda amalga oshiradi va so'ngra o'z nomidan mahsulotni savdoga qo'yadi. Odatda, dropshipper maqsadli auditoriyaning iste'mol talablarining xususiyatlarini sotuvchidan kura yaxshiroq biladi. Mustaqil ravishda elektron savdo joyini va xaridorlar bilan internet-kommunikatsiya parametrlarini belgilaydi.
bosqich. Xaridor mahsulotlarni dropshipperdan sotib oladi. Dropshipperning vazifasi buyurtmalarni qabul qilish va yetkazib beruvchiga uzatish, shuningdek, mahsulotlar uchun o'z ulushini chegirib qolgan holda to'lovni o'z vaqtida o'tkazib berishdan iborat. Bu bosqichda dropshipperning ish samaradorligining mezonlari quyidagilar: buyurtmalarni uzatish va mahsulotlar uchun to'lovlar, tezligi, buyurtmalar to'g'risidagi axborotlarning to'liqligi va ishonchliligi.
bosqich. Yetkazib beruvchi to'lovi amalga oshirilgan mahsulotlarni dropshipper nomidan u taqdim etgan manzilga jo'natadi.Bu yerda dropshipperning xaridor va yetkazib beruvchilar bilan sotuvdan keyingi aloqalari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Dropshipper mahsulotlar harakatini kuzatadi, shikoyatlarni qabul qilib oladi va yetkazib beruvchiga iste'mol talabining holati to'g'risida axborot beradi. Aynan dropshipperlar mahsulotlar sifati va tegishli logistika xizmatlarining sotilishi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan holda xaridorlar ko'z o'ngida mahsulot egasiga aylanadi
Bu bozorga kirish to'siqlari juda kam va dropshippingni ixtiyoriy internet foydalanuvchilari amalga oshirishi mumkin. Internetning har
qanday foydalanuvchisi taniqli chakana sotuvchilar bilan teng sharoitlarda raqobatlashib jiddiy moliyaviy sarmoyalar kiritmasdan dropshippingni amalga oshirishi mumkin. Dropshipping katta boshlang'ich mablag'ni talab qilmagani uchun tadbirkorlik riski eng minimal darajada bo'ladi.
Dropshipper tomonidan mahsulotlar uchun to'lov faqat xaridorlar tomonidan to'liq to'langandan so'ng amalga oshiriladi. Agar yetkazib beruvchi mahsulotni o'z vaqtida yetkazib bermasa yoki mahsulotlar aniqlab berilgan parametrlarga mos kelmagan holatda dropshipper muam- molarga duch kelishi mumkin. Dropshippingni vositachilik faoliyatida institutsional afzalliklari orasidan quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:
Dropshipperga mahsulotni saqlash binolari talab qilinmaydi. Savdoni tashkil qilish uchun asosan Internetga bog'lanib ishlashga imkon beradigan kompyuter va mahsulotlarni to'g'ridan-to'g'ri oxirgi xaridor manziliga jo'natish to'g'risida yetkazib beruvchi bilan shartnomaning mavjudligi talab qilinadi.
Xaridor manziliga mahsulotni jo'natish bilan bog'liq barcha jarayonlarni yetkazib beruvchi o'z zimmasiga oladi. Shuningdek, pochta jarayonlarini kuzatib borish raqamini taqdim etadi, kafolat va kafolatdan keyingi xizmatni tashkil qiladi, nuqsonli mahsulotlarni almashtiradi va mahsulot to'g'risida kerakli axborotlarni beradi.
Dropshipper bir vaqtning o'zida bir nechta yetkazib beruvchi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega. Faoliyat yuritishida taklif qilinadigan mahsulotlar assortimenti va savdo geografiyasi bo'yicha hech qanday cheklovlar qo'yilmaydi.
Yetkazib beruvchining dropshipper nomidan mahsulotlarni yuborishi hisobiga, o'zining taniqli brendni yaratishi va mahsulotlarni Internetda mustaqil ravishda reklama qilish imkoniyatiga ega.
Elektron tijoratning bir shakli sifatida dropshipping to'g'ridan-to'g'ri sotishni tashkil qilishda marketing texnologiyalarining ba'zi elementlaridan foydalanadi. Qaysidir ma'noda, dropshippinglarning ishi hatto savdo vakillarining ishiga o'xshaydi. Biroq, aniq o'xshashliklarga qaramay, dropshipping va savdo vakillari o'rtasida aniq farqlar mavjud.
Birinchidan, ikkisi ham savdodan tushadigan daromad uchun ishlaydi. Shu bilan birga, savdo vakilidan farqli ravishda, dropshipping oladigan mukofotni o'zi belgilaydi. Yetkazib beruvchi nafaqat bu to'lov
miqdoriga ta'sir qila olmasligi, xatto bu to'g'risida xabardor bo'lmaydi ham. Faqat oldindan to'lovni olgandan keyin mahsulotlarni dropshipping aniqlab bergan manzilga yuboradi.
Ikkinchidan, to'g'ridan-to'g'ri savdoda bo'lgani kabi, yetkazib beruvchi dropshippinglarni axborotli qo'llab-quvvatlaydi va ta'minot kafolatini taqdim etadi. Ammo, bu qo'llab-quvvatlash faqat yetkazib beruvchining veb-saytida “axborot materiallari olish imkoniyati va alohida holatlarda, dropshippinglar uchun ishlaydigan “qaynoq aloqa” bilan cheklangan. Ta'minotchilar tomonidan dropshippingda sinov mahsulotlarini berish va bosma materiallar taqdim etish, treninglar va barcha materiallarni berish ko'zda tutilmaydi.
Uchinchidan, ta'minotchi, savdo vakillarining faoliyatidan farqli
ravishda dropshippinglar faoliyati uchun xaridorlarga javobgar emas. Bir vaqtning o'zida, dropshippingni ham yetkazib beruvchi oldida xech qanday majburiyatlari yo'q. Ular mahsulotlarga to'lovni amalga oshirishi va xaridorga mahsulotlarni jo'natish lahzasida iqtisodiy munosabatlarga kirishadi.
Dropshipping mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun an'anaviy mahsulot harakatlantirish tizimida mavjud bo'lmagan institutsional afzalliklarni taqdim etadi. Shuning uchun, mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun dropshippiing ko'p hollarda “qo’shimcha emas, balki bozorga kirishning muqobil usuli”ga aylanadi. Ishlab, chiqaruvchilar dropship- pingga murojaat qilib, quyidagi sabablarga ko'ra transaksion xarajatlarni tejab qolish hisobiga quyidagi marketing imkoniyatlariga ega bo'ladi:
Ishlab chiqaruvchilar, kontragentlarga kreditga mahsulotlar berishdan saqlanadi, shuningdek, ortiqcha ishlab chiqarish va moliyaviy institutlarga qaramlik muammolarini hal qilgan holda yetkazib berilayotgan mahsulotlar uchun avans to'lovlarini o'z vaqtida oladi.
Ishlab chiqaruvchilar marketing tadqiqotlari bo'yicha qo'shimcha xarajatlarni tejashdan tashqari, iste'molchilar talabi va bozor konyunkturasining o'zgarishlariga o'z vaqtida e'tibor jalb qilgan holda ishlab chiqrish dasturlarini real bozor talablariga moslashtiradi.
Dropshipperlar yetkazib beruvchilar nomidan tez va samarali teskari aloqa mavjudligi sharoitida kerakli parametrlarga ega mahsulotlarni
taklif etgan holda iste'molchilarning maqsadli auditoriyasiga to'g'ridan- to'g'ri savdo takliflari bilan chiqadi.
Ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar tomonidan buyurtma qilingan aniq miqdordagi mahsulotlarning yetkazib beradi, saqlab turilishi lozim bo'lgan mahsulot zahiralari minimallashtiriladi, savdo sikli qisqaradi va ishlab chiqarishni o'z vaqtida tartibga solish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Ishlab chiqaruvchilar oldindan to'langan mahsulot daromadlaridan servis xizmatlarga to'lash orqali tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish uchun provayderlarni jalb qiladi, natijada transaksiya xarajatlari tushirilgan holda tadbirkorlik risklari keskin kamayadi.
Ishlab chiqaruvchi xodimlarni ushlab turish uchun olingan foydaning sezilarli qismi ketadigan savdo bo'limlari tarkibini qayta tashkil etish (qisqartirish) hisobiga ahamiyatli tejamkorlikka erishadi.
Dropshipper xizmatlari uchun to'lovning komission shakliga o'tilishi bir vaqtning o'zida oxirgi ijrochilarning savdo natijalariga manfaatdorligini oshirgan holda, ishlab chiqaruvchilarga savdo bo'linmasi xodimlarini ushlab turish zaruriyati qolmaydi.
Ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablag'larini kontragentlarga kredit asosida mahsulotlarni berishga yo'naltirishga hojat qolmaydi, bu resurslarni ishlab chiqarish egiluvchanligini oshirish uchun jalb qilishga va assortimentni yangilashga imkon beradi.
Dropshipping xaridor uchun ham ko'plab yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Nafaqat arzon narxlarda, balki, dunyoning turli burchaklaridan juda katta assortimentdagi mahsulotlarni ham olish imkoniyati mavjud bo'ladi, bu ayniqsa chekka hududlarda yashovchi aholi uchun muhimdir. Bundan tashqari, xaridorlarning ma'lum bir qismi kerakli tajribaga ega bo'la borib, dropshipperlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin, bu esa keyinchalik dropshipping faoliyatini keng tarqatilishida katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Kommunikativ va to'lov xizmatlarini taqdim etadigan logistika provayderlari ham, boshqalar kabi dropshippingdan ahamiyatli foyda ko'rishadi, chunki dropshippinglar doimiy mijozlarning ma'lum bir qismini tashkil qiladi. Logistika provayderlari tarmoq iqtisodiyotining dropshipping sektorini rivojlantirishdan ko'proq manfaatdor. Shu tufayli ularning aksariyati (AliPay, Molotok va boshqalar) dropshipperlarga biznes yuritish uchun virtual vositalar va logistik qo'llab-quvvatlashni taqdim etishlari tasodif emas.
Faqat mahsulotni harakatlantirishning an'anaviy kanallari vakillari- gina dropshippingni rivojlanishidan zarar ko'radi. Aynan ular tranzaksion xarajatlarning yuqoriligi sababli, dropshippingdagi narx-navoning jalb qiluvchi jozibadorligi oshirilishiga beihtiyor shart-sharoitlarni shakllantirib beradi. Ularning aksariyati keyingi yillarda mahsulot harakatlantirish an'anaviy kanallari va Internet orqali parallel savdoni tashkil etishga harakat qilmoqda. Biroq, logistika infratuzilmasining rivojlanishi bilan elektron tijorat bozoriga kirish to'siqlarning juda kamligi sababli hanuzgacha saqlanib turgan yetakchilik o'rni tushib bormoqda.
Dropshippingni institutsional afzalligi savdo kanallarida mahsulot emas, axborot oqimlarini tashkil qilish bilan ham bog'liq. Tegishli axborotlarni olish qiyinligi monopoliyani yaratilishiga olib keladi. Bu mubolag'ani elektron tijoratda dropshoppinglar faoliyatiga qo'llagan holda: axborotlarga ega bo'lish raqobat ustunlgini olib keladi deb qayta mubolag'alash mumkin. Dropshipping mahsulotlar bilan emas, balki, mahsulot to'g'risidagi axborotlar bilan ish yuritadi. Mahsulotlarning haqiqiy harakatlanishi faqat oldi-sotdi bitimidan keyin boshlanadi.Bu yerda savdoning to'liq virtuallashuvi amalga oshadi, ya'ni, mahsulot harakatlanishi mahsulot to'g'risidagi axborotlarning harakatlanishi bilan almashinadi. Shuning uchun dropshipping marketing ichki (endogen) funktsiyasini tashqi (ekzogen) funktsiyaga o'zgartirgan holda savdo faoliyatini transformatsiya qiladi.
Virtual muhit qulay marketing sharoitida o'z-o'zidan paydo
bo'ladigan dropshippengni elektron tijoratning ajralmas elementiga aylantiradi. Mahsulotlarni to'g'ridan-to'g'ri xaridorlarga arzon narxlarda yetkazib berishga tayyor bo'lgan yetkazib beruvchilarni (ishlab chiqaruvchilar) paydo bo'lishi bilan darhol bozorda bu mahsulotlarni o'z nomidan taklif qiluvchi vositachilar paydo bo'ldi. Elektron tijoratda foyda chiqarish imkoniyati mavjud bo'lar ekan, dropshippingda ham har doim mavjud bo'ladi.
|
| |