|
Internet-marketingning institutsionallashuvi
|
bet | 124/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburInternet-marketingning institutsionallashuvi. Elektron tijoratdagi institutsional siklning hozirgi (ikkinchi) bosqichida bozor munosabat- larining sub'ektlari internet-marketingini institutsionlashuvi jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Bu jarayonda davlat institutsional
10 Masalan, “Professionali.Ru” ijtimoiy tarmoq saytiga qarang - http://professionali.ru.
munosabatlarni tartibga soluvchi sifatida hozircha amaliy jihatdan ishtirok etmaydi.
Institutsional rivojlanish xizmatlarni arzonlashuvi yo'nalishida, shuningdek, xarid va savdo texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirgan holda elektron tijorat texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga bormoqda. “Yangi iqtisodiyotdan” farqli o'laroq, elektron tijoratda ishtrok etishdagi asosiy dividendlarni savdo vositachilari, bank va investorlar emas, ishlab chiqaruvchi va xaridor oladi.
Amerikalik marketologlar M. Kristofer va X. Pek elektron tijoratda internet-marketingning yo'nalishi o'zgarishini to'liq aks ettiruvchi “sezgir tashkilot”ning uchta asosiy belgisini ajratib ko'rsatadi:
funktsiyalardan jarayonlarga o'tish;
mahsulotlardan xaridorlarga o'tish;
foydadan samaradorlikka o'tish.
Internet-marketing allaqachon institutsional asosga ega bo'ldi, ammo, hozircha institutsional shaklga ega emas. Internet-marketing o'zining rivojlanishida marketing nazariyasi va amaliyotini tashkil etishning sifat jihatidan yangi (tizimli) shakli sifatiga ega bo'lib umumiy marketing yo'lini takrorlaydi. An'anaviy marketing nazariyasining 1930- 1940 yillarda shakllangan uchta konseptsiyasi bu yo'lning bosqichlarini tavsiflab beradi:
Marketingni taqsimlovchi konseptsiyasi - marketing tadbirlari samaradorligini bozorda mahsulotlarning optimal mavjud bo'lishini ta'minlash bilan bog'laydi. Raqobatni etishmasligi sharoitida (an'anaviy marketingdagi kabi) yoki yangi xaridorlarning doimiy kirib kelishi sharoitida (internet-marketindagi kabi) savdoni tashkil etishda taqsimlash xal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.
Marketingni institutsional konseptsiyasi - marketing tadbirlari samaradorligini bitimda ishtrok etayotgan barcha tomonlarning o'zaro hamkorlik samaradorligi bilan bog'laydi. Internetda yetakchilik qilayotgan kompaniyalar alohida misol sifatida keltirish mumkinligiga qaramay, institutsional hulqlarning bu konseptsiyani umum qabul qilish darajasiga olib chiqadigan yagona qoidalari hali ishlab chiqilmagan.
Marketingni funktsional konseptsiyasi - marketing tadbirlari samaradorligini umum e'tirof etilgan marketing funktsiyalari, strategiyal-
ari va vositalarining standart to'plamini amalga oshirish bilan bog'laydi. Bu tushuncha internet-marketingni institutsional rasmiylashtirish davri tugaganidan so'ng, uning barcha asosiy nstrument va usullari tavsiflanganidan keyin dolzarb bo'lib qoladi, elektron tijorat bozori esa barqaror tuzilishga ega bo'ladi.
Uchta tushuncha ham, marketing munosabatlari va bozor talablarining tobora ortib borayotgan murakkabligini aks ettirgan holda bir-birini to'ldiradi. Bugungi kunda internet-marketingda rivojlanish salohiyati hali tugamagan taqsimlash konseptsiyasi ustunlik qiladi. Deyarli har yili Internetda mahsulotlarni harakatlantirishning yangi usullari (ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, savdo platformalari va boshqalar), shuningdek, ular bilan bog'liq tegishli maqsadli bozorlar paydo bo'lib bormoqda. Ulardan marketing vositasi sifatida foydalanish tajribasi umumlashtiriladi, ammo, qarama-qarshi ma'nodagi axborotlarning ko'pligi sababli shu vaqtgacha miqdor ko'rsatkichidan sifat ko'rsatkichga o'tilmadi.
Taqsimlash konseptsiyasi savdoni tashkil etishning yangi shakl va
usullarini shakllantirish bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Bu konseptsiyaning asosiy g'oyasi shundan iboratki, savdo samaradorligi bozor xududida mahsulotni to'g'ridan-to'g'ri optimal tarqatilishiga bog'liq bo'ladi. Taqsimlash konseptsiyasi internet-marketingda salohiyatli xaridorlar uchun mahsulotlarni virtual taklif qilishni maksimmallashtirishni ifodalaydi.
Marketingning institutsional konseptsiyasi ustuvorligiga o'tilishi internet-marketingning shakllanayotgan nazariyasi to'plangan tajribani umumlashtirgan va tasniflagan vaqtdan boshlanadi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, internet-marketingda marketing konseptsiyalarining ustuvorlik qilishi elektron tijorat institutsional siklining bosqichlari bilan bevosita bog'liqdir. An'anaviy va internet-marketing o'rtasida farqlar mavjud bo'lishiga qaramay,bu yerda marketingni amaliyot va nazariyasini rivojlantirishning umumiy qonunlarini ko'rib chiqmoqdamiz.
Elektron tijoratda transaksion xarajatlarni kamaytirish sohasidagi inqilob marketingni Butun jahon tarmog'iga transfarmatsiya qilinishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Marketing yutuqlarining o'tkinchi tabiatga egaligi an'anaviy marketingning har doim zaif tomoni bo'lib kelgan. Bu har qanday marketing yechimi raqobatchilar uni o'z faoliyatiga qabul qilgunga qadar samarali bo'lishi bilan bog'liq.
An'anaviy marketingda har qanday marketing novatsiyadan tez nusxa ko'chirish va qayta ishlab chiqilishi poyoniga etmayotgan marketing poygasi natijasi hisoblanadi, bu esa shunday ham yuqori bo'lmagan samaradorlikni yanada tushib ketishiga olib keladi. Oxirgi o'n yilliklarda muvaffaqiyatga erishgan raqobatchilardan marketing novatsiyalarini zudlikda nusxalashga asoslangan marketing siyosati - benchmarking katta ahamiyatiga ega bo'lganligi tasodif emas. Boshqa tomondan, an'anaviy iqtisodiy subektlarga hali ham mavjud savdo va mahsulotni harakatlantirish infratuzilmasini qo'llab-quvvatlash zaruriyati bor. Bu bilan ular nafaqat elektron tijorat sub'ektlaridan o'z strategik qoloqligini saqlab qolmasdan, elektron tijoratni jadal rivojlanishi uchun qulay marketing sharoitini ham yaratadi.
Elektron tijoratda olib borilayotgan marketing tadbirlari ko'lamidan
qat'i nazar, savdo samaradorligi oxir-oqibat amalga oshirilgan xaridlarning samaradorligi bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, xaridor uchun bitim qanchalik foydali bo'lsa, sotuvchilar tomonidan ko'rsatiladigan marketing hiylalar shunchalik kam ahamiyatga ega bo'ladi. Elektron tijoratdagi virtual bozor sharoitlari imkon qadar mukammal raqobat sharoitlariga yaqin hisoblanadi. An'anaviy iqtisodiyotda bo'lgani kabibu yerda ham xaridorni mahsulotning haqiqiy sifati yoki uning narxi to'g'risida adashishiga olib kelish mumkin. Ammo taktik muvaffaqiyat xaridorlar ishonchini yo'qotishi sababli muqarrar ravishda strategik mag'lubiyatga aylanadi.
Elektron tijoratning o'ziga xos xususiyati Internetning globalligidir: bir vaqtning o'zida ko'plab sotuvchilar xususiyatlari bo'yicha o'xshash bo'lgan mahsulotlarni taklif qiladi. Bundan tashqari, sotuvchi va xaridorlar o'rtasidagi transaksion xarajatlar hajmi an'anaviy iqtisodiyotga nisbatan taqqoslash mumkin bo'lmaydigan darajada past bo'lib, bu an'anaviy harakatlantirish shakllarining marketing ahamiyatini yo'qqa chiqaradi.
Internetning virtual makonida axborotlarni nazoratsiz tarqatish tezligi va iste'molchilar o'rtasidagi kommunikatsiyalar soni bir necha marta ortib ketadi. Biron bir sotuvchi Internet tarmog'idagi kommunikatsiyani nazorat qila olishi mumkin emas, shuning uchun noto'g'ri yo'naltirilgan reklama, oshirilgan narx va marketingning boshqa an'anaviy instrumentlari asta- sekin o'z dolzarbligini yo'qotib boradi. Har qanday xaridor bir necha
daqiqada Internetda taklif etilayotgan mahsulot, narxlar va raqobatdosh mahsulotlar to'g'risida maksimal axborotga ega bo'la oladi.
Bu holda, an'anaviy kompaniya ichki funksiyalarini (logistika, kommunikatsiya, va boshqalar) tashqi mustaqil vositachilarga berilganligi internet-marketingni butun e'tiborni transaksiya xarajatlarini tejash muammolariga qaratishga olib keldi. Shu bilan bog'liq holda, tarmoq iqtisodiyotida marketingni yangi turli ko'rinishi - virtual savdo tarmog'i ichidagi mustaqil hamkor va xaridorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri transaksiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan tranzaksiya marketingi to'g'risida gapirish mumkin.
Transaksiya marketingda logistika va savdoni avtomatlashtirishdagi raqobatchilariga nisbatan eng yaxshilar hisobiga raqobat ustunligiga erishiladi. Aynan shu mexanizm elektron tijoratning ko'plab shakl va usullarining jadal rivojlanishi asosini tashkil etadi. Elektron tijoratda transaksion xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan marketing faoliyati eng muhim raqobatbardosh vositaga aylanmoqda. Bu kurashda xarajatlarni tushirish va internet-kommunikatsiyalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishyo'li bilan o'z marketing imkoniyatlarini maksimallashtiradi- gan bozor ishtirokchilari muvuffaqiyatga erishadi.
|
| |